Пул назарияси. Пулнинг асосий хусусиятлари
PUL SHAKLLARI VA TURLARINING EVOLYUTSIYASI
Download 152 Kb.
|
pul ТАЙЕР
PUL SHAKLLARI VA TURLARINING EVOLYUTSIYASI
Reja: 1. Pul va pul tushunchasi 2. Pul va inflyatsiya 3. Pul qiymat o`lchovi va jamg`arma vositasi XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Pul va pul tushunchasi Pulning kelib chiqishi. Moliya, kredit va banklarning paydo bo`lishi va ularning faoliyati negizida pul yotadi. Pul inson kashfiyoti bo`lib, u juda qadimdan ma`lum. Pulning taqdiri ayirboshlashga borib taqaladi. Insonning yana bir muhim kashfiyoti bo`lgan ayirboshlash va uning rivoji pulni yuzaga keltirgan. Pul birdaniga hozirgi shakliga aylangani yo`q. Bu uzoq davom etgan taraqqiyot natijasidir. Ayirboshlash boshida bevosita tarzda amalga oshgan, ya`ni tovar bevosita tovarga almashilgan. Bu jarayon kengayishi bilan vositachilik zaruriyati tug`iladi, uning oddiy shakllari murakkablashib, pulning va uning hozirgi holatining paydo bo`lishiga olib keladi. Tarixda pul vazifasini sharoitga qarab turli tovarlar (masalan, tuz, asal, quritilgan baliq, sadaf, mo`yna kabilar) bajargan. Kengroq tarqalgani chorva bo`lgan. Lotinlarda pul "pessiya" deb atalib, chorva so`zidan olingan. Kapital "kapit" so`zidan olinib, bu ham lotincha chorva boshi degan mazmunni bildiradi. Tarixda halqasimon katta-kichik toshlar, bug`doy, un, choy, fil suyagi pul o`rnida ishatilganligi ma`lum. Pulning paydo bo`lishidagi keyingi davr metall pullar bo`lib, bunda kumush va oltin etakchilik qilgan. Aytaylik, Buyuk Britaniya pul birligi funt sterlingning ma`nosi bir funt kumushni anglatadi. Rossiya pul birligi rubl kumushning bo`lagi, bo`lingan qismi ma`nosini bildiradi. Dollar va taller ham "tahler", ya`ni katta kumush tangalar degan ma`noni beradi. Pulning eng keyingi ko`rinishi qog`oz pullar bo`lib, buning ham tarixi katta. Bundan oldin monetalar yuzaga keladi. Bu metall pullar bo`lagi bo`lib, mis, bronza, kumush, oltin monetalar bosilib chiqarilgan. Moneta so`zi yunonlarning monastir nomidan kelib chiqib, bunda tangalar yasalgan. Moneta tangalar barcha mamlakatlarga tarqalib ketgan. Tanga — monetaning paydo bo`lishi savdoda mayda pul zarurligidan kelib chiqadi. Moneta — og`irligi belgilangan, qadri muhrlangan metall bo`lagidir. Uzoq vaqtgacha, hatto XX asrgacha, oltin pul vazifasini bajarib, xaqiqiy pul hisoblangan. Bunda oltinning noyobligi, qadrliligi va boshqa ko`p qulayliklar yaratadigan tabiiy xususiyatlarining ta`siri katta. Lekin uning pulga aylanishining asosiy sababi tovar ekanligi, zarur qiymatga ega bo`lishidadir. Ko`p vaqtgacha oltinning vakili sifatida qog`oz pullar kuchga ega bo`lgan. Kog`oz pullar monetalar o`rniga chiqarilgan. qogoz pullar birinchi marta qadamgi Хitoyda 1X asrda muomalada qo`llanilgan. So`ngra boshqa mamlakatlarda ham asta-sekin paydo bo`la boshlagan va hozir barcha mamlakatlarda qog`oz pullar asosiy pul bo`lib qoldi. Muomalada oltin pullar bo`lgan mamlakatning o`zi qolmadi. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling