Pul, kredit va banklar
MDHga a’zomamlakatlari tomonidan milliy
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
MDHga a’zomamlakatlari tomonidan milliy
valyutalarining joriy etilishi 20 Mamlakatlar Rubl hududidan chiqish sanasi (asosiy (oraliq) valyutaning joriy etilishi) Belarus 1992 yil may (belorus rubli) Estoniya 1992 yil iyun (krona) Latviya 1992 yil iyul (latviya rubli) Ozarbayjon 1992 yil avgust (manat) Litva 1992 yil oktyabr (litva taloni) Ukraina 1992 yil noyabr (karbovanets) grivina Qirg‘iziston 1993 yil may (som) Gruziya 1993 yil avgust (kupon) O‘zbekiston 1993 yil noyabr (so‘m – kupon) so‘m Armaniston 1993 yil noyabr (dram) Qozog‘iston 1993 yil noyabr (tenge) Moldova 1993 yil noyabr (ley) Turkmaniston 1993 yil noyabr (manat) Tojikiston 1995 yil may (tojik rubli) somoni 20 TransitionReport 2000, EBRDvaboshqamanbalar Buning natijasida, o‘z milliy valyutasini joriy qilgan davlatlarda sobiq Ittifoqning 1961 – 1992 yillar namunasidagi rubllar qadrini yo‘qotgan “oddiy qog‘oz” sifatida mamlakatimizga kirib kela boshladi, bujarayon mamlakatimiz iste’mol bozoridan tovar va mahsulotlar juda katta hajmda chetga oqib ketishi ro‘y berdi. Albatta, bunday sharoitda iste’mol bozorini himoya qilishning yagona va eng to‘g‘ri yo‘li zudlik bilan muomalaga milliy valyutani kiritish edi. Lekin, jahon tarixidan ma’lumki milliy pul birligini kiritish uchun zarur tashkiliy va iqtisodiy shart – sharoit mavjud bo‘lishini taqozo etardi, to‘g‘rirog‘i esa ularni yaratish lozim edi. Bu esa o‘z o‘rnida ma’lum vaqt talab qilardi. Ammo, bu vaqt ichida iste’mol bozorini qog‘ozga aylanib borayotgan rubllardan himoya qilib borish ham zurur edi. Aks holda, mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqib ketish xavfini oldini olib bo‘lmasdi. Shuning uchun, dastlabki vaqtlarda iste’mol bozorini himoya qilish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 15 mayda “Pul muomalasini tartibga solish va respublika iste’mol bozorini himoyalashni kuchaytirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Mazkur qarorga ko‘ra aholining tovar sotib olishi va depozit operatsiyalarining bajarilishida pasport va kupon tizimi joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari 1993 yil 10 maydan boshlab, banklarga qo‘yiladigan omonatlar pasport asosida qabul qilinishi joriy etildi, qiymati 25 ming rubldan yuqori bo‘lgan tovarlarni kuponlar asosida sotilishi belgilab qo‘yildi, 25 ming rubldan yuqori qiymatdagi tovarlar bank omonatchilarning topshirig‘iga ko‘ra, pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshirilishi joriy etildi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling