9.6. Xalqaro kredit
Xalqaro kredit – bu mamlakatlar, banklar, yuridik shaxslar tomonidan
boshqa mamlakatlarga, banklarga, kompaniya va tashkilotlarga beriladigan
kreditdir. Bu – xalqaro iqtisodiy aloqalar doirasida pul kapitalining valyuta
va tovar moddiy qimmatliklari ko’rinishida qaytarishlik, muddatlilik va
to’lovlilik asosida beriladigan harakatidir. Xalqaro kreditning sub’ektlari
sifatida ikkita mamlakat, turli davlatlarning yuridik yoki jismoniy shaxslari
maydonga chiqadi.
Xalqaro kreditning sub’ektlari mulkiy shakliga qarab davlat, aralash
mulk va shaxsiy mulklarga guruhlanadi. Xalqaro kreditlar kreditor
mamlakatning milliy valyutasida yoki uchinchi mamlakatning valyutasi
(AQSh dollari, evro)da berilishi mumkin.
Xalqaro kredit, ob’ekti jihatidan pul ko’rinishida yoki natura shaklida
berilishi mumkin. Bozor iqtisodiyotining rivojlanishi natijasida kreditor
mamlakatlarning ko’pchiligi asosan xalqaro kreditni natura ko’rinishida
berishdan manfaatdor bo’lib, bu orqali ular o’z mamlakatlarining ishlab
chiqaruvchilarini iqtisodiy jihatdan rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |