Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja: Kirish
Download 203.95 Kb. Pdf ko'rish
|
Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja sherov uzoqboy 333333333334444
31 Xulosa Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosatni takomillshtirish masalalari mavzuda yozilgan kurs ishi yuzasidan amalga oshirilgan tahlillarga asoslangan holda, Fikrimizcha, rus ishi mavzusiga oid aniqlangan muammolarni hal qilish uchun quyidagi ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalarni ishlab chiqdik: 1. Iqtisodiy o’shish, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda monetar siyosat vositalaridan foydalanish masalasi iqtisodiy adabiyotda iqtisodchi olimlar va bank tizimi mutaxassislari tomonidan chuqur tadqiq qilingan va tegishli ilmiy xulosalar hamda amaliy tavsiyalar shakllantirilgan. Jumladan, M. Fridmenning xulosasiga ko‘ra, pul taklifini boshqaish uchun Markaziy bank yetarlicha imkoniyatga ega va shu bilan birga inflyatsiya ko‘p omilli jarayon emas, degan xulosaga keladi. 2. AQSh, Yaponiya va Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarda monetar siyosatdan, xususan uning vositalaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiy va investitsion faollikni oshirish asosida iqtisodiy o‘sishni, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash hamda mustahkamlash borasida ko‘p yillik nazariy, amaliy hamda metodologik tajriba to‘planib, bu borada turli xil modellardan samarali foydalaniladi. 3. Monetar siyosat – milliy valyuta, to‘lov balansi, narxlar, pul taklifi, moliya bozori, iqtisodiy o‘sish, investitsion faollik, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan usullar, vositalar hamda chora-tadbirlari yig‘indisidir. 4. Makroiqtisodiy barqarorlik – asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning jiddiy tebranishlarga uchramasdan o’zaro aloqadorlikda rivojlanishidir. Moliyaviy barqarorlik – molya-byudjet sohasi va bank tizimining jiddiy tebranishlarga uchramasdan o’zaro uzviy alaqadorlikda rivojlanishi. 32 5. Likvidlilik darajasi yuqori bo‘lgan tijorat banklarining obligatsiyalari va depozit sertifikatlarini ochiq bozor operatsiyalarining ob’ektiga aylantirilishi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari hajmini oshirish imkonini beradi. 6. Markaziy bankning tijorat banklarining 1 yildan ortiq muddatga jalb qilingan xorijiy valyutalardagi depozitlariga nisbatan majburiy zaxira stavkasini milliy valyutadagi depozitlarga o‘rnatilgan stavka darajasida belgilash banklarning xorijiy valyutalarda investitsion kreditlar berish imkoniyatini oshiradi. Bu esa, o‘z navbatida, makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash nuqtai-nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. 7. Fikrimizcha, Markaziy bankining ochiq bozor operatsiyalarini boshqa turdagi qimmatli qog‘ozlardan, xususan, tijorat banklarining depozit sertifikatlari va uzoq muddatli obligatsiyalaridan ob’ekt sifatida foydalangan holda, yo‘lga qo‘yish lozim. Buning uchun yetarli imkoniyatlar, shart-sharoitlar mavjud. Ya’ni, to‘lovga qobilligi va likvidliligi talab darajasida bo‘lgan tijorat banklari mavjud. Ikkinchidan, tijorat banklari depozit sertifikatlari va uzoq muddatli obligatsiyalarining katta hajmdagi emissiyasi mavjud. Xulosa sifatida aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarning amalga oshirilishi shubhasiz monetar siyosatning rolini oshirishga xizmat qiladi. Download 203.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling