Pul, kredit va banklar
-mavzu: Kreditning turlari va shakllari
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
9-mavzu: Kreditning turlari va shakllari
9.1. Kreditning shakllari va turlari 9.2. Davlat krediti. 9.3. Bank krediti 9.4. Ist’emol (ipoteka) krediti 9.5. Tijorat krediti 9.6. Xalqaro kredit 9.1. Kreditning shakllari va turlari Iqtisodiy adabiyotlarda, iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan kreditining turlari va shakllari xususida turlicha fikr yuritiladi va talqin etiladi. Masalan, O’zbekistonlik olima, professor Sh.Abdullaeva kreditning shakllari xususida aniq fikrlarni bayon etmagan bo’lsada, uning turlarini “qisqa muddatli kreditlash” va “uzoq muddatli kreditlash”dan iborat ekanligini ta’kidlaydilar 37 , xuddi shuningdek, rossiyalik iqtisodchi olimlar ham kredit shakllari bo’yicha turlicha fikrlarni ilgari suradilar. Shu bois, ushbu paragrafda kreditning turlariga atroflicha to’xtalishga qaror qildik. Kreditning turlari asosan uning mohiyatini aniqroq tushunish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, ta’kidlash joizki, kreditning nafaqat turlari va shakllari o’rtasida, balki tasniflanishi ham ulardan ajralgan holda o’rganilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Kredit an’anaviy ravishda qator belgilarga qarab tasniflanishi mumkin. Xususan, kredit qarzdor va kreditor toifasi bo’yicha (1), kreditni taqdim etish muddatiga qarab (2) va kreditni berish shakllariga (3) qarab tasniflanadi. Agar kreditning bu tartibda tasniflanishiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, asosan bunday tasniflanish kredit sub’ektlari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar jarayonida yuz beradi. Shuningdek, uning e’tiborli jihati material qiymatni o’zida aks ettirganligi bo’lib, amaliyotda taqdim etish bilan bog’liq holatlarni o’zida namoyon etishi hisoblanadi. Yuqorida qayd etilganlarga va iqtisodiy adabiyotlardagi manbalarga tayanib, kreditning a) tovar, b) pul va v) aralash shakllari mavjudligini ta’kidlash mumkin. Kreditning tovar shakli uning juda oddiy shakli hisoblanib, kredit bilan bog’liq dastlabki munosabatlar aynan ushbu shakl doirasida rivojlangan. 37 Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 181 – b. Mavjud iqtisodiy adabiyotlarda bayon etilishicha, kreditning tovar shaklida u asosan buyum ko’rinishida taqdim etilib, qarzdor kreditorning kreditini qoplashda xuddi shu miqdordagi buyumni unga qaytargan. Manbalarga ko’ra, kreditning ushbu shakli antik jamiyat davrida, qadimgi Rimda vujudga kelgan va rivojlangan 38 . Hattoki, o’sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” iqtisodiy kategoriyalari o’rtasidagi bir – biriga o’xshashlik va farqlar xususidagi ayrim fikrlarni ilgari surishgan. Ma’lumki ushbu masala hozirgi kunda ham iqtisodchi olimlar va mutaxassislar o’rtasidagi munozarali holatlardan hisoblanadi. Bir guruh olimlar, “ssuda” va “kredit” o’rtasida jiddiy farqlar mavjud emasligini ta’kidlashsa, ikkinchi guruh olimlari buni inkor etishadi. E’tiborli jihati shundaki, Rimda o’sha davrning huquqshunoslari “ssuda” va “kredit” (qarz) o’rtasidagi farqni quyidagicha izohlab berishga urinishgan. Ularning fikricha, ssudada qarzdor, ya’ni tovar shaklida kredit oluvchi kreditni qaytarishda undan olgan aynan shu tovar yoki buyumni kreditorga taqdim etishi zarur bo’ladi. Masalan, qarzdor kreditga otni olgan bo’lsa, ushbu kreditni qaytarishda aynan shu ot unga qaytarilishi zarur bo’ladi. Kreditda esa tovar shaklida olingan kreditning o’rniga shunga o’xshash turdagi tovar bilan qaytarilishi mumkin ekanligini e’tirof etishadi. Masalan, tovar shaklida olingan bug’doyning o’rniga shu navdagi va miqdordagi bug’doy yoki boshqa mahsulot bilan qaytarilishi kredit sifatida tavsiflanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda kreditining tovar shaklidagi jihatlari bo’yicha ham fikrlarning xilma – xil ekanligining guvohi bo’lish mumkin. Yuqorida kreditning tovar shakliga berilgan tasnifdan farqli o’laroq, professor V.A.Shchegortsova tahriri ostida nashrdan chiqqan darslikda 39 , kreditning tovar shaklida mashina, stanok va boshqa jihozlarga to’lovni kechiktirish, ularni ijraga va hatto lizinga berish ekanligi haqidagi fikrlar ilgari suriladi. Fikrimizcha, bu erda rossiyalik olimlar kreditning tovar shaklini uning turi bilan aralashtirib yuborgan. Kreditning tovar shakli kishilar o’rtasida pul munosabatlari vujudga kelib, to’liq taraqqiy etgan vaqtgacha qo’llanilgan, keyinchalik ushbu kredit pul – tovar ko’rinishida qo’llanilgan. 38 Dengi, kredit, banki: Ucheb. – 2 – e izd., pererab. i dop./pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK Velbi, izd – vo Prospekt, 2008. –S. 517. 39 Dengi, kredit, banki: Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. prof. Shchegortsova V.A. –M.:YuNITI – DANA, 2005. –S. 181. Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va mehnat taqsimotining taboro takomillashuvi kreditning tovar shakli zamirida uning Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling