Pul, kredit va banklar
-mavzu: Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.4. Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari 14.1. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari
14-mavzu: Nobank kredit tashkilotlari va ularning turlari
14.1. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 14.2. Lombardlar va ularning tashkil topishi 14.2. Mikrokredit tashkilotlari 14.3. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi 14.4. Nobank kredit tashkilotlarining aktiv operatsiyalari 14.1. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari Kredit uyushmasi – mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug‘ullanadigan tijorat tashkilotidir. Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me’yoriy hujjatlarida, kredit uyushmasi – kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a’zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta’rif berilgan. Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy tashkilot sifatida ta’riflar berilgan. Bizningcha dastlabki kredit uyushmalari notijorat asosida tashkil topgan bo‘lishi mumkin, biroq hozirgi kunda mamlakatimizda tashkil etilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha kredit uyushmalarining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan. Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma’noda e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kredit uyushmalari kooperativ tashkilot bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi va o‘zining a’zolariga ushbu mablag‘lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi. Ayrim ma’nbalarga ko‘ra, dastlabki kredit uyushmalari 1844 yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida to‘qimachlik korxonasi ishchilari tomonidan tashkil etilgan. XIX – asrning 60 yillarida kredit uyushmalari tashkil etish g‘oyalari Germaniya va Avstriyalik Fridrix Rayffayzen va German Shultse – Delichlar tomonidan ilgari surildi. Shu davrda kredit uyushmalari faoliyati rivojlandi va moliyaviy muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib keldi. Rayffayzen dastlabki qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatadigan kredit klasslari, shuningdek, savdo – sotiqni kreditlaydigan uyushmalarning asoschisi hisoblanadi. Shultse – Delich tomonidan tashkil etilgan kredit uyushmalarining asosiy faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan hunarmand, kosib va mayda tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatishga qaratildi. Hozirgi kunda, kredit uyushmalari AQSh, Kanada, Irlandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Tayvan mamlakatlarida juda keng rivojlangan, shuningdek, ayrim MDX mamlakatlarida (Rossiya, Qozog‘iston, Estoniya) ham jadal rivojlanish bosqichini o‘z boshidan kechirmoqda. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling