Pul, kredit va banklar


 Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/154
Sana02.01.2022
Hajmi1.98 Mb.
#197745
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

3.5. Muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar  
miqdorini aniqlash asoslari 
 
Naqd  pul  muomalasini  tartibga  solishning  asosiy  vazifasi,  bu  –  muomalaga 
chiqarilishi yoki olinishi lozim bo‘lgan naqd pul miqdorini aniqlashdan iboratdir. 
Ushbu  vazifa  muomala  uchun  zarur  naqd  pul  mablag‘lariga  bo‘lgan  talabni 
aniqlash orqali amalga oshiriladi. 
Ma’lumki,  naqd  pullar  kichik  hajmdagi  chakana  va  uyushmagan  savdo 
hamda  naqd  pulli  xizmatlar  uchun  to‘lovlarda  qo‘llaniladi.  Yoki,  naqd  pul 
aylanmasining umumiy pul aylanmasidagi ulushi yuqorida ko‘rsatilgan naqd pulli 
to‘lovlarning jami to‘lovlardagi ulushi bilan aniqlanadi. 
Demak,  naqd  pulga  bo‘lgan  talab  umumiy  pul  massasiga  bo‘lgan  talabning 
bir  qismidir.  Lekin,  umumiy  pul  massasiga  nafaqat  tovarlar  va  xizmatlar  hajmi, 
balki pulning aylanish tezligi va bank foiz stavkalarining darajasi ham ta’sir etadi. 
Ushbu omillar nazariy jihatdan olimlar tomonidan allaqachon asoslanib ulgurilgan 
va  bugungi  kunda  juda  ko‘p  mamlakatlarning  iqtisodiyotini  boshqarishda  pulga 
bo‘lgan talab va taklifni tartibga solish mexanizimi sifatida qo‘llanilmoqda. Fanda 
bu  usul  monetarizm  (pulning  miqdoriy  nazariyasi)  nomi  bilan  mashhur  bo‘lib 
ketgan. 
Bunda  shuni  qayd  etib  o‘tish  lozimki,  klassik  –  dastlabki  monetarizm 
asoschilari  muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  pul  miqdorini  asosan  muomaladagi 
mavjud tovarlar qiymati va turli pulli to‘lovlar yig‘indisidan kelib chiqqan holda 
aniqlashga uringanlar. 
Keyinchalik kapitalistik tovar ishlab chiqarish rivojlangani sari muomaladagi 
pul miqdorini belgilovchi yangi ob’ektiv omillar vujudga kela boshlagan. Ayniqsa, 
pul  muomalasi  banklar  tomonidan  tartibga  solina  boshlangandan  so‘ng  pulga 
bo‘lgan  talab  va  taklif  banklarning  ssuda  foizlari  darajasiga  ko‘proq  bog‘lanib 
borishi kuzatilgan. Natijada, iqtisodchi olimlar tomonidan pulga bo‘lgan talab va 
taklifni boshqarish bilan bog‘liq yangi zamonaviy monetarizm vujudga kelgan.  
Albatta, ushbu bobda naqd pul muomalasi uchun zarur pul miqdorini aniqlash 
bo‘yicha  olimlar  tomonidan  bugungi  kungacha  yaratilgan  barcha  nazariyalarni 
taxlil  qilib  chiqish  mumkin  emas.  Lekin,  Markaziy  banklar  tomonidan  amalga 
oshirilayotgan  zamonaviy  naqd  pul  siyosatining  negizini  chuqurroq  tushunish 
uchun ularning ayrimlarini keltirib o‘tamiz.  
Masalan,  ingliz  iqtisodchisi  U.  Petti  (1623  –  1687)  muomala  uchun  zarur 
bo‘lgan  naqd  pullar  miqdori  aholining  bir  haftalik  pul  daromadlari,  yer  ijarasi 
uchun  to‘lanadigan  haqning  yarmi  va  barcha  eksport  qilinadigan  tovarlar 
summasining  to‘rtdan  bir  qismining  yig‘indisiga  teng  bo‘lishi  lozim  deb 
hisoblagan. 
Ingliz  faylasufi  J.  Lokka  (1632  –  1704)  muomala  uchun  zarur  bo‘lgan  naqd 
pullar  miqdorini  ish  haqining  ellikdan  bir  qismi,  yer  ijara  haqining  to‘rtdan  bir 
qismi va yillik tovar aylanmasining yigirmadan bir qismlarining yig‘indisi sifatida 
topishni taklif qilgan. 


Ingliz  iqtisodchisi  R.  Kantilon  (1680  –  1734)  muomala  uchun zarur bo‘lgan 
naqd pullar miqdori mamlakatdagi mavjud mahsulotlar qiymatining to‘qqizdan bir 
qismi yoki yer ijarasi uchun to‘lanadigan haqning uchdan bir qismiga teng bo‘lishi 
lozimligini e’tirof etadi. 
Shotland  iqtisodchisi  A.  Smitt  (1723  –  1790)  ushbu  ko‘rsatgichni  aniqlash 
mumkin  emas  deb  hisoblagan  bo‘lsa  ham,  lekin  ko‘pgina  olimlar  uni  yillik 
umumiy ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining beshdan, o‘ndan, yigirmadan va 
o‘ttizdan bir qismiga teng bo‘lishini ta’kidlaganlarini eslatib o‘tadi. 
Agar,  e’tibor  berilgan  bo‘lsa  yuqorida  sanab  o‘tilgan  nazariyalar  klassik, 
ya’ni dastlabki monetarizmga taaluqli ekanligini sezish qiyin emas. 
Zamonaviy  monetarizm  nazariyasining  ilk  namoyondalaridan  bo‘lgan  ingliz 
iqtisodchisi A. Marshall (1842 – 1924) muomala uchun zarur bo‘lgan naqd pullar 
miqdori aholining qo‘lida pul ushlab turish istagi va ulardan daromad ololmaslik 
xavfi  bilan  o‘lchanishini  o‘rtaga  tashlagan.  Yoki,  A.  Marshall  fikricha  odamlar 
qo‘lidagi  ortiqcha  naqd  pullardan  hech  qanday  naf  ololmaslik  hissi  muomala 
uchun  zarur  bo‘lgan  naqd  pul  miqdorini  belgilashda  asosiy  omil  bo‘lib  hizmat 
qiladi.  
Miqdoriy  pul  nazariyasining  yorqin  namoyondalaridan  bo‘lgan  mashhur 
ingliz  olimi  J.  Keyns  (1883–1946)  ilk  bor  muomala  uchun  zarur  pul  miqdorini 
bank foizlari darajasi bilan bog‘liq ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Uning 
fikricha bank foizlari stavkasi tushib ketsa, odamlar pullarini banklarda saqlashdan 
ko‘ra o‘z qo‘llarida ushlab turishni ma’qul ko‘radilar va muomalada pulga bo‘lgan 
talab oshib boradi. Agar, bank foiz stavkasi ko‘tarilsa, odamlar qo‘lidagi pullarini 
daromad  olish  maqsadida  banklarga  qo‘yishdan  manfaatdor  bo‘ladilar  va 
muomalada  pulga  bo‘lgan  talab  pasayib  ketadi.  Ko‘rinib  turibdiki,  J.  Keynsning 
pulga  bo‘lgan  talabni  aniqlash  ta’limoti  uchun  “foizlar  nazariyasi”  asos  bo‘lib 
xizmat qilgan. 
Shundan  kelib  chiqqan  holda  J.  Keyns,  muomala  uchun  zarur  bo‘lga  pul 
miqdori  mamlakat  milliy  boyligining  o‘ndan  bir  qismidan  tortib  to  ellikdan  bir 
qismigacha bo‘lgan oraliqda o‘lchanishi mumkin deb hisoblagan. J. Keynsning bu 
fikrini  inkor  qilib  bo‘lmasada,  lekin  uning  nazariyasiga  ko‘ra  muomala  uchun 
zarur bo‘lgan naqd pulning aniq miqdorini aniqlash mumkin emas edi. 
Shu  sababli,  naqd  pul  muomalasini  samarali  boshqarish  usullarini  qidirish 
bo‘yicha ilmiy ishlar muntazam davom ettirilgan va iqtisodchi olimlar tomonidan 
pul miqdorini aniq ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha bir qancha yangi nazariyalar 
yaratildi. 
Bulardan diqqatga sazovorlisi, ikki amerikalik olim U. Baumol va J. Tobinlar 
tomonidan  bir  –  biriga  bog‘liq  bo‘lmagan  holda  yaratilgan  “portfel  tanlovi” 
nazariyasidir. 
  Ushbu  nazariyaga  asosan  bitimlarni  amalga  oshirish  uchun  naqd  pulga 
bo‘lgan  talab  odamlarning  kassa  shaklida  (qo‘lida)  saqlanadigan  naqd  pullar 
bo‘yicha  vujudga  keladigan  alternativ  xarajatlarini  (bank  foizlari  sifatida olinishi 
mumkin  bo‘lgan  daromadlarini  yo‘qotilishi  nazarda  tutilmoqda)  hisobga  olgan 
holda aniqlanadi. Yoki, mualliflar yil davomida baholar barqaror va xarajatlar bir 
xil  bo‘lgan  hollarda,  odamlar  rejalashtirilgan  to‘lovlarni  amalga  oshirish  uchun 


qancha  naqd  pullarni  o‘z  qo‘lida  saqlab  turishlari  maqsadga  muvofiq  ekanligini 
aniqlashni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishgan va uni quyidagi formula orqali 
ifodalashgan:  
 
N= 
iY
/2F 
Bunda: 
N – bankka tashriflar soni; 
F – har bir tashrifning xarajatlari qiymati; 
Y – qo‘ldagi naqd pullar miqdori (aniq kassa qoldiqlari); 
i  –   omonat bo‘yicha to‘lanadigan bank foiz stavkasi. 
Bunga  ko‘ra,  bankka  tashriflar  soni  oshgan  sari  xarajatlar  ko‘payadi  va 
odamlar  qo‘lidagi  pul  miqdori  oshib  boradi,  ayni  paytda  esa  bankdan  olinishi 
mumkin bo‘lgan foizlar ko‘rinishidagi daromadlar kamayib boradi. 
Mustaqillikning dastlabki yillarida bizning Respublikada ham boshqa barcha 
sobiq ittifoqdan ajralib chiqqan mamlakatlar qatori muomala uchun zarur bo‘lgan 
pul miqdori sobiq “SSSR Davlat banki” qo‘llagan kassa rejasini tuzish usuli bilan 
aniqlanib keldi. Ma’lumki, ma’muriy buyruqbozlik boshqarish usuliga asoslangan 
sotsialistik  jamiyatda  ishlab  chiqarilgan  tovarlar  va  pulli  hizmatlar  narhi  hamda 
unga  asosiy  qarama  –  qarshi  ko‘rsatgich  bo‘lgan  ish  haqi  miqdori  deyarli 
o‘zgarmasdi.  Bu  esa,  bank  kassalaridan  beriladigan  va  kelib  tushadigan  naqd 
pullar miqdorini aniq belgilash imkonini berardi. 
Bozor  iqtisodiyoti  munosabatlari  to‘la  shakllanib  ulgurmagan  sharoitda 
bizning  Respublikada  ham  kassa  aylanmalarini  homcho‘t  qilish  orqali  naqd  pul 
muomalasini  tartibga  solish  usulidan  foydalanildi.    Tijorat  banklari  kassa 
aylanmalarini xom – cho‘ti faqat choraklik davrlar uchun qo‘llanilmoqda.   
O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki  naqd  pulga  bo‘lgan  talab  va 
taklifni o‘rganish maqsadida statistika organlaridan olingan ma’lumotlarga asosan 
quyidagi ishlarni amalga oshiradi:  

 
xalq  iste’mol  mollarining  umumiy  hajmi,  turlari  bo‘yicha  ishlab 
chiqarilishi,  chiqarilayotgan  mahsulotlar  aholi  talablariga  mos  bo‘lishi  borasida 
doimiy  monitoring  olib  boradi,  tayyor  sanoat  mahsulotlarining  qoldig‘ini, 
savdoning  ahvoli  va  tovar  zahiralarining  holatini,  chakana  savdo  tarmog‘idagi 
tovar  zahiralari  tarkibini  tovar  aylanmasining  mo‘ljaldagi  hajmining  bajarilishini 
tahlil qiladi; 

 
aholining 
tovarlar 
va 
xizmatlarga 
bo‘lgan 
ehtiyoji 
qanday 
qondirilayotganini  o‘rganadilar  hamda  ana  shu  o‘rganish  natijalaridan  aholining 
to‘lovga qobil talabini qondirishni yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi; 

 
pul  muomalasining  holatini  hamda  uning  tavsiflovchi  ko‘rsatkichlarni 
tahlil  qilish  asosida  tegishli  idoralar  bilan  birgalikda  pul  muomalasini 
barqarorlashtirish,  tashkilotlarning  naqd  pulga  bo‘lgan  ehtiyojlarini  uzluksiz 
qondirishga  qaratilgan  takliflar  ishlab  chiqib,  joylardagi  davlat  boshqaruv 
organlari muhokamasiga qo‘yadilar. 

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling