Pul mablag’lari hisobi mundarija
Pul mablag’lari haqida tushuncha va uning ahamiyati
Download 51.63 Kb.
|
kurs ishi 22 (2)
1.Pul mablag’lari haqida tushuncha va uning ahamiyati
Pul qiymat o‘lchovi bo‘lib-bu tovarning ma’lum qiymatidagi pul summasiga tengligini ko‘rsatadi va tovar qiymatining miqdori hisoblanadi. Pulda ifodalangan tovar qiymatining bahosi hisoblanadi. Qiymat o‘lchovi vazifasi asosan baho orqali amalga oshiriladi. Uning yordami bilan korxona ishlab chiqqan tovarning qiymati bozor yoki shartnoma bahosi uchun asos bo‘ladi va mamlakatning milliy valyutasida va uning boshqa mamlakatlar valyutalariga tenglashtirilgan holda aks ettiriladi. Korxonalarning pul mablag‘lari muomala jarayonida ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan resurslarni sotib olish va ko‘rsatilgan xizmat va bajarilgan ish xajmlari uchun to‘lov vositasi hisoblanadi. Pulga korxona hamma zarur resurslarni sotib olish va barcha to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin. U xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasidagi barcha hisob-kitoblarni amalga oShiruvchi universal o‘lchovdir. Pul jamgarish vositasini bajarganda boylik to‘plashga xizmat qiladi. Albatta, pul boylikning asosiy shakli, lekin uning yagona shakli emas, ammo pul boylik to‘plashning eng qulay vositasi hisoblanadi. Ammo buning uchun pul qadrli bo‘lishi kerak. Respublikamizning milliy valyutasini qadrli bo‘lishini ta’minlash mamlakatimizning eng asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish jarayonida doimo boshqa xo’jaliklar bilan iqtisodiy aloqada bo’ladilar. Bunday aloqalarini olib borish xo’jaliklarning asosiy faoliyati hisoblanadi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulotlarni o’z vaqtida jo’natish hamda sotish jarayoni ta’minlanadi. Хo’jalik aloqalari shartnomalar bilan rasmiylashtirilib, ularga asosan bir tomon mahsulot (ish va xizmat) larni taklif etuvchi (sotuvchi), ikkinchi tomon esa – xaridor sifatida qatnashib, to’lovni amalga oshiruvchi bo’lib qatnashadi. Mahsulot (ish va xizmat) larni yetkazib beruvchi bilan uning haqini to’lovchilar orasidagi hisoblashishlar o’z vaqtida tashkil etilishi aylanma mablag’larning aylanish tezlashishiga ta’sir qilib, olinadigan va to’lanadigan mablag’larning paydo bo’lishiga barham beradi. Shuningdek, xo’jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha tegishli idoralar hamda ishlab chiqarishda, boshqaruv apparatida faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi. Хo’jalikning boshqa tashkilotlar bilan o’zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki naqd pulsiz, ya’ni pul o’tkazish yo’li orqali to’lovni oluvchining hisob raqami ochilgan bankka o’tkazib beriladi. Bugungi kunda subyektlar o’rtasida o’zaro hisob-kitob operatsiyalari bo’yicha hisoblashishlar nizomga1 ko’ra pul o’tkazish yo’li orqali amalga oshiriladi. Тijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning bo’sh turgan mablag’larini jalb qilish, ularning boshqa xo’jalik hamda tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hisob – kitoblarini amalga oshirish, shuningdek, qaytarib olish to’lovlilik va muddatlilik sharti bilan bo’sh mablag’larni joylashtirish maqsadida tashkil etilganligidir. Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan tashkil topgan bo’lib, ular o’z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko’rsatadi. Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o’zlari tanlagan bir yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog’liq operatsiyalari amalga oshiradi.2 Shu bilan birga ishlab chiqarish faoliyati kengaytirish maqsadida bankning kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit munosabatlari yuzasidan kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin. Korxonalar banklarda hisob–kitob va valuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy schyotlari (limitlashtirilgan chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari mumkin. Хo’jalik yurituvchi subyektlarning pul mablag’lar hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining beshinchi bo’limi, majburiyatlari bo’yicha hisob–kitoblar esa oltinchi va yettinchi bo’limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi. Korxonalarning bankdagi hisoblashish schyoti va valyuta schyotlarida saqlanayotgan pul mablag‘lari mamlakatimiz iqtisodiyotining poydevorini mustahkamlashga xizmat qiladi. Chunki ular banklarni aktiv operatsiyalarini jonlantirilishini ta’minlaydi, milliy va chet el valyutalarining ishlab chiqarish jarayonidagi aylanishini tezlashtiradi va u bunda birdaniga ikkita muhim vazifani bajaradi. Birinchidan, korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilish yo‘li bilan pulning aylanishini va milliy valyuta hisobiga yaratilayotgan yalpi ichki mahsulot va yalpi milliy daromadni o‘sishini ta’minlaydi. Ikkinchidan esa, korxonaning hisoblashish va valyuta schyotlari pul mablag‘larini ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilganligi uchun bank o‘z mijozlariga ham ma’lum miqdorda haq to‘laydi. Shunday qilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma’lum miqdorda daromad keltiradi. Pul to‘lov vazifasini ham bajaradi. Bunda pul korxona mol yuboruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat ko‘rsatvuchi xo‘jalik sub’ektlariga va davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlarga bo‘lgan qarz majburiyatlarini bajaradi. Pul mablag‘larining korxona iqtisodiyotida to‘tgan o‘rni uning asosiy vazifalarini bajarish uchun buxgalteriya hisobi boshqaruv apparatini tegishli ma’lumotlar to‘plami bilan ta’minlanishi zarur. Buning uchun esa pul mablag‘lari hisobining oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi: korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash; to‘lov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlarda ko‘rsatilgan tartiblarga rioya qilgan holda o‘z vaqtida amalga oShirish; hisob registrlarida pul mablag‘larini naqdligi va xarakatlarini o‘z vaqtida aks ettirish. pul mablag‘larining belgilangan maqsadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga amal qilishini nazorat qilish; pul mablag‘larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda o‘tqazishini ta’minlash va o‘zaro hisob-kitoblar, muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini to‘lanishini nazorat qilish; kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schyotlarda saqlanayotgan pul mablag‘larining saqlanishining nazoratini ta’minlash; pul resurslarining harakat oqimini prognozlash va optimizatsiya qilish bo‘yicha tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Ushbu masalalarning muvaffakiyatli bajarilishi korxonaning pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini yaratadi. Albatta, yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini to‘g‘ri tashkil qilish zarur bo‘ladi. Buning uchun esa korxonalarda mavjud mablag‘larni turkumlaSh alohida ahamiyatga egadir. Korxonalarga pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritish ko‘p jihatdan ularning turkumlanishiga bog‘liq. Chunki pul mablag‘larining qaysi manbalardan kelib tushishi va qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha sarflanishini taxlil qilish asosida ulardan samarali va maqsadga muvofiq foydalanish mumkin. Hozirda amaliyotda pul mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi: 1. Valyuta turlari. 2. Qaysi joyda saqlanishi. 3. Qaysi maqsadlarga sarflanishi. 4. Qaysi manbalardan kelib tushishi. 5. Pul mablag‘lari turlari. Respublikamizda xo‘jalik sub’ektlariga nafaqat O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mda balki boshqa chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaroriga ko‘ra barcha xo‘jalik sub’ektlari 1999 yil 1 iyulidan bir necha banklarda o‘zlarining hisob raqamlarini turli valyutalarda ochish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Respublikamizda xo‘jalik sub’ektlariga nafaqat O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mda balki boshqa chet el valyutalarida ham banklarda hisob raqamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qaroriga ko‘ra barcha xo‘jalik sub’ektlari 1999 yil 1 iyuldan bir necha banklarda o‘zlarining hisob raqamlarini turli valyutalarda ochish imkoniyati berildi. Pul mablag‘larini valyutalarning turlari bo‘yicha guruhlash ular hisobini to‘gri tashkil qilish imkoniyatini beradi. Ushbu guruhlar korxonalarning buxgalteriyasida sintetik, subschyot va analitik schyotlarni yuritish uchun asos qilib olinadi va korxonalarning hisob siyosatining tarkibiy qismi bo‘lgan ishchi schyotlar rejasida o‘z aksini topadi. Buxgalteriya hisobining amaldagi schyotlar rejasida pul mablag‘larining hisobi asosan ularning qaysi joyda saqlanishi bo‘yicha yuritiladi. Pul mablag‘larining qaysi joyda saqlanishi bo‘yicha quydagicha turkumlash mumkin: 1. Korxona kassasida saqlanayotgan pul mablag‘lari. 2. Bankdagi hisoblashish schyotida saqlanayotgan pul mablag‘lari. 3. Bankdagi valyuta schyotida saqlanayotgan pul mablag‘lari. 4. Banklardagi mahsus schyotlardagi pul mablag‘lari. 5. Yo‘ldagi o‘tqazmalar. Ushbu belgi bo‘yicha guruhlaShning pul mablag‘larining buxgalteriya hisobini yuritishdagi ahamiyati Shu bilan xarakterlanadiki, ular pul mablag‘lari qanday summada kimning javobgarligida saqlanayotganligi, Shuningdek ularning harakati to‘g‘risida aniq ma’lumotlar olish imkoniyatini beradi. Ushbu ma’lumotlar asosida korxonaning boshqaruv apparati pul mablag‘laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyati vujudga keladi. Pul mablag‘larining faoliyat turlari bo‘yicha sarflanishi.
Download 51.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling