Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
9.2. Davlat krediti. Davlat krediti. Ushbu kreditning asosiy belgilaridan biri kreditni berish yoki olish jarayonida davlat bevosita ishtirok etadi. Ko’pchilik hollarda esa davlat kreditor sifatida yuridik va jismoniy shaxslarga kreditlar beradi. Davlat krediti munosabatlari jarayonida uning sub’ektlari sifatida davlat nomidan markaziy va mahalliy davlat boshqaruv organlari maydonga chiqsa, ikkinchi tomondan yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadi. Davlat kreditining vujudga kelishida an’anaviy ravishda ko’pchilik hollarda davlat byudjeti taqchilligini qoplash yoki yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish maqsadida o’z nomidan qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqaradi. 40 Dengi, kredit, banki: Ucheb. – 2 – e izd., pererab. i dop./pod red. V.V.Ivanova, B.I.Sokolova. –M.: TK Velbi, izd – vo Prospekt, 2008. –S. 517. 41 Dengi, kredit, banki: Uchebnik dlya vuzov. Pod. red. prof. Shchegortsova V.A. –M.:YuNITI – DANA, 2005. –S. 182. 42 Dengi, kredit, banki: uchebnik/kol. avt.: pod red.zasl.deyat. nauki RF, d.e.n. prof. O.I.Lavrushina. – 5 – e izd., ster. –M.: KNORUS, 2007. –Ss. 263 – 265. 43 Abdullaeva Sh.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: “Iqtisod – moliya”, 2007, 182 – 192 – bb. Davlat byudjetining taqchilligini qoplashda davlat tomonidan chiqarilgan qimmatli qog’ozlar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadi. Bunda yuridik va jismoniy shaxslar kreditor sifatida namoyon bo’ladi. Davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalari ham mavjud bo’lib. Ularning asosiylari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish; muomalaga qo’shimcha pullarni (xazina biletlarini) emissiya qilish; Markaziy bankdan kredit qarzlarini olish; Halqaro kredit va moliyaviy yordam so’rash; Davlatning qimmatli – qog’ozlarini muomalaga chiqarish. Davlat byudjeti taqchilligini qoplash uchun amaldagi soliq stavkalari miqdorini oshirish iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatda, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soliq bazasini kamaytirib ko’rsatish, ikkilamchi buxgalteriyani yuritish hamda xufyona iqtisodiyotning rivojlanishiga moyillik tug’iladi. Natijada, mamlakatda iqtisodiyotning rivojlanishi va aholining turmush farovonligini ta’minlashda salbiy holatlar yuz beradi. Muomalaga qo’shimcha pullarni chiqarish hisobiga davlat byudjeti taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o’rtasidagi muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni, pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday xolatda milliy valyutaning sotib olish qobiliyati pasayadi va inflyatsiya darajasining ortishiga sabab bo’ladi. Markaziy bankning krediti davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalariga nisbatan bir muncha samaraliroq hisoblanadi, lekin Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan 3 oy muddatga berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas. Davlat byudjeti taqchilligini qoplashda halqaro kredit va xorijiy mamlakatlarning moliyaviy yordamini olish doimo ham ijobiy natijalarni bermaydi. Chunki, kreditor mamlakat qarz oluvchi mamlakatga qator shartlarni qo’yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish orqali kreditor mamlakat siyosiy va iqtisodiy taziyq o’tkazish holatlari ham amaliyotda uchrab turadi. Shuning uchun davlat byudjetining taqchilligini qoplashning eng qulay usuli davlatning qimmatli qog’ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish orqali kredit olishi hisoblanadi. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, davlat krediti faqatgina byudjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki iqtisodiyotni tiklash (asosan tabiiy ofatlar yoki urushlardan so’ng), mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan qurilish ishlarini bajarish yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini rivojlantirish uchun uzoq muddatlarga (5, 10 yil) olinishi mumkin. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling