Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan kreditlar. - Davlat budjetining mablag‘lari hisobidan kreditlar.
- Kredit ittifoqlari va shunga o‘xshash subyektlarning kreditlari.
- Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subektlarini kreditlash ular faoliyatini moliyalashtirishning eng muhim manbalardan biri hisoblanadi. Subyektlar va kredit tashqiloti o‘rtasida tegishli shartnomaviy munosabatlarni shakllantirish orqali o‘rnatiladigan moliyaviy munosabatdir. Bu munosabatlarning markaziy bo‘g‘ini kredit shartnomasi bo‘lib, u kreditning ta’minlanganligi, kreditlar o‘z vaqtida foizi bilan qaytarilishining huquqiy asoslarini ta’minlaydi.
- Bank kreditlari loyihaning xususiyatiga ko‘ra, imtiyozli yoki imtiyozsiz shartlarda berilishi mumkin. Imtiyozli kreditlar ustuvor yo‘nalishlar uchun, odatda, davlat dasturlari doirasida investitsiya loyihalarini moliyalashtirish maqsadlariga xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekistonda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish iqtisodiy islohotlarning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davlat dasturlariga kiritilganligi tufayli hukumatning pul-kredit siyosatida tadbirkorlar uchun imtiyozli kreditlar tizimi joriy etilgan.
- Ayrim hollarda davlat ba’zi tarmoqlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli kreditlarni qaytarish muddatini uzaytirishga imkoniyat yaratadi.
Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 7 martda ro‘yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash to‘risida»gi 907-sonli tartibga muvofiq amalga oshiriladi. - Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 7 martda ro‘yxatga olingan «Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarini, kichik va o‘rta biznes subyektlarini milliy valyutada kreditlash to‘risida»gi 907-sonli tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
- Mazkur tartib tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklari, kichik va o‘rta biznesning boshqa subyektlari hamda yuridik shaxs maqomini olib faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon xo‘jaliklariga kredit berishni tartibga soladi. Bu tartib kichik va o‘rta biznes subyektlarini, fermer va dehqon xo‘jaliklarini hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni banklar tomonidan mikrokreditlashga tatbiq etilmaydi.
- Berilayotgan kreditlarning muddati kreditlanayotgan tadbirning qoplanishiga bog‘liq chunonchi:
- biznes subyektlariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladigan kreditlar, odatda, 1 yilgacha muddatga;
- qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun fermer xo‘jaliklariga, shuningdek, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun beriladitan kreditlar, odatda, 2 yildan kam bo‘lmagan muddatga beriladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |