Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatining to’lov balansiga ta’siri


Download 184.39 Kb.
bet4/6
Sana03.02.2023
Hajmi184.39 Kb.
#1156937
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Pul-kredit va byudjet-soliq siyosatining to’lov balansiga ta’siri

Pul kredit siyosati elementlari
Bazaviy infilatsiya - bu inflyatsiyaning bir qismi bo‘lgan va o‘zida ma'muriy hamda mavsumiy omillarning narxlardagi ta'sirini hisobga olmagan holda tovar va xizmatlar narxlarining erkin o‘zgarishini dinamikasini aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. Ushbu ko‘rsatkich mamlakatdagi inflyatsiya darajasini ma'lum bir davr uchun yaqqolroq ifoda etadi.
1. mavsumiy
2. qisqa muddatlarda narx-navosi tez-tez o‘zgarib turuvchi
3. narx-navosi davlat tomonidan tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlarning narxlarini inobatga olmaydi
Bozor iqtisodiyotida tovar va xizmatlar narxi talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Ammo shunday tovar va xizmat turlari mavjudki, ularning narxlari davlat tomonidan o’rnatiladi va tartibga solinadi. Iste'mol savatidagi ayrim tovar va xizmatlar narxlari tartibga solinishi to’g’ridan-to’g’ri umumiy inflyatsiya darajasiga ta'sir etgani uchun bunday tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyatsiyani hisoblashda qo‘llanilmaydi. Shu bilan, bazaviy inflyatsiyani hisoblash maqsadida iste'mol narxlari indeksiga tuzatishlar kiritiladi.
Istemol narxlar indeksi
Iste'mol narxlari indeksi – bu, biz muntazam sotib oladigan iste'mol savatidagi ma'lum bir tovar va xizmatlar narxining ma'lum davrga nisbatan o‘zgarishini ko‘rsatadi. U foizda o‘lchanadi. Markaziy bank ushbu yondashuv orqali narxlar o‘zgarishini (dinamikasini) inflyatsiyaga ta'sirini kuzatib boradi. Yuqorida ta'kidlanganidek, narx-navosi tartibga solinadigan, qisqa muddatlarda o‘zgaruvchan hamda mavsumiy tovar va xizmat narxlaridagi o‘zgarishlar bazaviy inflyatsiyani hisoblashda inobatga olinmaydi. Bunday tovar va xizmatlarning bazaviy inflyatsiyaga kiritilishi, yaqqol inflyatsiya darajasiga mutanosib ravishda aks etmasligi, shuningdek, pul-kredit siyosati borasida olib borilgan choralarning ta'sirchanligini baholashga imkon yaratmasligi mumkin.
Aynan bu tovar va xizmatlarni bazaviy inflyatsiyadan chiqarib tashlash, narxlari shok ta'sirida o‘zgaruvchi tovar va xizmatlarning dinamikasiga chalg‘imasdan pul-kredit siyosati choralarini umumiy narxlarga ta'sirini ajratib olishda qo‘l keladi. Bazaviy inflyatsiyani hisoblashda bu kabi tovar va xizmatlar narxlaridagi o‘zgarishlarning kiritilmasligiga asosiy sabablar quyidagilar hisoblanadi:

  • tovar va xizmatlarning uzum, shakar va shu kabilar mavsum davomida narxi keskin o‘zgarishi;

  • tovar va xizmatlarning masalan, import tovarlari narx-navosi qisqa muddatlarda tez-tez o‘zgarib turishi iqtisodiyotda shok ta'sirga egaligi;

  • davlat tomonidan narx-navosi o‘rnatiladigan va tartibga solinadigan ayrim tovar va xizmatlar (masalan, bug‘doy, paxta yog‘i)ning inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir ko‘rsatishi.

Pul kredit siyosatining elementlaridan biri ochiq bozordagi operatsiyalar - jahon amaliyotida pul muomalasini tartibga solishning asosiy vositalaridan biri hisoblanib, mamlakatdagi pul taklifi ustidan nazoratning eng moslashuvchan usuli hisoblanadi. Bunda, Markaziy bank oʼz mablagʼlari hisobidan ochiq bozorda qimmatli qogʼozlarni sotib olishi va sotishi mumkin. Ochiq bozorda amalga oshiriladigan operatsiyalarda katta miqdordagi xilma-xil qimmatli qogʼozlar ishtirok etadi. Ochiq bozordagi operatsiyalar iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar АQSh, Аngliya, Germaniya, Kanada va boshqalarda XX asrning 40-yillarida davlat obligatsiyalari bozorining nihoyatda kengayishi va ularning markaziy banklar tomonidan faol sotib olinishi orqali pul-kredit siyosatining asosiy instrumentiga aylangan bo'lib, ushbu amaliyot bugungi kunda, iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar markaziy banklari tomonidan ham pul mablag'lariga bo'lgan taklifni nazorat qilish hamda tartibga solib turishda eng muhim sohaga aylandi. Xususan, O’zbekiston Respublikasida ham 1996 yildan 2011 yilgacha davlat qimmatli qog'ozlari muomalaga chiqarilib, ular tijorat banklari o'rtasida joylashtirilgan. 2012 yilga kelib davlat qimmatli qog'ozlarining muomalaga chiqarilishi to'xtatilgan. Hozirgi kunda, mamlakatimizda davlat qimmatli qog'ozlarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha barcha imkoniyatlar mavjud bo'lib, bu borada yetarlicha tajriba shakllangan bo’lib. Xalqaro amaliyotda davlat qimmatli qog'ozlarining doimiy muomalada bo'lishi nafaqat davlat budjeti defitsitini moliyalashtirishning maqbul yo'li, balki mamlakat moliya bozorini rivojlantirishning muhim instrumenti bo'lib hisoblanadi.
O'z navbatida, Markaziy bank ochiq bozor operatsiyalarini faollashtirish maqsadida 2018 yildan davlat qimmatli qog'ozlarini muomalaga chiqarish borasida Moliya vazirligi bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Bunda, bozorning foiz stavkalari va bank tizimida tijorat banklarigi likvidlilik darajasiga ta'sir ko'rsatish, shuningdek, iqtisodiyotdagi pul massasi hajmi o'zgarishini muvozanatlashtirish maqsadida Markaziy bank ochiq bozorda davlat qimmatli qog'ozlarini, shuningdek, o'zi chiqargan obligatsiyalarni hamda boshqaruv qaroriga ko'ra boshqa qimmatli qog'ozlarni sotib olishi va sotishi mumkin. Joriy yilda Markaziy bank pul-kredit siyosati instrumentlarini takomillashtirishda davom etdi va 24 fevraldan qisqa muddatli likvidlikni boshqarish instrumentlarini amaliyotga joriy etdi. Xususan, banklar bilan davlat qimmatli qog'ozlari garovi ostida 2 haftalik REPO auksionlari va 1 kunlik overnayt REPO operatsiyalari o'tkazilmoqda.

Download 184.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling