Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama hususiyatga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘larning qaytarilishini bildiribgina qolmay, balki ular qaytariladigan aniq muddatlarning belgilanishini ham taqoza etadi. - Kreditlashning muddatliligi ikki tomonlama hususiyatga ega. Birinchidan, kreditning mohiyati vaqtincha foydalanishga berilgan mablag‘larning qaytarilishini bildiribgina qolmay, balki ular qaytariladigan aniq muddatlarning belgilanishini ham taqoza etadi.
- Kredit iqtisodiy munosabatlarning belgilangan tizimi sifatida boshqa pulli munosabatlardan farq qiladi. Bunda pulning xarajati qaytarib berish sharti bilan amalga oshadi.
- To‘lovlilik tamoyiliga ko‘ra, kreditlar qarzdorga ma’lum bir foiz to‘lovlarini to‘lash sharti bilan beriladi. qarzdorning kreditdan foydalanganlik uchun to‘laydigan foiz to‘lovlari kredit muassasasining daromadini tashqil etadi. Kreditning to‘lovliligi u egasiga summada to‘liq qaytarilishinigina emas, olingan shu kredit resurslari uchun foiz shaklidagi to‘lov bilan qaytarilishini ham ifodalaydi.
- Bu tamoyil kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan barcha talablarni, kreditor uchun bergan kreditini va u mablag‘ni qarzga berganligi uchun muayyan to‘lovni talab qiladi. . Banklar o‘zlari bilan doimiy aloqada bo‘lgan, bankning hisob raqamida muntazam pul oqimi mavjud, yaxshi obro‘ va kredit tarixiga ega qarz oluvchilarga, bu ta’minot turlarini talab qilmay, blankali (ishonchli) kredit berishlari mumkin. Shuni alohida takidlash lozimki, kreditning bosh tamoyili uning maqsadga yunaltirilishidir.
3.Tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari ularni shakllanishi va usullari - O‘zbekistonda tijorat banklarining kredit siyosati mamlakat iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarini jadal rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining markazlashtirilgan kreditlari mamlakat mustaqilligini mustahkamlashga yo‘naltirilgan yangi ishlab chiqarish subyektlarini barpo etishga ajratilmoqda. Shuningdek, mamlakatning tijorat banklari ham yangi ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etishga kreditlar ajratish bilan birga kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni ham amalga oshirmoqda. Imtiyozli shartlarda ajratilayotgan kreditlar va mikrokreditlar shular jumlasidandir.
- Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirishda o‘z mablag‘lari yetarli bo‘lmagan holatlarda chetdan qarzga mablag‘ jalb etishga ehtiyoj yuzaga keladi. Chetdan jalb etiladigan bunday qarz mablag‘larini quyidagi moliyaviy muassasalar yordamida va boshqa manbalar evaziga olish mumkin:
- Tijorat banklarining kreditlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |