Pul mablag‘lari va pul ekvivalentlari


-chizma. Kassa muomalalarini hisobga olish jarayoni


Download 21.74 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi21.74 Kb.
#202522
1   2   3
1-chizma. Kassa muomalalarini hisobga olish jarayoni
O.Bobojonov, K.Jumaniyozovlar fikricha: “Pul ekivalentlari bu pul
mablag’lariga o’xshaydigan lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular
xazina vasiqalari (xazina vasiqalari – bu muomalaga chiqarilgan, keyin bir yildan
kam muddatda qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular
chegirma bilan sotiladi va o’z vaqtida to’lanadi. To’lash qiymati bilan chiqarilish
qiymati o’rtasidagi farq xaridorning foiz daromadi bo’ladi.”4
Pul ekvivalentlari to’g’risida B.Q.Hamdamov, F.R.Islomov, A.Z.Avloqulovlar
ham o’z fikrlarini bayon etgan, jumladan “Pul ekvivalentlari - ma’lum pul
mablag’iga tez va oson almashtiriladigan hamda qiymatidagi o’zgarishlar tufayli

Pul ekvivalentlari bu pul mablaglariga oxshash, lekin boshqacha
tasniflanadigan aktivlar sifatida hisobga olinishini biz ushbu savoldan oldingi
savolda atroflicha batafsil bilib oldik. Endi esa mazkur aktivlarni tasniflanishini
korib chiqamiz.
Pul ekvivalentlari sifatida xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlari,
veksellar va xosila qimmatli qogozlari, aksiyalar, varratlar ham muomalada
yuradi.
Xazina veksellari, muomalaga chiqarilgandan song 1 yil muddatdan otgach
qaytariladigan hukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi
va oz vaqtida tolanadi. Tolash qiymati va chiqarilish qiymati ortasidagi farq
xaridorning daromadi boladi. Xazina veksellari bir yil va undan ortiq muddatda
tolanadigan xukumat majburiyatlari hisoblanib, agar ular joriy moliyaviy yil
davomida tolanmasa, ular qisqa muddatli investisiyalar sifatida tavsiflanmaydi,
tijorat qogozlari (korporasiyalar tomonidan chiqarilgan, ozining qisqa muddatli
pul mablaglarga bolgan ehtiyojlarini moliyalashtiruvchi mablagdir) va depozit
sertifikatlar (tezda talab qilib olish mumkin bolmagan depozit sertifikatlari yoki
bank depozitlari yoki muomalaga chiqarish yoli bilan tolanishi va sanksiya
otkazilishi mumkin)dan iborat.
Xazina majburiyatlari - qimmatli qogozlarning bu turi: ular egalarining
byudjetga pul mablaglari tolaganligini tasdiqlaydi va shu qogozlarga egalik
qilishning butun muddati mobaynida belgilangan daromadni olish huquqni beradi.
Xazina majburiyatlari:
- uzoq muddatli;
- orta muddatli;
- qisqa muddatlidir.
Uzoq muddatli majburiyatlar 5 yil va undan kop muddatda. Orta muddatli
majburiyatlar bir yiddan 5 yilgacha muddatda muomalada yuradi kiska muddatli
majburiyatlar esa 3,6 va 12 oyga chiqariladi. Xazina majburiyatlari
obligasiyalardan imkoniyatlarining kopligi va daromad olish shartlarinpng turli
tumanligi bilan farq qiladi.
Uzoq muddatli xazina majburiyatlari boyicha daromadlarni tolash xar yili
koponlar boyicha yoki nominalga foizlar qoshishi yoli bilan majburiyatlarni
uzishga, lekin xar yillik tolovsizlar amalga oshirilishi mumkin.
Orta muddatli xazina majburiyatlari egallashga daromad majburiyatlar
chiqarilgan vaqtdan to uni uzgunga qadar otgan muddatga bogliq xolda ularni
kaytarib olib evaziga nominalga foizlar qoshish yoli bilan tolanadi.
Qisqa muddatli xazina majburiyatlarida koponlar bolmaydi, ular boyicha
hisoblangan foizlarni qoshgan holda qaytarib sotib olish yoli bilan oziladi.
Depozit sertifikati - bank emitentning pul mablaglari qoyilganligi
haqidagi guvohnomasi; omonatchining yoki merosxorning belgilangan muddat
otganidan song omonat summasini va unga hisoblangan foizni olish huquqini
tasdiqlaydi. Sertifikat muddatidan oldin tolash uchun taqdim qilingan holda uning
egasiga sertifikatning yozilgan qiymatini va pasaytirilgan stavka boyicha foiz
tolanadi. Bu qimmatli qog’ozlarni bank muomalaga chiqaradi. Nomi yozilgan
sertifikatlar va nomi yozilmagan sertifikat turli bo’lishi mumkin. Nomi yozilmagan
sertifikatning talab qilish huquqini boshqa shaxsga berish shu sertifikatni o’sha
shaxsga oddiygina topshirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Nomi yozilgan
sertifikatning talab qilish huquqini boshqa shaxsga berish bir tomondan o’z
huquqlarini berayotgan shaxs, shu huquqlarni olayotgan shaxs o’rtasida ikki
tomonlama kelishuv o’rnatilganligini bildiradi.
Veksel — bir shaxs tomonidan ikkinchisiga yozib berilgan qarz
majburiyatini ifodalovchi qimmatli qog’ozlarning bir shaklidir. Vekselni har
qanday to’lovga qobil shaxs yozib berish huquqiga ega. Veksel sotilishi, kredit
sifatida berilishi va biror bir oldi -sotdi bitimida hisob - kitob to’lov vositasi
sifatida ishlatilishi mumkin.
Qo’llanilishi nuqtai nazaridan veksellar o’tkazma va oddiy veksellarga
bo’linadi. O’tkazma veksel - tovar oldi - sotdisida yozilgan veksel beruvchining
tovarning pulini vekselni qabul qilib oluvchiga (ya’ni, tovar egasiga) uchinchi bir
shaxs tomonidan to’lab berilishi lozimligini (veksel beruvchining buyrug’ini)
ifodalovchi yozma hujjat. Veksel beruvchi faqat to’lab beruvchida (uchinchi
shaxsda) mulki, puli bo’lgan holatdagina o’tkazma vekselni yozib bera oladi.
Oddiy veksel - bir kishining ( veksel beruvchinpng) boshqa bir ma’lum
shaxsga (dastlabki oluvchiga) yoki uning buyrug’i bilan so’zsiz ravishda
belgilangan muddatda yoki talab qilingan vaqtda ma’lum pul mablag’ni to’lash
majburiyatini o’z ichiga olgan yozma hujjatdir.
Veksellar asosan qisqa muddatga (1 yilgacha) berilib, ko’proq
korxonalarning aylanma vositalarini ko’paytirishga imkon beradi va shu yo’l bilan
ishlab chiqarishdagi samarasini oshiradi. SHuning bilan birga to’lovning
kafolatlanganligi oldindan to’lov uchun pul o’tkazish zaruratini yo’qqa chiqaradi
va moddiy oborotni anchagina tezlashtiradi. Vekselning ayrim shakllari vaqtincha
bo’sh turgan har qanday miqdordagi pul mablag’larini ma’lum muddat mobaynida
samarali ishlatishga imkon beradi. Veksellarning kredit olishda ishonchli garov
vositasi sifatida ishlatish mumkin. Bunday kredit lombard kredit deb yuritiladi.
Veksellardan hisob-kitob, to’lovda foydalanish tufayli bank orqali pul o’tkazish
zarurati qolmaydi.
Veksel bilan hisob kitob qilish, to’lov tizimini vujudga keltirishni
respublikamizda bir necha bosqichda amalaga oshirilgan edi: Dastlabki bosqichda
tijorat banklari va ayrim to’lovga qobil xo’jalik sub’ektlari (korxonalar) tomonidan
chiqarilgan veksellar joriy etildi. Bizning respublikamizda veksel muomalasini
tashkil etish jarayonida bu borada rivojlanmagan va qo’shni davlatlardagi
tajribalar o’rganib chiqilib, ularda erishilgan yutuqlarni ko’paytirish va qo’yilgan
kamchiliklarni takrorlamaslik maqsadida bir muncha o’ziga xos xususiyatlar
hisobiga olindi. Jumladan, boshqa davlatlardan farqli o’laroq, bizda muomalaga
chiqarilgan har bir so’mlik veksel ro’yxatdan o’tkazildi. Dastlabki bosqichda
qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va uni qayta ishlovchi
xo’jaliklarga - ko’p mablag’ talab korxona va tashkilotlarga ruxsat berildi.
Pul munosabatlarining sanab o’tilgan turlari korxona (tashkilot) lar
moliyasining mazmunini tashkil etib, ular xo’jalik yuritish sub’ektlarida pul
daromadlari va jamg’armalarining shakllanishi va taqsimlashning hamda o’z
majburiyatlarini bajarish va kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish, xodimlarga
ijtimoiy yordam ko’rsatish va moddiy rag’batlantirish bo’yicha sarflarni moliya
bilan ta’minlashda foydalanish bilan bog’liq bo’lgan pul munosabatlari sifatida
aniqlanishi mumkin.
Overdraft - bu qisqa muddatli majburiyat kabi hisoblanadigan va avval
aktiv hisobvarag’ida mavjud bo’lgan, debet qoldig’idan yuqori bo’lgan summada
to’lovni amalga oshirishda vujudga keladigan kredit qoldig’idir.
Overdraft, agar bank tomonidan to’langan summa mijoz hisobvarag’idagi
qoldiqdan yuqori bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Lekin agar omonatchi
hisobvarag’idan overdraftini amalga oshirayotgan bo’lsa, biroq ushbu bankning
boshqa hisobvarag’ida musbat qoldiqqa ega bo’lgan holda debet va kredit
qoldiqlarini qoplash mumkin. Bu holda bank debitor va kreditor rolini bajaradi.
Ammo turli muassasalarning hisobvaraqlari o’zaro qoplanmaydi.
Moliyaviy veksel – korxona tomonidan bo’sh mablag’lari hisobidan boshqa
korxonalarga ssuda berishdir. Moliyaviy veksellarga korxonaning muddatida
qaytarilmagan kreditor qarzlarini rasmiylashtiradigan veksellarni kiritish mumkin.
Vekselning ikki turi mavjud: oddiy va o’tkazma. Oddiy veksel (solo veksel)
qarzdor tomonidan to’ldirilib imzolanadi va kreditorga ma’lum summani
belgilangan muddatda so’zsiz to’lanishi ko’rsatiladi, ya’ni oddiy veksel bilan
rasmiylashtirilgan qarz majburiyatida daslab ikki shaxs qatnashadi: bir tomondan
kreditor (veksel saqlovchi), ikkinchi tomondan qarzdor (veksel beruvchi) va shu
bilan birga to’lovchi bo’lib hisoblanadi.
O’tkazma veksel oddiy vekseldan tubdan farqlanadi. O’tkazma veksel
(tratta) kreditor (trassant) tomonidan to’ldirilib imzolanadi. Unda vekselda
ko’rsatilgan summani belgilangan muddatda uchinchi shaxs (remitent) ga to’lash
to’g’risida qarzdor (trassat) ga berilgan buyruq mavjud. Bu holda teskari vaziyat
vujudga keladi: veksel qarzdor tomonidan yozilmasdan haq talab qilib oladigan
shaxs tomonidan yoziladi. SHunday qilib veksel beruvchi kreditor hisoblanadi.
Qarzdor esa veksel saqlovchi emas, faqat to’lovchi bo’lib hisoblanadi. Odatda
o’tkazma vekselni ushlovchi bo’lib uchinchi shaxs hisoblanadi. Vekselda
ko’rsatilgan summani qarzdor to’lovchi uchinchi shaxsga to’lashi kerak. Bunda
nima uchun veksel beruvchi vekselda ko’rsatilgan summani remitentga to’lanishi,
ular o’zaro qanday munosabatda ekanligi, birining ikkinchisi oldida qanday
majburiyatlari borligi to’lovchini qiziqtirmaydi. Qarzdorning to’lash majburiyati
faqat veksel beruvchi oldidagi qarz majburiyati bilan bog’liq bo’lib, hech qanday
keyingi veksellar uni o’zgartirmaydi. SHu munosabat bilan veksel beruvchi
o’tkazma vekselni o’zi o’ziga ham yozib berishi mumkin va dastlab o’tkazuvchi
bo’yicha majburiyatda ham (oddiy vekselga o’xshab) faqat ikkita shaxs
qatnashadi: Bir tomondan – qarzdor to’lovchi ikkinchi tomondan esa – bir
vaqtning o’zida ham veksel beruvchi ham veksel saqlovchi bo’lgan kreditor.
Keyinchalik veksel saqlovchi o’z huquqini indossament tartibida uchinchi shaxsga
o’tkazib berishi mumkin. O’tkazma veksel to’lovchi (trassat) tomonidan
akseptlanishi kerak, va faqat shundagina yuridik kuchga ega bo’ladi.
O’zbekistonda veksel muomalalari quyidagi normativ hujjatlariga asosan
amalga oshirilgan edi:
- 1995 yil 2 iyundagi 204–sonli «Xalq xo’jaligida vekselni qo’llash
to’g’risida» gi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori;
- 1995 yil 31 maydagi 147 – sonli qarori bilan Adliya Vazirligi tomonidan
ro’yxatga olingan MB va MV tomonidan ishlab chiqilgan «Oddiy va o’zgaruvchi
veksel to’g’risida»gi nizomi;
- 1995 yil 31 maydagi 148 – sonli qarori bilan O’z R Adliya vazirligi
tomonidan ro’yxatga olingan «Veksel bilan bo’ladigan muomalalarni bank
tomonidan o’tkazilish qoidalari».
Lekin hozircha O’zbekistonda veksel muomalalari amalga oshirilmayapti.23
Depozit sertifikatlari (inglizcha certifikate of deposit) - bu pul mablag’larini
omonatga qo’yilganligi to’g’risida, omonatchiga belgilangan muddat
tugagandan so’ng depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini
beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir.
Download 21.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling