Pul tizimi” tushunchasining mazmuni. Bimetallizm. Metall pul belgilarining muomalasi


Download 0.61 Mb.
bet8/18
Sana18.03.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1282800
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
sardor pul va banklar mustaqil ish

5. Jahon puli funksiyasi. Jahon puli funksiyasi jahon bozorlarida kotirovka qilinadigan ya`ni oldi-sotdi qilinadigan valyutalar bajaradi. Masalan: o`zbek so`mi bu vazifani bajarmaydi. Xalqaro hisob-kitob banki ma`lumotlariga ko`ra, xalqaro valyuta bozorlarida konversion operatsiyalarning 90% ortiq qismi 5ta valyutada amalga oshirilmoqda (www.bis.org). Bu valyutalar xalqaro rezerv valyutasi maqomiga ega. Bu maqomni Xalqaro Vlayuta Fondi beradi. Jahon pul funksiyasi ularni xalqaro munosabatlarga xizmat ko`rsatishda ishlatadi. Jahon pullari hozirda ikkita funksiyani bajaradi: • xalqaro to`lov vositalari; • xalqaro zaxira ob’yekti. Xalqaro to`lov vositasi funksiyasida dunyo pullari to`lov balansini to`lash, xalqaro kreditlarni berish va to`lash, jahon bozorida tovar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to`lovlar orqali to`lash uchun ishlatiladi. Jahon pullari alohida davlatlarning, xalqaro moliya institutlarining, shuningdek, tijorat banklarining valyuta zaxiralarini shakllantirishda xalqaro zaxira fondlari funksiyasini bajaradi.



  1. Banklarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan tarixiy shartsharoitlar.

. Banklarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan tarixiy shartsharoitlar. Banklar paydo bo`lishining asosi bo`lib tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi xisoblanadi. Tovar-pul munosabatlarining bo`lishi va ularning rivojlanib borishi barcha ijtimoiy-iqtisodiy to`zumlarda banklarning xam bo`lishini takozo kiladi. Banklar o`rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqda davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o`z bo`sh turgan mablag’laridan 210 foyda olish maksadida ularni vaktincha foydalanishga mablag’ zarur bo`lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan. Bank so`zi ital’yancha “banca” so`zidan olingan bo`lib “stol”, banknota “pullik stol” degan ma`noni anglatadi. Urta asrlarda italiyalik puldorlar xamyonlaridagi, idishlardagi monetalarni stol ustida kuyib xisob-kitob kilganlar. XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni “bancherii” deb atashgan. Agar puldorlardan birortasi ishonchni oklamasa va ishiga ma`suliyatsizlik kilsa, u utirgan stol sindirib tashlangan va uni “Vapso rotto”, ya’ni bankrot deb atashgan. YA’ni, bizga ma`lum bo`lgan “bankrot” so`zi xam “banca” so`zidan olingan. Banklar paydo bo`lishining boshlangich nuktasi bo`lib XVI asrda Florentsiya va Venetsiyada tashkil tsilingan kichik jirobanklar xisoblanadi. Bu banklar asosan o`z mijozlari-savdogarlarga xizmat kilgan, ular urtasida nakd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan. Bu banklar o`z mijozlarini monetalar tarkibi buzulishidan zarar ko`rishdan ximoya qilishgan. Ular zxisoblarni ma`lum summadagi Kimmatbaxo metallni ifodalovchi maxsus pul birligida olib borishgan o`zlarining bo`sh pul mablag’lariny jirobanklar davlatga karzga, shaxarlarga, chet el savdogarlariga ssuda bergan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat xisoblanadi. Angliya bankirlari oltin (oltinni saqlab berish) bilan shug’ullanuvchilar (masalan, biz Londonda bank ishini ilk bor rivojlantirgan CHayl’d nomli puldorni aytish mumkin) va savdogarlardan kelib chiqqan. Qadimgi Gretsiyada pul almashtiruvchi odamlarni “trapezida” (grekcha-stol), Qadimgi rimda “mensarilar” ( lotincha-stol) deb atashgan. Dastlabki banklar valyuta ayirboshlash operatsiyalaridan tashqari, odamlarning pul boyliklarini saqlash va omonatchilarga hisob-kitob xizmatlari ko`rsatish bilan ham shug’ullanganlar.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling