Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Bimetallizm. Metall pul belgilarining muomalasi


Download 0.61 Mb.
bet7/18
Sana18.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1282800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
sardor pul va banklar mustaqil ish

3.To`lov vositasi funksiyasi Bunda tovarlar to`lov muddati kechiktirlib sotiladi. Shuningdek, kredit va moliya munosabatlaridagi to`lovlar ham pulning to`lov vositasi funksiyasiga kiradi. Masalan: kredit olgan mijoz bankka kreditning asosiy qarz summasi va 29 foizlarini qaytaradi. Bundan tashqari korxonalar soliq to`lovlarini amalga oshiradi, turli xildagi jarimalar to`lovlarini to`laydilar.
4. Jamg’arish funksiyasi. Bu pulning jamlangan boylik shakliga kirib o`z egasi uchun kerak bo`lganda xarid etish vositasi bo`lib xizmat qila olshidir. Pul qog’oz yoki tanga bo`lgani uchun boylik emas, balki o`zida mehnatni mujassamlashtirgani, unga hamma narsani xarid etish yoki uni jamlab saqlash mumkin bo`lgani uchun boylik hisoblanadi. Pul boylik jamgarishning eng qulay usulidir, chunki pulda likvidlik bor, ya`ni pul hamma yerda unga belgilangan nominalga (masalan 500 so`m) qarab to`lov uchun qabul qilinadi. Pul boshqa likvidlik vositalariga nisbatan (yer, bino, aksiya, obligasiya, sertifikat) barqaror vosita hisoblanadi, uning qadri inflyatsiya bo`lmasa barqaror saqlanadi, boshqa likvidlarni esa narxi-qadri o`zgarib turadi. Pulni sifati va soni mavjud. Pulni sifati cheksiz bo`lishi, ya`ni pulga zarur bo`lgan vaqtda xohlagan tovarga aylantirish imkoniyati mavjud, soni cheklangan bo`lishi mumkin, chunki unga cheklangan miqdorda tovar sotib olish mumkin. Pulni qimmatbaho, noyob buyumlarga, san`at asarlariga, uyjoy, yer, mashina, asbob-uskuna, aksiya, obligasiya va boshqalar shaklida ham jamg’arish mumkin. Adabiyotlarda pul xazina to`plash vazifasini xam bajarishi mumkinligi qayd etiladi. Uni faqat o`zining real qiymatiga ega bo`lgan pullar (qimmatbaho metallar) bajara oladi. Qog’oz pullar asosan muomila va to`lov vazifasini bajaradi. Aholining qo`lida turgan har qanday pul to ishlatilgunga qadar jamg’arish vositasi funksiyasini bajaradi. Korxonalarning joriy hisob raqamlaridagi pul mablag’lari ham to ishlatilgunga qadar jamg’arish vositasi funksiyasini bajaradi. Jamg’arish vositasi funksiyasining alohida holati xazinalarni shakllantirish vositasi vazifasi bo`lgan. Jamg’arish funksiyasining vazifalari (tanga, quyma):
• xazinalar pul muomalasini avtomatik ravishda o`z-o`zidan tartibga soluvchi vazifasini bajargan; •xazinalar banknotalar muomalasining barqarorligini ta’minlaydi. Zamonaviy oltin xazinalari pulning inflyatsion pasayishidan sug’urta sifatida foydalaniladi. Rasmiy oltin zaxiralari xalqaro likvid aktiv sifatida xizmat qiladi, uni jahon bozorida tovarlarni sotib olish yoki xalqaro qarzni to`lash uchun zarur bo`lgan valyutani olish uchun sotish mumkin.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling