Pul, kredit va banklar


Pulning nominallik nazariyasi


Download 1.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/119
Sana28.10.2023
Hajmi1.98 Mb.
#1731254
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   119
Bog'liq
Pul, kredit va banklar

5.3.Pulning nominallik nazariyasi
Nominal pul nazariyasi xususidagi tadqiqotlar natijasida ushbu nazariyani 
turlicha nomlanishining guvohi bo‘ldik. Masalan, rus tilida pul nazariyasi haqida 
yozilgan adabiyotlarda “nominallisticheskaya teorii deneg”, “metallicheskaya 
teorii deneg” tarzida, o‘zbek tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda “pulning nominalistik 
nazariyasi”, “nominal pul nazariyasi” yoki “metall bo‘lmagan pul nazariyasi” 
tarzidagi so‘z birikmalarini uchratish mumkin.
Shu bois, dastlab pulning “metall bo‘lmagan nazariyasi” haqida ayrim 
mulohazali holatlarni oydinlashtirib olish maqsadga muvofiq degan fikrga keldik. 
Metall bo‘lmagan pul nazariyasi turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin 


etilishining asosiy sabablaridan biri, pul nazariyasi to‘g‘risida yaratilgan iqtisodiy 
asarlarning deyarli barchasi xorijiy tillarda, asosan ingliz, nemis tillardan rus tiliga 
undan so‘ng esa o‘zbek tiliga o‘girilganligida bo‘lsa kerak.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz 
pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul 
nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat 
tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga 
oshirilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar 
nazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi.
Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning 
aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini 
qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini beradi.
Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik, 
keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida kuzatish 
mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda, muomalaga haqiqiy 
bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan. Dastlabki nominal pul 
nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy bo‘lmagan tanga 
monetalar tashkil etgan.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya 
vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi. 
Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat tomonidan 
yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul birligining sotib 
olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda ko‘rsatilgan nominal 
qiymati bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning 
ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning mehnat 
mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq bozor 
iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida 
belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan 
pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan 
talab asosida o‘zgarib turadi.
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX 
asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan 
tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi. G.Knappning 
pul nazariyasini, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga ega bo‘lmagan monetalarda 
emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat qiladi.
Nominal pul nazaryachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning 
ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari 
suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida 
inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning 


qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan belgilangan 
nominal qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir, ya’ni ularni 
muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki qiymatda saqlab 
qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. 
Bizning nazarimizda, nominal pul nazariyasi vakillari qog‘oz pullarning 
qiymatini nafaqat oltin qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va 
ularning nominal qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli 
hujjatlari asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘oyani ilgari suradilar.
Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan 
birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta 
miqdordagi emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning 
haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyatsiya 
sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta 
miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida 
inflyatsiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan 
chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar 
moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish 
hisobiga qo‘shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab chiqarish 
va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni talab etar, bu 
vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida o‘zining qiymatini 
yo‘qotar edi.
Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul nazariyasi iqtisodiyotning 
markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga mos keladi. Chunki ushbu 
tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan o‘rnatilib, uning amal qilishi 
ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu nazariya tarafdorlari tomonidan 
ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi. Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish 
tuzumi yoki markazdan rejalashtirish tuzumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali 
davlat tomonidan o‘rnatilishi bilan birga, yaratilgan tovar moddiy 
qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga 
emissiya qilinadigan pulning miqdori, ularning harakati va amal qilish kabi barcha 
jarayonlar ham davlat tomonidan rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi 
to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida nominal pul nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning 
amal qilishining imkoniyati mavjud emas. Chunki davlat banklari tomonidan 
muomalaga emissiya qilingan pul belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar 
moddiy qimmatliklarning bahosini belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini 
mustahkam yoki zaif bo‘lishi davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat 
unga ta’sir o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy 
pul nazariyasini vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.

Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling