Pul massasi va pul agregatlari. Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari


Pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi tushunchasi. Pul muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan talablar


Download 287.69 Kb.
bet8/16
Sana22.06.2023
Hajmi287.69 Kb.
#1647127
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
3-ma\'ruza. Пул массаси

Pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi tushunchasi. Pul muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan talablar

Aktivlarning likvidliligi deganda tez pulga aylana olish qobiliyati tushuniladi. Likvidli yondashuvga ko’ra nafaqat aktiv pullar balki passiv pullar ham pul massasining tarkibiga kiritiladi.

Pullarga bo’lgan talab nazariyalari ichida J.Keynsning likvidlikka ixlos qo’yish nazariyasi muhim o’rin egallaydi. Ushbu nazariyaga ko’ra pullarga bo’lgan talabni 3 ta omil belgilaydi:

1. Transaksion omil - tovarlar xomashyo va materiallar sotib olish uchun, ish haqi to’lash uchun kompaniyalarga pul kerak. Aholi ma’lum turdagi tovarlarni xarid qilish uchun, xizmatlar haqini to’lash uchun pul kerak. Shu sababli ular daromadlarining ma’lum qismini pul shaklida saqlaydilar.

2. Extiyotkorlik omili - aholi ham kompaniyalar ham kelgusida yuz berishi mumkin bo’lgan, ko’zda tutilmagan holatlardan himoyalanish maqsadida pul jamg’aradilar.

3. Spekulyativ (chayqovchilik) omili - aholi va kompaniyalar pul mablag’larini kelgusida daromad olish maqsadida aktivlar sotib olish uchun saqlaydi.

Pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi. Pul muomalasi tushunchasi. Pul muomalasi qonunlaridan kelib chiqadigan talablar

Nobel mukofotining laureati amerikalik iqtisodchi olim M. Fridman aytadiki pullarga bo’lgan talab o’zgarishi nominal daromadlarning o’zgarishi oqibatidir. Foiz stavkalri esa pullarga bo’l’lgan talabga sezilarli ta’sir ko’rsatmaydi. Shuning uchun u % stavkalarning elastikligini 0. 15 ga teng deb oladi.

Fridmenning fikriga mko’ra pullarga bo’lgan talab iqtisodiy konyukturaning o’zgarishlariga bog’liq emas. Markaziy bank pul bazasi orqali pullarga bo’lgan talabga ta’sir ko’rsata oladi.

Ko’pchilik iqtisodchi olimlar pullarga bo’lagan talab va inflyatsiya o’rtasida bevosita aloqadorlik mavjuligini e’tirof etishgan. Masalan: Samuelson, Blansher, Fisher.

So’nggi yilarda dunyoning qator mamlakatlarida davlat byudjeti defitsiti va davlat qarzi darajasini o’sishi kuztilmoqda. Gretsiya, Ispqniya, Portugaliya va Irlandiyada davlat qarzi YaIM ga nisbatn 120-150% gacha etdi. Aslida me’yoriy darajada 60%dan ortmasligi lozim.


Download 287.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling