Пул назарияси. Пулнинг асосий хусусиятлари
Download 152 Kb.
|
pul ТАЙЕР
Pul muomalasi. Pul o`z xususiyatiga ko`ra, avvalo muomala vositasidir, ya`ni tovarlarni bir-biriga almashtirish pul vositasida amalga oshadi. Chunki, tovar egasi bo`lgan sotuvchi xaridorga tovarni sotib, tovarning qiymatini pul sifatida oladi. Shuning uchun talab bilan taklifni bir-biriga pul ulaydi va ularning uzilishiga barham beruvchi bo`lib hisoblanadi.
Tovarlarning siljishi, harakat tezligi, bir-biriga yaqinlashuvi pul vositasida amalga oshadi, deyish mumkin. Ayirboshlashning eng yuqori pog`onasi bo`lgan muomala mazmunan pul tufayli yuzaga keladi. Tovar-pul mu-omalasi esa bozor sharoitining asosidir. Demak, bundan pul va pul muomalasining bozor iqtisodiyoti rivojidagi o`rnini baholash qiyin emas. Mamlakat iqtisodiyotining muvozanati, uning muomalasini ta`minlash uchun ma`lum miqdorda pul talab qilinadi. Buni aniqlashda bir necha tomonlarga e`tibor berish zarur. To`lovlar naqd yoki naqd pulsiz bo`lishi mumkin. Agarda tovarning xaqi bevosita pul to`lovi orqali amalga oshsa, buni naqd pul asosidagi oldi-sotdi deyiladi. Basharti bevosita pul to`lovisiz oldi-sotdi yuz bersa, bunday oldi-sotdi pulsiz to`lov deyiladi. Asosan banklar orqali pul o`tkazuv shu usulga kiradi. XULOSA Fan-texnika taraqqiyotining o’ ziga xosligi, ixtisoslashuv va u bilan bog’ liq xalqaro mehnat taqsimoti haqida milliy ishlab chiqarishlar kooperatsiyaning yanada chuqurlashuvini talab qilmoqda. Buning oqibatida esa xalqaro savdo rivojlanib, davlatlar o’ rtasida kredit-moliya, valyuta munosabatlari yanada takomillashmoqda. Shunisi diqqatga sazovorki, keyingi yillarda tovarlar eksportining sur’atlari sanoat ishlab chiqarish sur’atlariga nisbatan sezilarli ravishda o’ sgan. Ustuvor yo’ nalishlar eksportga yo’ naltirilgan va asosiy tarmoqlarga, kichik va xususiy, tadbirkorlikni qo’ llab-quvvatlashga, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan tuzilmasi qayta o’ zgarishlar va iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish, respublikada o’ tkazilayotgan islohotlarning asosiy tarkibiy qismi bo’ lib qoldi. Tanlangan ustuvor yo’ nalishlarning to’ g’ riligi shu bilan tasdiqlandiki, jahon bozorlarini qamrab olgan salbiy jarayonlardan saqlangan holda ichki moliya bozorini har qanday ta’sirlardan saqlab qolishga muvaffaq bo’ lindi. 1999-yilda O’ zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pulkredit siyosati valyutaning barqarorligini saqlagan holda, uning mavjud o’ sish yo’ nalishini mustahkamlashga, joriy xalqaro operatsiyalar bo’ yicha uning konvertatsiyalashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga va valyuta zaxiralaridan ishlab chiqarishning ustuvor yo’ nalishlarida samarali foydalanishga yo’ naltirilgan edi. Foydalanilgan adabiyotlar: I.A. Karimov «O`zbekistan po puti uglubleniya ekonomicheskix reform»O`zbekiston Respublikasnning Prezidseti I.A.Karimovning Oliy Majlisning ikkinchi chaqiriq birinchi sssiyasi ikkinchi yig`lishida so`zlagan nutqi - T.: «Хalq so`zi» 23 yanvar 2000 yil. Iqtisodni erkinlashtirish, resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish bosh yo`limiz. xalq so`zi 13 fevral, 2002 yil. Шуляк П.Н. Финансы предприятия: Учебник.- 5-е изд., перераб. и доп.-М.: Дашков и К, 2004.- 712 с. 1 экз. Maxmudov E.Х. Korxona iqtisodiyoti: O`quv qo`llanma. - T.: TDIU, 2004.-208 c. 1 ekz. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O`quv qo`llanma /A.E.Ishmuxamedov va boshk.-T.: TDIU, 2004.-160 c. 1 ekz. Круглова Н.Ю. Основы бизнеса. учебник для вузов Издательство: РДЛ, 2005. Кузнецов А. Основы рыночной экономики. Терминологический словарь. Издательство: Владос, 2004. Download 152 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling