Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari Reja: Pul tizimi va uning mazmuni
Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublikamizda xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003-
Download 453.56 Kb.
|
Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari Reja Pul tizimi va
Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublikamizda xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003-
yilni 15-oktyabradn joriy etilgan va unga tashqi savdo, savdo bilan bog’liq bo’lmagan pul junatmalari, xalqaro munosabatlarda kreditlar, qarzlar, xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar va boshqa to’lovlar kiradi. Pul tizimining tarkibiy qkismi milliy valyuta tizimidir. Pul biriligi - qonuniy tarzda o’rnatilgan pul belgisi bo’lib, barcha tovarlar baxosini uzaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat kiladi. Ko’pincha pul biriligi mayda bo’linuvchi qismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda o’nlik bo’linish tizimi urnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AKSh dollari 100 sentga, 1 funt sterling - 100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 sentga teng va x.k) Rasman baxolar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat monopolistik kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan so’ng yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi. Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20,15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari. Xazina biletlaridan tashkari ; kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1 sentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar: 1 f. st., 50, 10, 5, 2 pensli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1 shilling tagalari yuritiladi, ular yangi 10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’prok xazina biletlari chiqarish keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Xindistonda - 1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi. Respublika hukumati tomonidan iqtisodiy mustaqillikka erishish borasida qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan o’zgartirishda, shu jumladan an’anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va mamlakat ichida nisbatan yuqori darajadagi qo’shilgan qiymat hosil qilishga qodir bo’lgan yangi tarmoqlarni tashkil etishda yaqqol ko’zga tashlandi. Mazkur choratadbirlar oxir-oqibatda milliy pul tizimini shakllantirish va iqtisodiyotda islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirishning poydevori bo’lib xizmat qildi. Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko’rsatilgan variantlari tahlili asosida dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi hududida so’m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq 1993-yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so’m-kupon» 1 so’m - 1 rubl nisbatda muomalaga kiritildi. 1994-yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishibank tizimi rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Bu iqtisodiyotdaamalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangibosqich boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborni makroiqtisodiy barqarorliknita’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi. Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch vavositalari mustaqil pul-kredit siyosatini ishlab chiqish vauni amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, samarali to’lov tizimini yo’lgaqo’yishga erishishga yo’naltirildi. Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi takomillashtirildi. 1995-yili «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi Qonuni va 1996-yili O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy pul tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga chiqishini, aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo’lgan ishonchini mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o’sishni hamda xalq farovonligini oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilabberdi. 5. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanishi. O’zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy valyuta muomalaga kiritilgandan so’ng shakllandi. Chunki milliy valyuta har qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. Kurs Respublika valyuta birjasida aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risida qonuniga ko’ra so’mning kurs rejimi erkin suzish rejimidir, ya’ni so’mning nominal almashuv kursini AQSh dollariga bo’lgan talab va taklifga qarab aniqlanishini bildiradi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevralidagi 63-sonli qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o’sishini nazorat qiladi. Bunda M2 pul agregati nazorat obekti sifatida olingan. O’zbekistonda Markaziy bank pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy organ hisoblanadi. O’zbekistonda pul tizimi to’g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor qilingan, shu sababli hozirgi kunda pul tizimining me’yoriy huquqiy asoslari bo’lib, quyidagi qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. 1. O’zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi 2. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonun 3. O’zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun 4. O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonuni(1-marta bu qonun 1993-yil 7-mayda qabul qilingan, 2003-yil 11-dekabrda esa Valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi) O’zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning naqd pul aylanmasiga bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud. Download 453.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling