Pul, kredit va banklar
Lombardlar va ularning tashkil topishi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
14.2. Lombardlar va ularning tashkil topishi
Lombardlar – ixtisoslashgan tijorat tashkiloti bo‘lib, asosiy faoliyati fuqarolarning harakatdagi mulklari garovi ostida, qisqa muddatli kreditlar berish va buyumlarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Lombardlarning ixtisoslashganlik darajasiga qarab buyumlar, oltin buyumlar va avtoulovlar garov sifatida qabul qilinadi. Buyumlar tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida baholanadi. Lombard va kredit oluvchi shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida kredit beriladi. Dastlabki lombardlar XV asrlarda Frantsiyaning Lombard shahrida savdogarlar tomonidan tashkil etilgan. Hozirgi kunda amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan “lombard” termeni shu tariqa paydo bo‘lgan. Lombardlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, ushbu muassasalar mijozning ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan summani juda tez fursatda berish imkoniyatiga egaligidir. Bunda lombard va qarz oluvchi o‘rtasida, ko‘pchilik hollarda qimmatbaho buyumlar garov sifatida foydalaniladi. Lombard tashkiloti berilgan kredit uchun undirilishi lozim bo‘lgan foiz to‘lovini, ko‘pchilik hollarda, oldindan kredit summasidan chegirib qoladi. Lombard kredit uchun hisoblanadigan foiz summalari quyidagi tartibda hisoblanadi. Masalan, kredit summasi – 1,0 mln so‘m, oylik foiz to‘lovi – 3 %, kreditdan foydalanish muddati – 20 kun. Kredit summasidan kelib chiqib, ushbu kredit summasiga nisbatan to‘lanadigan foiz to‘lovi quyidagicha aniqlanadi: 1000000*0,003*20=60000 so‘m.O‘zbekistonda lombardlar bank tizimining ikkinchi pog‘onasidagi kredit muassasalari tarkibiga kiradi. Ilk marotaba kredit kooperativini tashkil etish kontseptsiyasi 1850 yilda Germaniyada, aholining kam ta’minlangan qatlamlarining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida paydo bo‘lgan. Tegirmonchi va novvoylarning dastlabki kooperativ kredit jamiyatini tuzgan German Shultse- Delich va kredit uyushmalari faoliyatining asosiy qoidalarini birinchi bo‘lib bayon etgan hamda keyinroq kredit uyushmalari federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ni shakllantirishga ko‘mak bergan Frederik Rayfayzen kooperativ harakatiga asos solganlar. Frederik Rayfayzeng‘ bu inson birinchi bo‘lib kredit uyushmalar uchun faoliyat printsiplarini yozadi va keyinchalik kredit uyushmalari assotsiatsiyasini tashkil etadi. Bu assotsiatsiyani tashkil etib, yangi ochilgan kredit uyushmalarni qonun, mijozlar bilan ta’minlash bilan shug‘ullangan. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling