2.Tadbirkorlik subyektlarida pul mablag‘larining tushumi va sarflanishi rejasini ishlab chiqish hamda boshqarish - Tadbirkorlik subyektlarining taraqqiyotini belgilovchi asosiy omillardan biri–uning moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlanish darajasidir.
- Tadbirkorlik subyektlarining muvaffaqiyatli rivojlanishi va kengayishida moliyalashtirishning tashqi manbalari ham muhim ahamiyatga ega. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tashqi yoki chetdan jalb qilingan moliyaviy resurslar, ular orasida esa bank kreditlari muhim o‘rin egallaydi.
- Kredit uzoq vaqtlargacha subyektning moliya-kredit institutlari bilan o‘zaro iqtisodiy munosabatlarini ifodalovchi yagona moliyaviy shakli bo‘lib keldi.
- Shunga ko‘ra, kredit munosabatlari qiymatni pul shaklining va moliyaviy resurslar bozorida taqsimlanmagan pul mablag‘larining muhim ko‘rinishidir.
Bozor sharoiti kredit munosabatlari jarayonida uning asl mazmunini shakllantirdi. Bunday shakldagi pul mablag‘lari mulk obyekti bo‘lib, tovarlilik tabiatini, ularning bozordagi erkin joylashish harakatini ko‘zda tutuvchi, tovar bahosi unga bo‘lgan talab va taklifning nisbati orqali o‘rnatilishini ko‘rsatadi. - Bozor sharoiti kredit munosabatlari jarayonida uning asl mazmunini shakllantirdi. Bunday shakldagi pul mablag‘lari mulk obyekti bo‘lib, tovarlilik tabiatini, ularning bozordagi erkin joylashish harakatini ko‘zda tutuvchi, tovar bahosi unga bo‘lgan talab va taklifning nisbati orqali o‘rnatilishini ko‘rsatadi.
- +arz beruvchi tomonidan pul mablag‘larini qarzga berish, qarz oluvchi tomonidan esa shu mablag‘larni olish bo‘yicha qiziqish to‘g‘ilgan taqdirdagina kredit munosabatlari vujudga keladi. Kredit munosabatlarining ishtirokchilari tomonidan manfatlarning mos kelishi kredit shartnomalarining tuzilishini ta’minlaydi. Kredit munosabatlarini rivojlatirishda banklar kreditning asosiy harakterli belgilari va ularning harakatida muhim shartlar va qonunlarga assoslangan holda kreditlash jarayonlarini amalga oshirishlari zarur.
- Kredit (lot. Creditum - qarz, credo - ishonaman) – pul mablag‘lari, tovar va xizmatlarni kelishilgan ustama (foiz) to‘lab qaytarib berish sharti bilan ma’lum muddatlarga qarzga berish. Kreditning mohiyatini yanada mukamalroq yoritishda uning ba’zi muhim tomonlariga etibor beramiz. qarzga mablag‘ beruvchi tomon kreditor (davlat, bank, subyekt, xususiy shaxs va b.), qarz oluvchi tomon esa debitor deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |