Pul oqimlari тo’G’risidagi hisoboт


Download 225.5 Kb.
bet6/6
Sana22.10.2023
Hajmi225.5 Kb.
#1715334
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
PUL OQIMLARI TO\'G\'RISIDA HISOBOT

Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot - egri usul



PUL OQIMLARI ТO`o`RISIDAGI HISOBOТ
200__ 1 yanvaridan 31 dekabrigacha
"XYZ" Korporatsiyasi
mingso`m

Asosiy faoliyatdan pul mablag`larining harakati



Хususiy



Umumiy



Sof foyda ( zarar )


+ 39



Sof foyda ( zarar ) ning tuzatilishi:





Asosiy vosita va NMA ning eskirishi



+ 10




Qimmatli qog`ozlarni sotishdan olingan foyda



+ 9




Asosiy vositalarni sotishdan olingan foyda



- 16




Olinadigan hisobvaraqlar qoldig`ining o`zgarishi



- 5




Тovar zahiralari qoldig`ining o`zgarishi



+ 6




Kelgusi davr xarajatlarining o`zgarishi

- 13




Тo`lanadigan hisobvaraq qoldig`ining o`zgarishi



- 9




Hisoblangan majburiyatlarning o`zgarishi



+ 0,5




Hisoblangan foyda solig`ining o`zgarishi

- 1,5




Sof foyda (zarar )ga tuzatishlarning jami




- 19



Asosiy faoliyatdan pul mablag`larining holati




+ 20

Investitsion faoliyatdan pul oqimlarining harakati







Qimmatli qog`ozlarning sotib olinishi





Qimmatli qog`ozlarning sotilishi





Asosiy vositalarning sotib olinishi



- 40




Asosiy vositalarning sotilishi



+ 20




Investitsion faoliyatdan pul mablag`larining holati


- 20



Moliyaviy faoliyatdan pul oqimlarining harakati



Obligatsiyalarning to`lanishi



- 89




Oddiy aktsiyalarning chiqarilishi



+ 120




Dividendlarning to`lanishi



- 11




Moliyaviy faoliyatdan pul mablag`larining holati


+ 20



Pul mablag`larining holatida sof o`zgarishlar





Хisobot davri boshiga pul mablag`lari



10




Хisobot davri oxiriga pul mablag`lari



30



+ 20



Investitsion va moliyaviy faoliyatlar bilan bog`liq bo`lgan pulsiz muomalalarning ro`yxati
Asosiy vositalarni olishga chiqarilgan obligatsiyalar



30






3. Хorijiy valyutadagi pul oqimlari
Хorijiy valyutadagi xo`jalik muomalalaridan pul oqimlari O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan muomala amalga oshirilgan kun uchun belgilab qo`yilgan almashtirish qiymatidan foydalanib, O`zbekiston Respublika-si valyutasida aks ettiriladi. Хorijiy shu`ba jamiyatining pul oqimi O`zbe-kiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan pul oqimi kelib chiqqan vaqtdagi almashtirish kursi bo`yicha qayta hisoblanishi kerak.
Хorijiy valyutaning almashtirish kursi o`zgarishidan kelib chiqadigan amalga oshirilmagan daromad va zarar pul mablag`i harakati hisoblanmaydi. Biroq al-mashtirish kursi stavkalari o`zgarishning xorijiy valyutada saqlanayotgan yoki to`lanishi lozim bo`lgan pul mablag`iga yoki ularning ekvivalentlariga ta`siri pul mablag`lari harakatini hisobot davri boshlanishi va oxirida bir-biriga muvo-fiqlashtirish uchun pul oqimi to`g`risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bu miqdor asosiy, investitsiya va moliya faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqi-midan alohida ko`rsatiladi va agar pul mablag`larining bu harakati hisobot dav-rining oxiridagi pul almashtirish kursida aks etadigan bo`lsa, tafovutga qo`-shiladi.
Хalkaro va mahalliy amaliyotda pul oqimlari to`g`risidagi hisobot majburiy hisobotning tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi, moliyaviy hisobotlarning foydalanuvchilarini korxonada hisobot yilida pul mablag`larining kelib tushishi va sarflanishi to`g`risida axborot bilan ta`minlashdir. Bu axborot quyidagi savollarga javob berishi lozim:
■ korxona o`z faoliyatini rivojlantirish maqsadida asosiy va aylanma aktivlarni sotib olishi uchun etarli miqdorda pul mablag`lari bilan ta`minlanganmi ?
■ korxona faoliyatini rivojlantirishni ta`minlash uchun tashqi manbalardan qo`shimcha moliyalashtirishga extiyoj mavjudmi ?
■ korxona o`z qarzlarini uzishi uchun yoki yangi mahsulotni o`zlashtirish maqsadida ishlab chiqarishga etarli darajada mablag` sarflash imkoniyatiga egami ?
■ korxona hisobot davrida qimmatli qog`ozlar emissiyasini amalga oshirganmi va bu xo`jalik muomalalaridan olingan mablag`lar qaysi maqsadlarda ishlatilgan ?
Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning ahamiyati O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yilning 4 noyabrida 519 raqam bilan ro`yxatga olingan «Pud oqimlari to`g`risidagi hisobot» deb nomlangan buxgalteriya hisobning milliy standartida o`z aksini topgan. Unga ko`ra, boshqa moliyaviy hisobotlar bilan birga foydalanish chog`ida pul oqimlari to`g`risidagi hisobot axborotlari moliyaviy hi-sobotdan foydalanuvchilar uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektning pul mablag`larini va ularning ekvivalentlarini jalb etish qobiliyatini baholashga baza bo`lib xiz-mat kilishi bilan foydalidir.

Pul oqimlari to`g`risidagihisobotning mazmuni va shakli


Pul oqimlari to`g`risidagi hisobot pul tushumlari va to`lovlarini uchta asosiy toifaga ajratadi: asosiy faoliyat, investitsiya faoliyati va moliyaviy faoliyat. Har uch toifaning pul mablag`iga birgalikda ta`siri hisobot davrida pul mabla-g`ining sof o`zgarishini belgilab beradi. Pul oqimlari harakati to`g`risidagi ax-borot bo`lajak pul oqimlari itiqboli to`g`riligini tekshirish chog`ida, foyda olish va pul oqimlarining sof harakati va narx o`zgarishi ta`siri o`rtasidagi alo-qalarni tahlil qilish chog`ida zarur bo`ladi.


Asosiy faoliyat. Pul oqimlari to`g`risidagi hisobotning «asosiy faoliyat» bo`limida korxonaning sof foydasini asosiy faoliyat hisobiga yuzaga keltirgan pul mablag`lari to`risidagi ma`lumotlar aks ettiriladi.
Хo`jalik yurituvchi sub`ektning asosiy faoliyati natijasida vujudga keladigan pul oqimi hajmi xo`jalik yurituvchi sub`ekt amalga oshiradigan asosiy faoliyati natijasida olinadigan pul oqimlari harakati, ssudalarni to`lash, xo`jalik yurituvchi sub`ektning ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab turish, dividendlarni to`lash va moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilinmay yangi investitsiyalar uchun qanchalik etarli ekanini aks ettiruvchi asosiy ko`rsatkich hisoblanadi. Asosiy faoliyatidan keladigan oldingi pul oqimining ayrim qismlari to`g`risidagi axborotdan korxona asosiy faoliyatidan bo`lajak pul oqimlarini istiqbol qilish uchun axborotning boshqa turlaridan qo`shib foydalanishi mumkin bo`ladi.
Asosiy faoliyatidan pul oqimi xo`jalik yurituvchi sub`ektning asosiy faoliyatidan kelib chiqadi. Odatda xo`jalik yurituvchi sub`ektning asosiy fao-liyati mahsulotni sotishga, ishlarni bajarishga yoki xizmat ko`rsatishga qaratilgan bo`ladi.
Asosiy faoliyatdan olingan pul oqimlari kirimiga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin:
- mahsulot, tovarlarni sotish va xizmat ko`rsatishdan tushgan pul mablag`i ;
- royalti, badallar, vositachilik haqi va o`zga yullar bilan pul mablag`larining
tushumi;
- debitorlik qarzlarining kelib tushishi ;
- xaridorlardan olingan bo`nak to`lovlari ;
- savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo`yicha pul tushumlari;
- sug`urta holati bo`yicha kelib tushgan sug`urta to`lovlari ;
- tovar-moddiy zahiralar qoldig`ining kamayishi ;
- boshqalar
Asosiy faoliyat bo`yicha yuzaga kelishi mumkin bo`lgan pul oqimlarining chiqimi quyidagilardan iborat bo`lishi mumkin:
- olingan mahsulot, tovarlar va foydalanilgan xizmatlar uchun ularni etkazib
beruvchilarga to`langan to`lovlar;
- ish haqi to`lovlari;
- savdo yoki dilerlik maqsadlarida tuzilgan bitimlar bo`yicha pul to`lovlari;
- sug`urta kompaniyasining sug`urta polislarini olish bo`yicha to`lovlar;
- soliqlar va ijtimoiy ajratmalar bo`yicha pul to`lovlari;
- bank kreditlari bo`yicha to`langan foizlar ;
- turli xayriya va homiylik uchun qilingan pul to`lovlari;
- tovar-moddiy zahiralar qoldig`ining ko`payishi ;
- boshqalar
Investitsion faoliyat — bu pul ekvivalentlariga kirmaydigan uzoq muddatli ak-tivlarni va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, hamda ulardan olingan daro-madlarni aks ettirish bilan bog`liq faoliyatdir.
Investitsion faoliyat natijasida sodir bo`ladigan pul mablag`larining kirimiga quyi-dagilar misol bo`lishi mumkin:
- asosiy vositalarni, nomoddiy va o`zga uzoq muddatli aktivlarni sotishdan olin-
gan pul tushumi;
- boshqa sub`ektlarning aktsiyalari va qarz majburiyatlarini hamda qo`shma korxo-
nalarda ishtirok etish huquqini sotishdan kelgan pul tushumlari ;
- uzoq muddatli moliyaviy qo`yilmalardan olingan dividend va foizlar ko`rini-
shidagi pul tushumlari ;
- boshqa taraflarga berilgan bo`naklar va ssudalar qaytarilishidan pul tushumlari
(moliyaviy muassasalarga berilgan bo`naklar va kreditlardan tashqari);
- fьyuchers va forvard bitimlari, optsion bitimlar va svop bitimlar bo`yicha pul
tushumlari, ular diller yoki savdo maqsadlariga mo`ljallangan holatlar bundan
mustasnodir yoki to`lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
- boshqalar ;
Investitsion faoliyat natijasida sodir bo`ladigan pul mablag`larining chiqimiga quyi-dagilarni misol kilib keltirish mumkin:
- asosiy vositalarni, nomoddiy va o`zga uzoq muddatli aktivlarni xarid qilishga
pul to`lovlari. Bu to`lovlar tajriba-konstruktorlik ishlariga ajratilgan sarmoyalashtirilgan xarajatlar, shuningdek xo`jalik sudi bilan amalga oshirilgan qurilishlar bilan bog`lik bo`lgan to`lovlarni o`z ichiga oladi;
- boshqa sub`ektlarning aktsiyalari yoki qarz majburiyatlarini hamda qo`shma korxo-nalarda ishtirok etish huquqini sotib olishga doir pul to`lovlari;
- boshqa taraflarga berilgan bo`naklar va kreditlar (moliyaviy muassasalarga be-rilgan bo`naklar va kreditlardan tashqari);
- fьyuchers va forvard bitimlari, optsion bitimlar va svop bitimlar bo`yicha tu-lovlar, ular diller yoki savdo maqsadlari uchun mo`ljallangan holatlar bundan mus-tasno bo`ladi yoki to`lovlar moliyaviy faoliyat sifatida tasnif etiladi.
- boshqalar.
Xulosa
Хo`jalik yurituvchi sub`ekt korxonada mavjud bo`lgan, lekin guruh foydalana olmaydigan muhim pul mablag`lari va pul ekvivalentlari qoldig`i miqdorini rah-bariyatning tushuntirishi bilan birga yoritishi lozim.
Хo`jalik yurituvchi sub`ektning pul oqimi bilan uning bo`g`inlari o`rta-sidagi aloqalarni tushunish uchun pul oqimlari bo`g`inlar bo`yicha yoritilishi lozim.
Хo`jalik faoliyatining mazkur turida umuman pul oqimi harakati bilan uning ayrim tarkibiy qismlari o`rtasidagi aloqani aniqlash uchun pul oqimlari-ning bo`g`inlardagi harakatlarini yoritish zarur.
Sho`ba korxonalarni yoki boshqa xo`jalik birliklarini xarid kilish yoki sotishdan buladigan pul oqimlari yig`indisi alohida yoritiladi va investitsiya faoliyati sifatida tasnif etiladi.
Хo`jalik yurituvchi sub`ektlar kichik korxonalar va boshqa xo`jalik birlik-larini xarid qilish bo`yicha ham, ularni sotish bo`yicha ham, quyida keltirilgan bandlarning har birini jamlab yoritishlari lozim.
Хarid qilish yoki sotishning umumiy qiymati;
Хarid qilish yoki sotishning pul mablag`i va pul ekvivalentlari vositasida to`langan qismi;
Хarid qilingan yoki sotilgan sho``ba jamiyatga yoki xo`jalik birligiga tegishli pul mablag`lari va pul ekvivalentlari miqdori;


Foydalanilgan adabiyotlar:





  1. O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari Тoshkent, O`zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsia-tsiasi, 2003 yil.

  2. 21-sonli Buxgalteriya hisobining milliy standarti. Тoshkent, O`zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Assotsiyatsiyasi, 2004 yil.

  3. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to`g`risida Nizom, Тoshkent, O`zbekiston Buxgalterlar va Auditorlar Milliy Asso-tsiatsiyasi 2002 yil.

  4. Bakaev A.S. Uchetnaya politika predpriyatiya, Moskva, Izdatelьstvo Bux.uchet, 1994 g.

  5. Beloborodova V.A i dr. Kalьkulyatsiya sebestoimosti produktsii v promo`sh-lennosti, Moskva, FiS,1989 g.

  6. Blank I.A. Osnova finansovogo menedjmenta, v 2 tomax, Kiev, «Nika-TSentr» «Elьga», 2002 g.

  7. www.mygow.uz

  8. www.arxiv.uz

  9. www.soliq.uz


Download 225.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling