Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
pul shaklini vujudga kelishiga zamin bo’ldi. Kreditning pul shaklini vujudga
kelishi, uning kreditor va qarzdorga qulaylik jihatlari xususida batafsil to’xtalishga, firkimizcha, ehtiyoj mavjud emas. Chunki, kreditor jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar asosida o’ziga jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, to’lovlilik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida beradi. O’z o’rnida qarzdor ham ushbu kredit summasini belgilangan muddatlarda tegishli to’lovlar asosida kreditorga pul ko’rinishida qaytaradi. Pul juda likvidli va qulay ayirboshlash vositasi bo’lganligi tufayli kreditning pul (qiymat) shakli keng tarqaldi, buning natijasida kreditining tovar shakli o’z o’rnini sekinlik bilan kreditning pul shakliga bo’shatib berdi. Kreditning yuqorida qayd etilgan shakllari bilan birga uning aralash shakli ham amal qiladi. Kreditning ushbu shakli uning tovar va pul shaklini o’zida mujassam etadi. Bunda kredit tovar yoki pul shaklida berilishi mumkin, uni qaytarishda ham qarzdor olgan kreditini pul yoki tovar ko’rinishida kreditorga qaytarishi mumkin. Aynan mana shu teskari bog’liqlik kreditning aralash shaklini o’zida ifoda etadi. Kreditning ayirboshlash shakliga misol sifatida tijorat kreditini keltirishimiz mumkin. Masalan, tovar sotuvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi tashkilot sotib oluvchining moliyaviy muammolari mavjud hollarda sotilgan tovarlar va xizmatlarga to’lovni kechiktiradi, kechiktirilgan to’lov keyinchalik qo’shimcha to’lov asosida amalga oshiriladi. Mazkur masala keyingi paragraflarda batafsil ko’riladi. Umuman olganda, yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kreditning shakllari xususidagi turli fikrlarning mavjudligi mazkur masalalar ustida qator ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirishni davom ettirish zarurligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, kreditning shakllari uning turlarida yanayam aniqroq namoyon bo’ladi. Xususan, kreditning turlari bo’yicha ham turlicha qarashlar mavjud bo’lib, rossiyalik ayrim iqtisodchi olimlar kreditning firmalar o’rtasida (xo’jalik) krediti (1), bank krediti (2), fuqarolik (shaxslar o’rtasidagi) kredit (3), davlat krediti (4), xalqaro kredit (5) va iste’mol kreditlari (6) mavjudligini ta’kidlaydi 40 . Rossiyalik boshqa iqtisodchi olimlar bank krediti (1), xo’jalik (tijorat) krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), fuqarolar (xususiy, shaxsiy) kreditlari (5) mavjudligini e’tirof etishadi 41 . Yana bir taniqli iqtisodchi olim, professor O.I.Lavrushin tahriri ostida tayyorlangan darslikda kreditning bank krediti (1), xo’jalik (tijorat) krediti (2), davlat krediti (3), xalqaro kredit (4), ishlab chiqarish va iste’mol kreditlari (5) amal qilishi hamda bulardan tashqari kreditning bevosita va bilvosita, namoyon bo’luvchi va yopiq, eski va yangi, asosiy va qo’shimcha, rivojlangan va rivojlanmagan turlari mavjudligi ta’kidlanadi 42 . Professor Sh.Abdullaeva kreditning bank, tijorat, iste’mol, davlat, xalqaro va sudxo’rlik turlari mavjudligi xususidagi fikrlarni bayon etadi 43 . Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, iqtisodchi olimlar kreditning turlariga mavjud ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlardan kelib chiqib turlicha yondashganlar. Fikrimizcha, kreditning turlariga tavsif berishda ularning amaliyotda qo’llanilishi va iqtisodiy samaradorligiga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq. Shu nuqtai nazardan, davlat krediti (1), bank krediti (2), iste’mol (ipoteka) kreditlari (3), tijorat krediti (4), xalqaro kredit (5) mavjudligini e’tiborga olish maqsadga muvofiq. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling