Pul, kredit va banklar
-mavzu: Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
10-mavzu: Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi
10.1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati 10.2. Banklarning funktsiyalari 10.3. Banklarning turlari 10.4. Banklarning iqtisodiyotdagi roli 10.1. Banklarning vujudga kelishi va mohiyati Banklarning vujudga kelishi tovar – pul munosabatlarining asosiy elementlari sifatida, pulning qiymat shakli paydo bo’lishi bilan bir davrga to’g’ri kelgan. Iqtisodiy adabiyotlarda dastlabki banklarning vujudga kelishi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ayrim iqtisodchi olimlar banklarni feodalizm davrida vujudga kelganligini ta’kidlashsa, ularning ayrimlari esa kapitalistik tuzumning dastlabki davrlarida paydo bo’lganligini ta’kidlaydi. Uchinchi guruh olimlar, banklar faoliyatiga xos bo’lgan operatsiyalar miloddan ilgarigi davrlarda paydo bo’lganligini qayd etadilar. Manbalarga ko’ra, dastlabki bankirlar kichik – kichik do’konlarda mahalliy pullarni xorijiy pul birliklariga ma’lum darajadagi to’lov evaziga almashtirib berishgan. Shuningdek, yirik pul egalarining pullari va tijorat veksellarini tegishli haq evaziga saqlash bilan shug’ullangan. Keyinchalik banklar vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larni tegishli shartlar asosida jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji bo’lgan shaxslarga ma’lum to’lov evaziga bera boshlagan. Tarixiy manbalarga ko’ra, dastlabki banklar Gretsiyada paydo bo’lgan, keyinchalik xalqaro savdo munosabatlarining rivojlanishi natijasida evropa mamlakatlarida banklar vujudga kelgan. Shuningdek, natural xo’jalikning barham topishi, tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi natijasida hisob – kitoblar va kreditlarning roli shiddat bilan ortib bordi. Bular o’z navbatida bir maromdagi hisob – kitob va pul muomalasini tashkil etish zaruriyatini keltirib chiqardi. Bu jarayon o’z – o’zidan banklarning tashkil topishi va rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ayrim iqtisodiy adabiyotlarda, dastlabki banklar ibodatxona (butxona)larda tashkil topganligi ta’kidlanadi 51 . Ibodatxonalar hukumatning va diniy tashkilotlarning zaxira fondlari sifatida xizmat qilgan. Ularda oziq – ovqat zaxiralari va boshqa qimmatbaho buyumlar saqlangan. Keyinchalik ibodatxonalar to’lov vositalarini bajaradigan oltin, kumush va boshqa qimmatbaho metallarni saqlash bilan birga, pul muomalasini tashkil etish jarayonlarida ham bevosita ishtirok etishgan. Bunga 2011 yil iyulida Hindistonning ibodatxonalaridan birida yirik miqdorda oltin va boshqa boyliklarni topilganligini misol sifatida keltirish Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavshurina. – 5 – e izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –S.319 – 324. mumkin. Topilma juda katta miqdorga teng bo’lib, qachon va kim tomonidan qo’yilganligi ma’lum emas. Ibodatxonalar qadimda banklar vazifasini bajarganligining va ularni barqarorligining asosiy sabablaridan biri, davlat va dindorlarning asrlar davomida ibodatxonalarda xizmat qiluvchilarga nisbatan yuqori darajada ishonchning shakllanganligi hisoblanadi. Bu o’z navbatida boshqalarda ham ibodatxonalarda pul mablag’larni saqlashga bo’lgan ishonchini qozongan. Dastlab ushbu an’ana qadimiy Sharqda vujudga kelgan bo’lsa, keyinchalik qadimgi Gretsiya va Rim hamda Evropaga tarqalgan. Qadimgi Gretsiyada davlat va uning rasmiy xodimlari, zargarlar, savdogarlar va boshqa zodagonlar ibodatxonalarning (Delfiy, Deloss, Samoss, Efess kabi ibodotxonalar) alohida shaxslariga pul mablag’larini saqlash va tegishli operatsiyalarni amalga oshirishga ishonch bildirib, ularga pul mablag’lari va qimmatbaho metallarni saqlash, shuningdek, ularning topshiriqlariga binoan hisob – kitoblarni amalga oshirishga ruxsat bergan. Buning barobarida, mamlakatda mehnat taqsimoti va iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi, o’zaro moliyaviy ayirboshlash hajmining ortishi natijasida ushbu ibodotxonalarda pul ishlari bilan shug’ullangan shaxslar moliyaviy vositachilar sifatida maydonga chiqa boshladi. Taxminan eramizdan oldingi VII asrlarda yirik ibodatxonalarning kichik – kichik moliyaviy vositachilik do’konlariga aylanib borishi natijasida, shuningdek, pul muomalasini tartibga solishda muammolarning vujudga kelayotganligi sababli metall tangalarni muomalaga chiqarish va pul muomalasini tartibga solish huquqini davlat o’z qo’liga ola boshladi. Hozirgi kunda, siz bilan biz bank sifatida biladigan moliyaviy muassasalarning dastlabki ko’rinishlari XVI asrda Angliyada vujudga kelgan. E’tiborli jihati shundaki, dastlabki bankirlar oltin metallardan turli zebu – ziynatlar yasaydigan zargarlar yoki yirik savdo bilan shug’ullanadigan savdogarlar ichidan chiqqan. Shuningdek, Florentsiya va Venetsiyada XVI asrda jirobanklar vujudga keldi. Keyinchalik banklar Amsterdam, Gamburg, Miland, Nyurenberg kabi yirik shaharlarda tashkil topa boshlagan. Ushbu banklar asosan yirik savdogarlarning oltin tangalarini saqlash va ularning to’lov hisob – kitoblarini amalga oshirish bilan shug’ullangan. Hozirgi paytda faoliyat yuritayotgan Markaziy bankka o’xshagan bank birinchi marta Stokgolmda 1650 yilda, keyinchalik 1694 yilda Angliyada tashkil topgan bo’lib, bu bank pul emissiyasini amalga oshirish, mamlakatda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish kabi ishlarni bajargan. Banklar yirik savdogarlar, zargarlar va boshqa shaxslarning hisob – kitoblarini bajarish bilan birga, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini jalb qilish asosida juda yirik miqdorda ssuda kapitalini jamg’aradilar, ushbu mablag’ kredit sifatida iqtisodiyotning turli bo’g’inlariga yo’naltiriladi. Shu tariqa, kapitalistik jamiyatda “bank” deb yuritiladigan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi “korxona”lar tashkil topdi. Banklarning mohiyatiga iqtisodiy adabiyotlarda turli yondashuvlar mavjud. “Bank” etimologiyasiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, “bank” so’zi qadimgi frantsuzcha “banque” va italiyancha “bansa” so’zlaridan paydo bo’lib, “almashtirish stoli” ma’nosini anglatishining guvohi bo’lamiz. Bank – bu moliyaviy muassasa bo’lib, jamiyatdagi vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini tegishli shartlar bilan jalb etib, ushbu mablag’larga ehtiyoji mavjud bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarishlik, muddatlilik, to’lovlilik va ta’minlanganlik asosida beradigan tijorat tashkilotdir. Boshqa bir adabiyotda, bank – tadbirkorlik faoliyatining o’ziga xos turi bo’lib, uning faoliyati ssuda kapitalining harakati, ya’ni ularni jalb qilish va joylashtirilishi bilan bevosita bog’liqdir, degan fikr ilgari suriladi 52 . Bankir ssuda kapitalistidan farqli o’laroq, turli ko’rinishdagi xizmatlarni taklif etadi va pul aylanmasini tashkil qiladi. Ssuda kapitalisti ishlab chiqarishni o’z kapitali hisobidan moliyalashtirsa, bankir ushbu jarayonni chetdan jalb qilingan begona shaxslarning mablag’lari hisobidan amalga oshiradi. Tijorat banklari mohyatini teranroq anglash uchun ayrim metodologik masalalarga e’tibor qaratish lozim. Ularning ayrimlari quyida keltiriladi: – banklarning mohiyatini yoritishda ularning mikrodarajadagi faoliyatiga e’tibor qaratish lozim; – banklarning mohiyatini yoritishda ular qanday shaklda va maqsadda tashkil etilganligiga emas, balki ularga yagona bank sifatida faoliyat yuritishiga e’tibor qilish lozim; – banklarning mohiyatini ajralmas qismi sifatida ularning tashkil topish asoslari, ya’ni tashkiliy – huquqiy asoslari muhim ahamiyat kasb etadi; – banklarning mohiyati – bu o’ziga xos xususiyatga ega bo’lgan ob’ektning tarkibini anglatadi; – banklarning mohiyatiga qator ta’riflar shakllantirilgan bo’lib, muammoni o’rganayotgan paytda uning qanday jihatiga e’tibor qaratilayotganligi muhim hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, banklarning vujudga kelishi va ularning mohiyati kishilik jamiyatining vujudga kelishi davridan boshlab shakllanib, rivojlanib va takomillashib kelmoqda. Buning asosiy sababi jamiyatda iqtisodiy munosabatlarning takomillashuvi, mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, tovar va xizmatlar aylanmasi hajmining ortishi kabi qator omillar hisoblanadi. Shuningdek, qaerda savdo va zargarlik ishlari rivojlangan bo’lsa, shuningdek, ishonch yuqori bo’lgan joylarda dastlabki banklar paydo bo’lgan. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling