Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni ikki xil usulda tayyorlash mumkin: bilvosita va bevosita. Bilvosita usuli. - Ushbu usuldan foydalanib pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tayyorlashda to’rtta bosqich mavjud:
- 1-bosqich: pul kirimini oshiruvchi va pul chiqimini kamaytiruvchi hodisalar jamlanadi.
- 2-bosqich: joriy faoliyatlar, investitsiyalar va moliyalashtirish faoliyatlariga ko’ra pul kirimi va chiqimini aniqlaymiz.
- 3-bosqich: Eskirish, pul ko’rinishida bo’lmagan dividendlar va pul ko’rinishida bo’lmagan aktivlar va majburiyatlarni sof foyda va biznes yo’qotishlari bilan taqqoslanishi kerak.
- 4-bosqich: ikkita davr balansini taqqoslanadi.
- Wan Madznah Wan Ibrahim va Mohd Rizal Palil “Fundamentals of business accounting” Oxford university Press, 2014; 57-58-betlar.
Bevosita usul. - Pul oqimla to’g’risidagi hisobotni tayyorlashda foydalanadigan ikkinchi usul bevosita usulidir. Bevosita usulida joriy pul kirimlarining va chiqimlarining har bir asosiy kategoriyasi alohida ko’rsatiladi. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni bevosita usulda tayyorlash uchun quyidagi qadamlar bajariladi;
- 1.Sof pul miqdorining kamayishi yoki ko’payishi aniqlanadi.
- 2. Joriy faoliyatlardan yig’ilgan yoki ularga sarflangan sof pul miqdorini aniqlanadi.
- 3. Investitsiya qilishdan yoki moliyaviy faoliyatdan jamg’arilgan yoki ularga sarflangan sof pul miqdori aniqlanadi.
- Kassa muomalalarini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 24 yanvardagi 376-sonli Qarori bilan tasdiklangan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa muomalalarini yuritish qoidalari» bilan tartibga solinadi. Bevosita korxona kassasidan naqd pulni olish va sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari jumladan kiradi. Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z kassalarida nakd pul qoldikdari chegarasida nakd pullarni saklab turishlari va ularni tushumdan olib, me’yorlar chegarasida foydalanishlari mumkin.
- Kassa muomalalarini olib borish uchun korxona shtatidan kassir ajratiladi. U o‘zi tuzib olgan barcha boyliklarning but saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar shaxs hisoblanadi. Kassirni tayinlash bo‘yicha buyruk chiqkanidan sung korxona rahbari uni o‘pimalalarini olib borish tartibi bilan tanishtirishi, to‘liq yakka moddiy javobgarlik haqida u bilan shartnoma tuzishi shart. Kassir o‘z vazifalarini xech kimning zimmasiga yuklay olmaydi. Kassirni vaqtinchalik almashtirishga ehtiyoj tugilganida korxona rahbarining Qarori asosida uning vazifalari boshqa xodim zimmasiga yuklanadi. O‘z navbatida u bilan to‘liq moddiy javobgarlik to‘g‘risida shartnoma tuziladi. Kassir to‘satdan ishini tashlab ketishga majbur bo‘lganida (kasal bo‘lganida va boshqa hollarda) uning tegishili boyliklarni korxona rahbari tayinlagan shaxslardan iborat komissiya boshqa kassirga utkazadi. Bunda kayta hisoblashish natijalari va boyliklarni berish haqida dalolatnoma tuziladi, unga komissiya a’zolari imzo chekadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |