Pul, kredit va banklar
Download 1.98 Mb. Pdf ko'rish
|
Pul, kredit va banklar
Ayirboshlash– bu kishilarning istak – xohishlari va ehtiyojlari mahsuli sifatida amalga
oshiriladigan jarayon bo‘lib, buning natijasida, tomonlar ehtiyojini qondirish maqsadida ixtiyoridagi narsadan voz kechib, zarur bo‘lgan narsaning o‘rniga berishdir. Ayirboshlash kishining ehtiyoji bo‘lgan buyumga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan jarayondir. Demak, ayirboshlash “A” va “B” tomonlar o‘rtasidagi o‘zaro kelishuv natijasida sodir bo‘ladigan jarayon bo‘lib, “A” o‘ziga tegishli tovar yoki xizmatini “B” tomonning tovar yoki xizmati uchun berishdir. Madomiki, ushbu almashuv jarayoni ikki tomonga ham iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, “A” tomon voz kechgan tovar yoki mahsulot o‘rniga o‘zi uchun zarur bo‘lgan, undan ham foydaliroq tovar yoki xizmatni oladi. Shuningdek, natural xo‘jalikning rivojlanib borishi, jamiyatda mehnat taqsimotini shakllanishiga olib kelgan. Vaqt o‘tishi bilan odamlar o‘rtasida mahsulot ayirboshlash jarayoni rivojlanib, ishlab chiqarishning ixtisoslashuv jarayoni ro‘y bera boshlagan. Xususan, pulning vujudga kelishida chorvachilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi, keyinchalik hunarmandchilikning shakllanishi juda muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu davrda, odamlar o‘rtasida mahsulotlarni faol ayirboshlash jarayoni boshlandi. O‘sha davrdagi ayirboshlash munosabatlarini faollashishiga asosiy omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: ishlab chiqarishning natural xo‘jalik shaklidan tovar ishlab chiqarish davriga o‘tishi; ishlab chiqaruvchi sub’ektlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligining vujudga kelishi; ayirboshlash jarayonida tovarlar ekvivalentligining ta’minlanganligi. 1.2. Pulning rivojlanish tarixi Pul hozirgi kundagi ko‘rinishi, holati va darajasiga yetgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni boshidan kechirdi. Yer yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib kelinayotganiga yetti ming yildan ortiq vaqt bo‘ldi 1 . Bu davr ichida dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar ko‘rinishidan hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan qog‘oz va elektron pullar ko‘rinishigacha yetib keldi. Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani sari pulning shakli, pul ishlari va pul ishtirokidagi hisob – kitoblar ham doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib kelmoqda. Pulning rivojlanishiga turtki bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi. 1.Tovar ishlab chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. 2. Barcha shakllardagi mulk qiymatlarining o‘sishi. 3. Tovarlar oldi – sotdisi bo‘yicha aylanmalar hajmining ortishi. Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling