Pul tizimi va pul muomalasi Reja


Download 95 Kb.
bet8/9
Sana25.02.2023
Hajmi95 Kb.
#1229796
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
27 mvzu Pul tizimi va pul muomalasi Reja-fayllar.org

I-Daromadlar
1. Ish xaqi
2. Jamoa xo’jaligi va shaxsiy tamorqadan daromad.
3. Pensiya, stipendiya va nafaqalar
4. Moliya-kredit tizimidan tushumlar
5. Dividendlarni olish va boshqa tushumlar
Jami.
II-Xarajatlar.

  1. Tovarlar uchun tulovlar

  2. Xizmatlarga tulovlar

  3. Majburiy tulovlar va ixtiyoriy badallar

  4. Quyilmalarga o’tkazish

  5. Aksiya, obligasiyalarni xarid qilish va kechiktirilayotgan to’lovlar

  6. Boshqa xizmatlar.

Jami.
Ushbu balansda aholi daromad va xarajatlarining tarkibi ijtimoiy
guruhlari: ishchi va xizmatchilar, xodimlarning boshqa guruhlari buyicha ko’rsatiladi.
Ushbu balansni to’zishdan maqsad aholining bo’lishi mumkin bo’lgan pulli daromad va xarajatlarining iqtisodiy asoslangan pragnozlar qilishdan iborat.
Balansda daromadni xarajatlardan ko’prok bo’lishi aholini qo’lida naqd pul qoldiqini oshiqligini, uning aksi esa aholi qo’lidagi naqd pul qoldiqining kamayganligini bildiradi. Bu shunga yarasha muomilaga tovarlar chiqarish, xizmatlar ko’rsatish korxonalari faoliyatini rivojlantirish buyicha tadbirlar ishlab chiqishga undaydi. Daromadlarni asosiy qismini ish xaqi, xarajatlarning asosini tovarlar uchun tulovlar tashkil etiladi.
Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi va kassa aylanmasi xomcho’ti pul muomilasini tashkil etishda asosiy rejalardan hisoblanadi. Bu ikkala reja pul aylanishini asosini tashkil etish bilan birga ular o’rtasidagi quyidagi farqlar ham mavjud.

  1. Kassa aylanmasi xomcho’tida faqat naqd pul aylanishi ko’rsatilsa aholini daromadlari va xarajatlari balansida aholi amalga oshiradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanish to’liqicha ko’rsatiladi.

  2. Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansida kassa aylanishi pragnozidan farqliroq aholining shaxsiy tomorqa xo’jaligi, xunarmandchilik va boshqa kursatadigan xizmatlari buyicha olinadigan daromadlari va amalga oshiradigan xarajatlari kursatiladi.

  3. Aholining pul daromadlari kassa aylanmasi xomcho’tining xarajat qismida, aholining xarajatlari kassa aylanmasi xomcho’tining daromad kismida kursatiladi va boshqalar.

Pul muassasi pul muomilasining muhim kursatkichi hisoblanadi. Pul
massasi xo’jalik aylanishidagi naqd pulli xisob-kitoblarni, ya’ni aholi korxonalar, tashkilot va muassalarga tegishli xarid tulov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi.
Pul muomilasining belgilangan muddat va davr uchun, miqdoriy uzgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi, xajmi va o’sish sur’atlarini tartibga solish buyicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) foydalaniladi.
O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlaridan (pul agregatlari to’planadi) iborat.
Mo = naqd pullar
M1= Mo + schetlardagi pul qoldiqi + mahalliy byudjet mablaqlari+ byujet, jamoa va boshqa tashkilot mablaqlari.
M2= M1+xalq bankidagi muddatli jamqarmalar
M3=M2+sertifikatlar + maqsadli zayom obligasiyalari + davlat zayom obligasiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 + M2 ning bir – biridan farqi M2 ning tarkibiga yakin orada pulga aylanishi mumkin bo’lgan «kvazi pullar» ni (depozit sertifikatlari, investisiya fondlarining aksiyalari va boshqalar) olishdadir.
1995 yilda nominal pul mussasi M2 pul massasining 1994 yildagi o’sish darajasidan 1,5 marta kam bo’lgan.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov 2003 yil 17 fevraldagi Vazirlar Mahkamasining yiqilishida «Moliyaviy pul muomilasi mutonosibligini ta’minlash masalalarida ijobiy natijalar qo’lga kiritildi…. Pul massasining o’sish sur’ati ancha kamaydi, uning hajmi 2001 yilda YaIM ga nisbatan 14 foizni tashkil etgan bo’lsa, o’tgan yili bu ko’rsatkich 12,5 foizdan iborat bo’ldi» degan edi.
O’zbekiston Respublikasida pul muomilasini boshqarishda Markaziy bank quyidagi usullardan foydalanadi.

  1. Majburiy rezerv stavkasi normasini belgilash.

  2. Tijorat banklarini ochiq bozorda qatnashishi

  3. Markazlashgan kreditlar uchun qayta moliyalashtirish stavkasini belgilash.

O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’qrisidagi qonunning 28 moddasiga binoan majburiy rezerev miqdori tijorat bankining yiqilgan resurslariga nisbatan foizda belgilanadi. Tijorat banklari resruslarining Markaziy bankda saklanishi lozim bo’lgan ushbu qismi jamqarma turiga, uning hajmiga, bankning joylashgan o’rniga boqliq bo’lgan holda turli mamlakatlarda turlicha.


Masalan, Yaponiyada minimal rezerv stavkasi 2,5 %, AQSh da 12% Germaniyada 12,1%, Portugaliyada 17 %, O’zbekistonda 20 % ni tashkil etadi. O’zbekistonda bu rezerv 1.05.94 ga 30%, 1.07.96 ga 25 % ga 2006 yildan 15 % ga teng.
Markaziy bank tijorat banklarga kreditlar buyicha qayta moliyalashtirish stavkasini belgilab beradi. Bu stavka tijorat banklari beradigan kreditlarning bahosini aniqlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Bu stavkalar markaziy bankning kredit siyosatidan kelib chiqib keyingi yillarda quyidagicha bo’lgan: 1,01,94 dan 225 %, 1.03.95 dan 300 %., 1.07.96 dan 60 %., 2000 yil yiliga 32.%, 2003 yil 27,1 % , 2005 yildan 16% ni tashkil etadi.
Xozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda operasiyalar utkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu hozirgi ko’p qullaniladigan monitor siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining likvidlik darajasiga tez ta’sir utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda utkazish mumkin. Bu mexanizm bozorni rivojlanish tendeniyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi obyekti davlat qimmatli qog’ozlari va markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin.
1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligasiyalari (KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mablaqlarini xavf-xatardan saqlash va daromad olish imkonini beradi.
KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi.
Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’qrisidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi
Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling