– mamlakat ichki muomalasida to`laqonli oltin tanga mavjud bo`ladi, oltin pul barcha funktsiyalarni bajaradi; - – mamlakat ichki muomalasida to`laqonli oltin tanga mavjud bo`ladi, oltin pul barcha funktsiyalarni bajaradi;
- – xususiy shaxslarga tangalarni erkin zarb qilishga ruxsat eti-ladi (ko`pincha mamlakat zarbxonasida);
- – muomaladagi to`la qiymatli bo`lmagan pullar (banknota, kredit pullar) erkin va cheksiz tarzda oltin pullarga almashiniladi;
- – oltin va chet el valyutasini erkin tarzda olib chiqish va olib kirishga hamda erkin oltin bozorlarining amal qilishiga yo`l qo`yi-ladi.
- Oltin tanga standartining amal qilishi Markaziy emissiya bank-larida oltin zaxiralari bo`lishini talab qilgan. Bular tanga muomalasining zaxirasi bo`lib xizmat qilgan, banknotalarning oltinga almashinishi ta`minlangan va jahon pullari zaxirasi bo`lgan.
- I Jahon urushi davrida byudjet taqchilligining o`sishi, uning zayomlar chiqarish va tobora o`sib borayotgan pul emissiyasi bilan qoplanishi muomalada pul hajmining ortib ketishiga olib kelgan. Bu pul massasi emissiya hajmi va banklarning oltin zaxiralaridan anchagina ustun edi. Bu hol esa qog’oz pullarning oltin tangalarga erkin almashinishini xavf ostiga qo`ydi. Bu davrda oltin tanga stan-darti urushda qatnashgan davlatlarda, keyinchalik esa ko`pchilik boshqa mamlakatlarda ham (AQSHdan tashqari, unda 1933 y. gacha bu tizim amal qilgan) hayot davrini o`tab bo`ladi: banknotalarning oltinga almashtirish tugatildi, uni chegaradan olib chiqish man qilindi, hamma oltin tangalar xazinaga qaytarildi. I Jahon urushi tugagandan so`ng kapitalizmning umumiy inqirozi sharoitida hech qanday kapitalistik mamlakat o`z valyutasini barqarorlashtirishni oltin tanga standartiga qaytish asosida amalga oshira olmadi. Oltin qolip standartida, oltin tanga
standartidan farqli o`laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko`zda tutilmaydi. Banknota va boshqa to`la qiymatga ega bo`lmagan pullar oltin quyilmalarga almashiladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyil-masi 1700 f. st., Frantsiyada esa 12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan. - standartidan farqli o`laroq, muomalada oltin tanga va uning erkin zarb etilishi ko`zda tutilmaydi. Banknota va boshqa to`la qiymatga ega bo`lmagan pullar oltin quyilmalarga almashiladi. Angliyada standart 12,4 kg oltin quyil-masi 1700 f. st., Frantsiyada esa 12,7 kg oltin quyilmasi 215 ming frankka tenglashtirilgan.
- Avstriya, Germaniya, Daniya, Norvegiya va boshqa mamlakatlarda oltin deviz standarti o`rnatilgan, bunda ham oltin tangalar muoma-lasi va erkin zarb etilishi ko`zda tutilmaydi. To`la qiymati bo`lmagan pullarni oltinga almashish oltin qo`yilma standarti bo`l-gan davlat valyutasiga almashish orqali amalga oshirilgan. Bu yo`l bilan oltin valyuta standarti o`rnatilgan davlat pul birligini oltin bilan bilvosita aloqasi saqlanib turilgan.
- SHunday qilib, oltin deviz standartida bir mamlakat valyutasi boshqa davlat valyutasiga bog’liq bo`lgan.
- 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi natijasida oltin standart barcha mamlakatlarda bekor qilindi (masalan, Buyuk Britaniyada – 1933 yilda, AQSHda – 1933 yilda, Frantsiyada – 1936 yilda) va banknotalar muomalasi qaror topdi.
- 1944 yilda tashkil qilingan Brettonvud Jahon valyuta tizimi o`zi bilan davlatlararo oltin-valyuta standarti tizimini, boshqacha qilib aytganda, o`z mohiyati bo`yicha erkin konvertatsiyalanadigan valyuta assosida davlatlar uchun oltindollar standarti tizimini qaror toptirgan. Oltin-dollar standartining mohiyati shundaki, u faqat markaziy banklar uchun o`rnatilgan va bunda faqat bitta valyuta - AQSH dollari oltin bilan aloqador bo`lgan. Oltin zaxira salmog’ining susayib ketishi sababli
Do'stlaringiz bilan baham: |