Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
yalpi
taklifni tartibga solishga qaratiladi. Monitaristlarning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan qisqa muddat ichida chiqishga imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o‘rtasidagi nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, ma’lum vaqtdan keyin, mamlakatda inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyatsiya – bu bevosita pul bilan bog‘liq bo‘lgan holat bo‘lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga keladi. Shuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo‘shimcha emissiya evaziga emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yo‘li bilan bartaraf etish lozimligini ta’kidlaydi. Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha, buning natijasida, iste’molga bo‘lgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi, samarasiz xo‘jalik sub’ektlari bankrot bo‘ladi, mamlakatda kuchli raqobat muhitishakllanadi. Bular o‘z navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining tushishiga olib keladi. Ko‘pchilik mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi kurashda keynschilik va monetaristik yo‘nalishning u yoki bu jihatlarini hamoxong ravishda amaliyotga joriy etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling