Pul massasi va pul agregatlari
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi
Download 335.39 Kb.
|
3 mavzu
Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda pul agregatlari va ularning tarkibi.
Bizning pul ta‘minotida pul bazasidagi o‘sishiga qaramasdan, ko‘paytiruvchi pul kamayishini va faqatgina uncha katta bo‘lmagan miqdorda ta‘minlovchi pulning oshishini taxmin qiladi.61 Pul agregatlari – bu pul massasini muqobil o‘lchash imkoniyatini beruvchi ko‘rsatkichlardir. Xalqaro amaliyotda quyidagi pul agregatlaridan keng foydalaniladi: M0 – bu agregatni hisoblash uchun Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan ya‘ni emissiya qilingan barcha naqd pullar summasidan banklar va korxonalarning kassasidagi naqd pullarning qoldig‘I ayirib tashlanadi. Tarqqiy etgan mamlakatlar bank amaliyotida M0 hisobga olinmaydi. M1 = M0 + talab qilib olinadigan depozitlar + yo‘l cheklari. Ayrim mamlakatlarda kredit kartalari ham M1 tarkibiga kiritiladi. M2 = M1 + muddatli depozitlar + jamg‘arma depozitlar. M2 hisoblashda summasi uncha katta bo‘lmagan muddatli va jamg‘arma depoztlar olinadi. M3 = M2 + yirik summadagi muddatli depozitlar + deposit sertifikatlari + jamg‘arma sertifikati. M4(L- AQShda) = M3 + davlatning qisqa muddatli obligatsiyalari + korporativ obligatsiya + jamg‘arma obligatsiyalar + bank akseptlari + pul bozori o‘zaro fondlari paylari. Taniqli olim F.Mishkenning fikriga ko‘ra Markaziy bank pul agregatlarining qisqa muddatli davriy orqalidagi o‘sishini e‘tiborga olmasligi lozim, chunki pul agregatlarining qisqa davrda o‘sishi mavsumiy omillar ta‘sisirida bo‘ladi. Shuning uchun pul massasining yillik o‘sish sur‘atlarini nazorat qilish lozim. Sanoati rivojlangan mamlakatlarning moliya statistikasida pul massasini aniqlashda quyidagi asosiy pul agregatlari to‘plamidan (guruhidan) foydalaniladi: agregati – muomaladagi naqd pullar (banknotalar, tangalar) va joriy bank schyotlaridagi mablag‘larni o‘z ichiga oladi; agregati – M-1 agregati va tijorat banklaridagi muddatli va jamg‘arma qo‘yilmalaridan (to‘rt yilgacha) tarkib topgan; agregati – o‘z ichiga M-2 agregati va ixtisoslashgan kredit muassasalaridagi jamg‘arma qo‘yilmalarini kiritgan; agregati – M-3 agregati hamda yillik tijoriy banklarining depozitli sertifikatlaridan iborat. 61 Frederic S.Mishkin. The economics of money, banking and financial markets. Pearson Education Limited pp. 2013. pp. 379-403 AQSh da pul massasini aniqlash uchun 4 ta pul agregati, Yaponiya va Germaniyada – 3 ta, Angliya va Frantsiyada – ikkita pul agregatidan foydalaniladi. Pul massasi tarkibi va dinamikasini tahlil qilish Markaziy bank tomonidan to‘g‘ri pul-kredit siyosati olib borishda muhim ahamiyat kasb etadii. Rossiya Federatsiyada muomaladagi jami pul massasi hisob-kitobi uchun quyidagi pul agregatlari qo‘llaniladi. M-O agregati – naqd pullar; agregati – M-O agregati va hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlar (maxsus schyotlar, kapital qo‘yilmalar schyotlari, akkreditiv va chek schyotlari, mahalliy byudjet schyotlari, byudjet, kasaba, uyush-malari, jamoat va boshqa tashkilotlarning schyotlari, davlat sug‘urta mablag‘lari, uzoq muddatga kreditlash fondi) dagi mablag‘lar ti-jorat banklariga qo‘yilmalar va jamg‘arma banklaridagi talab qilib olinadigan depozitlarning yig‘indisiga teng; agregati – M-1 agregati va jamg‘arma banklaridagi muddatli qo‘yilmalardan iborat; agregati – M-2 agregati hamda depozitli sertifikatlar va davlat zayom obligatsiyalari yig‘indisidan iborat. Pul massasi tarkibini uning harakatiga qarab ikkiga bo‘lish mumkin, ya‘ni pul massasining aktiv qismi – bu pul mablag‘larining xo‘jalik faoliyatidagi turli xil shakldagi hisob-kitoblarni olib borish bilan bog‘liq qismi va ikkinchisi passiv qism – jamg‘ar-madagi pullar va hisob raqamlardagi qoldiqlar hisoblanadi. Pul massasi naqd pullardan tashqari muddatli hisob raqamdagi mablag‘ va jamg‘armalarni, depozit sertifikatlari, investitsion fondlarning aktsiyalarini o‘z ichiga oladi. Pul massasining yuqoridagi elementlari «kvazi» - ―qariyb pullar‖ deb ham yuritiladi. Kvazi - pullar likvid aktivlar bo‘lib, ular tez orada pulga aylanishi mumkin. O‘zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat. M0 – naqd pullar; M1 – M0 + schyotlardagi pul qoldig‘i + mahalliy byudjet mablag‘lari + byudjet, jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari; M2 –M1 + tijorat banklaridagi muddatli jamg‘armalar; M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + davlat zayom obligatsiyalari + xazina majburiyatlari. Pul agregatlari M1 va M2 ning bir-biridan farqi M2 ning o‘z tarkibiga yaqin orada pulga aylanishi mumkin bo‘lgan «kvazi» - qariyb pullarni olishdadir. Pul massasining turli xil ko‘rsatkichlarini ishlatish pul muo-malasi holatini tahlil qilishga turli tomonlardan yondashishga im-kon beradi. Mamlakat miqyosida pul massasi hajmining o‘zgarishi muomala-dagi pul massasining o‘zgarishi natijasi va pulning aylanish tez-lashganligining natijasi bo‘lishi mumkin. Pulning aylanish tezligi – pul muomala va to‘lov vositasi sifa-tida amal qilgandagi uning harakat ko‘rsatkichidir. Uning miqdori ni hisoblash qiyin, shuning uchun uni hisob-kitob qilishda bil-vosita ma‘lumotlardan foydalaniladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda asosan pul aylanish tez-ligi o‘sishining ikki ko‘rsatkichi hisoblanadi: – daromadlar aylanmasi pulning muomalada bo‘lish tezligi ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich yalpi milliy mahsulot (yamm) yoki milliy daromadning pul massasiga, aniqrog‘i M-1 yoki M-2 pul agregatiga nisbati bilan aniqlanadi. Bu ko‘rsatkich pul muomalasi va iqtisodiy rivojlanish jarayoni orasidagi o‘zaro aloqadorlikni ko‘rsatadi; – to‘lov aylanmasida pulning aylanuvchanlik ko‘rsatkichi. Bu ko‘rsatkich joriy bank hisob raqamlari bo‘yicha o‘tkazilgan mablag‘lar yig‘indisining pul massasi o‘rtacha qiymatiga nisbati sifatida aniqlanadi. Pulning aylanish tezligi o‘zgarishi umumiqtisodiy (iqtisodiyot-ning davriy rivojlanishi, iqtisodiy o‘sish, narxlar sur‘atlari), ham to‘la monetar (to‘lov aylanmasi tarkibi, kredit operatsiyalari va o‘zaro hisob-kitoblarning rivojlanishi, pul bozorida foiz stavka-larning darajasi va h.k. lar) omillariga bog‘liq. Pul aylanishining tezlashuviga metall pullarning kredit pul-lar bilan almashishi, o‘zaro hisob-kitoblar tizimining rivojla-nishi, banklar ishiga EHMning kiritilishi, pullik hisob-kitob-larda elektron vositalarning ishlatilishi yordam beradi. Pul qadrsizlangan hollarda iste‘molchilar pullarining to‘lov qobiliyatini saqlab qolish uchun ko‘proq tovarlar ko‘proq xarid qiladilar. Bu esa pul aylanishini tezlashtiradi. Boshqa ko‘rsatkichlar o‘zgarmas bo‘lganida pul aylanishining tezlashishi pul massasi oshishini bildiradi. Download 335.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling