Pul massasi va pul agregatlari
Pul multiplikatori va uning mohiyati
Download 335.39 Kb.
|
3 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Federal Zaxira Tizimi Aktivlar
Pul multiplikatori va uning mohiyati.
Pul bazasi (yuqori-kuchga ega pullar) muomaladagi pullar C qo‘shilgan bank tizimidagi umumiy zaxira R ga teng bo‘ladi. Pul bazasi MB quyidagicha ifodalanadi: MB = C + R Federal Zaxira 100 miilion $ mablag‘ni 100 million $ qiymatdagi qimmatli qog‘ozlarga ayirboshladi, va uning buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo‘ladi:
Ushbu holatda ochiq bozor siyosatining sof ta‘siri shundaki, zaxiralar o‘zgarmas bo‘lsa, muomaladagi pullar ochiq bozordagi sotib olish tufayli $100 millionga ko‘payadi. Natijada, ochiq bozordagi savdo tufayli pul bazasi $100 millionga ko‘payadi, zaxiralar esa yo‘q. Tahlil shuni ko‘rsatadiki, ochiq bozordagi savdoning zaxiralarga ta‘siri obligatsiyalarni sotuvchining o‘z daromadini depozitda yoki pul ko‘rinishida saqlashiga bog‘liq bo‘ladi. Agar daromad pul ko‘rinishida saqlansa, ochiq bozorning zaxiralarga hech qanday ta‘siri bo‘lmaydi; agar daromad depozitda saqlansa, zaxiralar ochiq bozordagi savdo miqdoricha ko‘payadi. Shunga qaramay, obligatsiyalarni sotuvchi o‘z daromadini xoh pul ko‘rinishida saqlasin, xoh depozitda, ochiq bozorning pul bazasiga ta‘siri doimo bir xilda bo‘ladi (pul bazasi sotuv miqdorida ko‘payadi). Ochiq bozor sotuvining zaxiralarga ta‘siri uning pul bazasiga ta‘siridan ko‘ra bir muncha noaniqdir. Ochiq bozor sotuvi. Agar Federal Zaxira $100 millionlik obligatsiyalarini banklarga yoki nobank shaxslarga sotsa, pul bazasi $100 millionga kamayadi. Masalan, Federal Zaxira obligatsiyalarini jismoniy shaxslarga naqd pulga sotadigan bo‘lsa, sotib oluvchilar $100 million mablag‘larini $100 millionlik qimmatli qog‘ozga almashtiradi. Va uning buxgalteriya yozuvi quyidagicha bo‘ladi:
Download 335.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling