Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari. - Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari.
- Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo`ladi va pul-ning barcha funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
- Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan.
- Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo`linadi.
- Bimetalizm – pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (ko`pincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala metalldan ham tangalarning erkin muomalaga chiqarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal qilingan.
- Parallel valyuta tizimida ikki metall qiymati stixiyali, metall-ning bozor bahosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida dav-lat metallar orasidagi mutanosiblikni o`rnatib qo`ygan. Oltin va ku-mush tangalarning chiqarilishi va ularning aholi tomonidan qabul qilinishi ana shu mutanosiblikka muvofiq amalga oshirilgan.
- Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarqalgan bo`lib, G’arbiy evropaning qator mamlakatlariga XiX asrda etib kelgan.
- 1865 yili Frantsiya, Belgiya, SHveytsariya va Italiya mamlakat-lari bimetalizmni xalqaro sulh – Lotin tanga Ittifoqi yordamida saqlab qolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan ham 5 frank va undan yuqori qiymatli tangalarni chiqarish, oltin va kumush o`rtasida 1:15,5
qiymat mutanosibligini o`rnatish shartlari ko`zda tutilgan. - qiymat mutanosibligini o`rnatish shartlari ko`zda tutilgan.
- Biroq bimetallik pul tizimining qo`llanilishi rivojlangan kapitalistik xo`jalik ehtiyojlariga mos emas edi, chunki qiymat o`lchovi sifatida bir vaqtning o`zida ikki metall - oltin va kumush-ning qo`llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to`g’ri kel-magan. Umumiy qiymat o`lchovi sifatida faqat birgina tovar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari, ikki metall orasidagi davlat tomonidan o`rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to`g’ri kel-mas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo`qotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning qonuni yuzaga chiqqan, ya`ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tash-lagan.
- Kapitalizm taraqqiyoti mustahkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo`lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o`z o`rnini monometa-lizmga bo`shatib berdi.
- Monometalizm – bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush) umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo`lib xizmat qiladi. Amal qilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qim-matbaho metallarga almashiniladi.
- Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada – 1847-1875 yillarda mavjud bo`lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |