Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini kamaytirish uchun quyidagi choralarni amalga oshirish muhimdir.
iste’mol kreditni rivojlantirish
naqd pulsiz hisob - kitoblarning rivojlanishi
pullarning muomala tezligini oshirishga erishish va boshqalar
Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar Har bir jamiyat pul muomalasi qonuni talablarini hisobga olgan holda ish yuritishi zarur. Chunki pul muomalasi qonunining buzilishi pul barqarorligiga putur etkazadi. Bu holda muomalaga chiqarilgan pul miqdori muomaladagi tovarlar bahosidan oshib ke-tishi, ya’ni inflyatsiya bo’lishiga yoki pul tanqisligiga (etishmovchiligiga) olib kelishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, pul muomalasini ushlab turish shart-sharoitlari va qonuniyatlari ikki omilning o’zaro ta’siri bilan, ya’ni xo’jalikning pulga bo’lgan ehtiyoji va amalda pullarning muomalaga borib tushishi bilan belgilanadi. Amaliyotda ko’proq uchraydigan hol bu aylanmada xo’jalikka kerak bo’lganidan ko’proq pulning bo’lishidir. Bu, albatta, pulning qadrsizlanishiga – pul birligi xarid qobiliyatining tushishiga olib keladi. Pul muomalasi qonunlari va ulardan kelib chiqadigan talablar. Pul massasi va uni tavsiflovchi ko’rsatkichlar Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o’lchash imkoniyatini beruvchi ko’rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi:
M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya’ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig’i ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi.
M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo’l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi.
M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg’arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo’lmagan muddatli va jamg’arma depoztlar olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |