Pul, kredit va banklar
Kredit uyushmalari passiv operatsiyalari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Kredit uyushmalari passiv operatsiyalari– bu mablag‘larni jalb qilish
bilan bog‘liq operatsiyalaridir. Kredit uyushmalari mablag‘larni pay badallari, muddatli va jamg‘arma depozitlar, boshqa moliyaviy muassasalardan kredit sifatida jalb qilishi mumkin. Shuningdek, kredit uyushmalarining daromad va foydani shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarini ham ularning passiv operatsiyalari sifatida tasniflash mumkin. Kredit uyushmalarini tashkil etishning asosiy passiv operatsiyalari va ularni tashkil etishning talablaridan biri ustav kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Kredit uyushmalari pay badallari (ustav kapitali) uning ta’sischilari tomonidan shakllantiriladi. Kredit uyushmalari ustav fondi pul mablag‘laridan, shuningdek, mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol – mulk hisobidan shakllantirilishi mumkin. Kredit hisobidan va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag‘lardan kredit uyushmalari ustav fondini shakllantirishga ruxsat berilmaydi. Kredit uyushmalarining muddatli va jamg‘arma depozitlari unga a’zo jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlari hisobidan shakllantiriladi. Ta’kidlash joizki, kredit uyushmalarida muddatli va jamg‘arma depozitlar bo‘yicha to‘lanayotgan foiz stavklarining yuqoriligi aholining kredit uyushmalarida omonatlarni jamg‘arishga bo‘lgan ishtiyoqini oshirmoqda. Biroq, bu omonatlar bilan bog‘liq risklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Kredit uyushmalari, moliyaviy muassasa sifatida qo‘shimcha resurslarga kuchli ehtiyoj sezadi. Kredit uyushmalari, albatta ushbu ehtiyojni ustav kapitali, omonatlar, taqsimlanmagan foyda hisobidan qondirishga alohida e’tibor qaratadi. Shunga qaramasdan, ushbu moliyaviy manbalar hisobidan shakllantirilgan mablag‘lar yetarli bo‘lmaganda tijorat banklaridan qisqa va uzoq muddatli kreditlarni jalb etadi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling