Pul massasi va pulagregatlari reja: Pul massasi tushunchasi, uning mohiyati vatarkibi
Download 38.04 Kb.
|
PUL MASSASI VA PULAGREGATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Majburiyatlar
MajburiyatlarBalansdagi 2 ta majburiyat ya‘ni muomaladagi valyuta va zaxiralar Federal Zaxiraning monetar majburiyatlari hisoblanadi. Ular pul taklifining muhim qismi hisoblanadi chunki ularning birini o‘sishi yoki ikkalasining ham o‘sishi pul taklifining o‘sishiga sabab bo‘ladi. Federal Zaxiraning Monetar majburiyatlari va hukumat xazina majburiyatlari monetar baza hisoblanadi. Bunda davlat xazina majburiyatlari umumiy bazaning 10%idan kam ulushga ega58. Muomaladagi valyuta. Ya‘ni Federal Zaxira tomonidan chiqarilgan va aholini qo‘lida bo‘lgan pullardir. Depozitariy institutlardagi pullar ham Federal Zaxiraning majburiyati hisoblanadi lekin balansning zaxira qismidajoylashgan. Zaxiralar. Barcha banklar Federal Zaxiralar tizimi (Fed)da depozit sifatida o‘z hisob raqamlariga egadirlar. Zaxiralar Feddagi depozit hisobraqamlaridan hamda bank kassalaridagi naqd pullardan tashkil topadi. Zaxiralar banklar uchun aktiv, Federal Zaxira uchun passiv hisoblanadi, chunki banklar istalgan paytda zaxiralar uchun to‘lov talab qilishlari mumkin va Federal Zaxira o‘z majburiyatini qoplash uchun Federal Zaxira notalari to‘lab boradi. Keyinchalik ko‘rib o‘tishimiz mumkinki, zaxiralarning oshishi depozitlarning ko‘payishiga va buning natijasida pul taklifining oshishiga olibkeladi. Umumiy zaxiralar 2 ta kategoriyaga ajratilishi mumkin: Federal Zaxira tomonidan qat‘iy talab asosida saqlanishi kerak bo‘lgan zaxiralar (majburiy zaxira), banklar tomonidan ixtiyoriy tarzda saqlanishi mumkin bo‘lgan qo‘shimcha zaxiralar (ortiqcha zaxira). Masalan, Fedning talabi bo‘yicha depozitar tashkilotdagi depozitlarning har bir dollari uchun uning ma‘lum qismi (misol uchun, 10 sent) zaxira sifatida shakllantirilishi kerak. Ushbu qism (10%) majburiy zaxira nisbati debataladi. Download 38.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling