Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Birinchi bosqichi. Pul tizimining birinchi bosqichi 1991 yil sentyabrdan
1993 yil noyabr oyigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Ushbu davrda O‘zbekiston pul tizimi Rossiya pul tizimiga bevosita bog‘liq edi. Chunki bu davrda mamlakatimiz milliy valyutasi muomalaga kiritilmagan, barcha hisob kitoblar sobiq Ittifoq va Rossiya rubli bilan amalga oshirildi. Bu davrda pul – kredit tizimi o‘z boshidan murakkab va og‘ir davrni kechirdi. “Mustaqillikning birinchi yillarida O‘zbekiston hukumati siyosiy va iqtisodiy islohatlarni amalga oshirish paytida ikki o‘zaro ziddiyatli, biri ikkinchisini inkor qiladigan holatga duch kelib qoldi: bir tomondan siyosiy mustaqillik, boshqa tomondan – yagona rubl, demak, iqtisodiy qaram zonada turganlik holati edi. Bu holat nafaqat O‘zbekiston, balki sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari uchun o‘ziga xos xususiyat edi” 18 . Buning natijasida mamlakatimiz pul tizimini tashkil topishining birinchi bosqichida quyidagi muammolar mavjud edi: – banklar orqali mijozlar va aholini naqd pul bilan ta’minlashdagi muammolar. Dastlab Rossiya Davlat banki “rubl zonasida”gi mamlakatlarga berayotgan har bir rublini 25 foizi miqdorida to‘lov belgilagan, ya’ni o‘zi bergan 100 rublning 25 rublini qaytarib olib qolish sharti bilan mablag‘ bergan bo‘lsa, asta sekin bu to‘lov miqdori oshib bordi. Rossiyada tovarlarga, jumladan, oziq – ovqat mollari va paxtaga ehtiyojning kuchayganligi sababli o‘zidan olib kelayotgan mablag‘ni 100 foiz tovar bilan ta’minlash shartini qo‘ydi. Ya’ni O‘zbekiston o‘zi olib ketayogan qadrsizlangan qog‘oz pullar o‘rniga jahon bozorida qiymati oltin bilan o‘lchanadigan paxta tolasi berishga majbur bo‘layotgan edi 19 ; – sobiq Ittifoq respublikalari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlarning uzilishi bilan bog‘liq, shuningdek, hisob – kitoblarni amalga oshirishda vujudga kelgan 18 Mullajonov F.M. O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi. –T.: «O‘zbekiston» 2001.33 – bet. 19 Shu manba, 38 – bet muammmolar. Sobiq Ittifoq barham topgan bo‘lsada, uning tarkibiga kirgan respublikalar o‘rtasidagi mavjud iqtisodiy aloqalarni birdan to‘xtatib qo‘yishning imkoniyati mavjud emas edi. Bu o‘z navbatida pul mablag‘lari bilan bog‘liq hisob – kitoblarni tashkil etishni talab etardi. Biroq sobiq Ittifoq davrida amal qilgan rubllarning keskin qadrsizlanishi, shu bilan birga, o‘zaro hisob – kitob ishlarining izdan chiqishi ushbu ishlarni amalga oshirishni qiyinlashtirib yubordi. Shu bois ham, 1993 yil may oyidan mamlakatimiz Markaziy banki milliy valyutasini joriy etgan MDH mamlakatlari va O‘zbekiston o‘rtasidagi tuzilgan bitimlarni qayta ko‘rib chiqib, tijorat banklariga Markaziy bank vakillik hisobvarag‘ini chetlab o‘tib, to‘g‘ridan – to‘g‘ri hisob – kitoblarni olib borishi ta’qiqlandi; – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil pul – kredit siyosatini amalga oshirishdagi muammolar. Pul tizimini tashkil topishining birinchi bosqichida buning imkoniyati mavjud emas edi, chunki muomalaga chiqarilayotgan pullar Rossiya Markaziy banki tomonidan amalga oshirilib, ularni tartibga solish imkoniyati mavjud emas edi. Yuqorida qayd etilgan holatlar nafaqat mamlakatimiz bank tizimida, balki barcha sobiq Ittifoq mamlakatlari bank tizimida ham qator ijtimoiy – iqtisodiy muammolar vujduga kela boshladi. Natijada ular 1992 yilning may – iyun oylaridan boshlab o‘z milliy valyutalarini muomalaga kirita boshladi. Quyidagi jadvalda milliy valyutalarni muomalaga kiritgan mamlakatlar va ularning sanasi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling