Pul tizimini tashkil etish tamoyillari –pul tizimini tashkil etishning asosiy
elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul
tizimini tashkil etishning tartib vaqoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki,
bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul belgilarini
emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har bir mamlakatda
pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga xos tamoyillari
mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan.
Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning
ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu
jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga
oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari
davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini
tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi.
Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini
tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib olish
qobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga qaratiladi.
Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga
oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli
iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi.