Huquqiy jihatdan – banklar ochiq va yopiq turdagi jamiyatlar sifatida
tasniflanadi. Banklarning kapitalini asosiy ulushi yuridik shaxslar hissasiga to’g’ri
keladi, ushbu banklar ochiq aktsiyadorlik yoki yopiq aktsiyadorlik banklari bo’lishi
mumkin.
Ochiq yoki yopiq aktsiyadorlik banklari deyilishiga sabab ularning
aktsiyalarini sotish va sotib olish jarayoni bilan bog’liq bo’ladi. Qatnashchilari
o’zlariga tegishli aktsiyalarini o’zga aktsiyadorlarning roziligisiz boshqa
shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aktsiyadorlik jamiyati ochiq aktsiyadorlik
jamiyati deb hisoblanadi.
Aktsiyalari faqat o’z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar
orasida taqsimlanadigan aktsiyadorlik jamiyati yopiq aktsiyadorlik jamiyati deb
hisoblanadi. Mamlakatimizda mulkiy jihatdan tashkil topishidan qa’tiy nazar,
faoliyat yuritayotgan barcha banklar ochiq aktsiyadorlik banklari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |