Xizmat ko’rsatish doirasi bo’yicha – banklar ma’lum hududga, hududlararo,
xalqaro darajada mijozlarga xizmat ko’rsatishi e’tiborga olinadi. Buning uchun
banklar Markaziy bankning tegishli litsenziyalariga ega bo’lishi talab etiladi.
Masalan, mamlakatimizda Markaziy bankning tegishli talablarni bajargan tijorat
banklariga milliy valyutada va xorijiy valyutalarda faoliyat yuritishi uchun alohida
– alohida litsenziyalar beradi.
Kapitalining hajmi bo’yicha – banklar kichik, o’rta va yirik tijorat
banklarga guruhlanadi. Masalan, mamlakatimiz barcha banklari ustav kapitalining
40 foizdan ortig’i TIF Milliy banki hisasiga to’g’ri keladi, yoki mamlakatimizda
beshta yirik bankning (TIF Milliy banki, Sanoatqurilishbank, Agrobank,
Asakabank, Ipotekabank) kapitali jami banklar kapitalining 85 – 90 foizini tashkil
etadi.
Yakuniy so’z sifatida ta’kidlash mumkinki, banklarning turlarini
ko’pqirraligi, ularning bajaradigan operatsiyalarining sonini ortib borishi
jamiyatning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishi bilan bevosita bog’liqdir. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida bularning barchasi tegishli qonun, qoida, tartib va
mexanizmlar asosida tartibga solib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |