Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Uchinchi funktsiyasi, xo’jalik sub’ektlari pul hisob – kitoblarini amalga
oshirish hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo’jalik sub’ektlari kun davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz pul ko’rinishida) amalga oshiradi. Banklarning bevosita ishtiroki natijasida ushbu o’tkazmalar jo’natuvchidan oluvchiga etib boradi. Shuningdek, banklar pul o’tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob – kitoblarni amalga oshirish funktsiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi. Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funktsiyasi orqali Markaziy bank iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o’rtasidagi o’zaro muvozanatlikni ta’minlaydi. Ma’lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyatsiya darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. Shu bois ham Markaziy bank o’zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun zarur bo’lgan to’lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi. To’lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to’rtinchi funktsiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tomonlar o’rtasida to’lovlarni amalga oshirish orqali vositachilik ishlarini amalga oshiradi. Banklar orqali bank mijozlarining, aholining, davlatning moliyaviy mablag’lari o’tadi, bank ular o’rtasida to’lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa sifatida vositachilik vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funktsiyasi orqali nafaqat pullarni bir xo’jalik yurituvchi sub’ektdan ikkinchisiga o’tkazadi, balki iqtisodiyotdagi moliyaviy kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga o’tishini nazorat qilib boradi va ushbu tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Kredit mablag’larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi funktsiyasi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu funktsiyani barcha banklar bajarish huquqiga ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan muvozanatligini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funktsiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining pastligi belgilaydi. Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi pul massasining hajmini o’zgarishiga tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir. Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling