Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja: Kirish


Nominal yakorga ega bo‘lmagan rejim


Download 203.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana03.12.2023
Hajmi203.95 Kb.
#1799280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja sherov uzoqboy 333333333334444

Nominal yakorga ega bo‘lmagan rejim 
 
Pul-kredit siyosatining nominal mo‘ljalsiz rejimida markaziy banklar 
tomonidan aniq bir maqsadli nominal ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha majburiyat 
olinmaydi. Bunda uzoq muddatli maqsadlar sifatida iqtisodiy o‘sish sur’ati, yuqori 
bandlik va inflyatsiyaning past darajasi kabi maqsadlar belgilanib, oraliq mo‘ljallar 
esa keng jamoatchilikka oshkor etilmaydi. 
Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning maqsadli parametrlariga erishishda 
markaziy banklar tomonidan pul-kredit siyosatining turli miqdoriy mo‘ljallaridan 
foydalaniladi. 
Inflyatsiya darajasi past va kam o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lgan hamda 
pul-kredit siyosati choralarining natijasi uzoq muddat talab qiladigan mamlakatlarda 
mazkur rejimdan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
Inflyatsion targetlash rejimi 
 
Pul-kredit siyosatining inflyatsion targetlash rejimida markaziy bank 
tomonidan inflyatsiyaning o‘rta muddatli maqsadli darajasi e’lon qilinadi va pul-
kredit instrumentlari ushbu inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichiga erishishga 
yo‘naltiriladi. 
Pul-kredit siyosatini amalga oshirishning mazkur usuli ko‘pgina rivojlangan 
hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Inflyatsion 
targetlash rejimi inflyatsiya darajasining o‘zgaruvchanligi va inersion davomiyligini 
kamaytirishning samarali usuli hisoblanib, o‘rta muddatli istiqbolda barqaror va 
muvozanatli iqtisodiy o‘sishga erishish uchun kulay sharoitlarni yaratadi. 


15 
Inflyatsion targetlash rejimi dastlab 1989 yilda Yangi Zelandiyada amaliyotga 
joriy qilingan. Bugungi kunga kelib dunyoning 30 dan ortiq davlatlari, jumladan, 
Avstraliya, Argentina, Braziliya, Buyuk Britaniya, Gruziya, Isroil, Hindiston, 
Kanada, Polsha, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya, Chexiya kabi davlatlar pul-kredit 
siyosatining mazkur rejimidan foydalaniladilar. 
MDH mamlakatlari orasida Armaniston va Rossiyada inflyatsion targetlash 
rejimi qo‘llanmoqda. Qozog‘iston va Belarus Respublikasi markaziy banklari 


16 
tomonidan o‘rta muddatli istiqbolda inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish rejasi va 
dasturlari e’lon qilingan. 
Pul-kredit siyosatini yuritishda inflyatsion targetlash rejimining tanlanilishi 
ushbu rejimning afzalliklari bilan bir qatorda valyuta kursi yoki pul agregatlarini 
targetlash rejimlarida kuzatilgan qator muammolar bilan izohlanadi. 
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy yo‘nalishlari, 
shuningdek inflyatsiyaning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha 
majburiyatlarining aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning 
shakllanishiga xizmat qiladi. 
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga 
erishishda markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligi talab qilinadi. Bunda 
makroiqtisodiy 
sharoitlarning 
o‘zgarishlariga 
tezkor 
moslashuvchanlik 
imkoniyatining mavjudligi markaziy bankka iqtisodiyotdagi ichki muammolarga 
e’tibor qaratishiga imkoniyat yaratadi. 
Mazkur rejimda markaziy bank faoliyati shaffofligining oshishi aholining 
inflyatsiya kutilmalarini pasayishiga hamda markaziy bankka bo‘lgan ishonchi 
mustahkamlanishiga olib keladi. 
Shu bilan birga, ushbu rejimga o‘tish va uni samarali amalga oshirish 
mamlakatda muhim tashkiliy-huquqiy va makroiqtisodiy sharoitlar majmuini talab 
qiladi. 
Xususan, past va barqaror inflyatsiya darajasiga erishish vazifasi markaziy 
bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi nafaqat rasman balki amalda ham 
bosh maqsadi bo‘lishi kerak. 
Markaziy bank oraliq mo‘ljal sifatida xizmat qiluvchi narxlar dinamikasidagi 
o‘zgarishlar prognozi asosida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish 
yuzasidan majburiyat oladi. Boshqa makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (iqtisodiy o‘sish, 
pul massasi, ayirboshlash kursi va boshqalar) bo‘yicha maqsadli mo‘ljallar rasmiy 
ravishda qabul qilinmaydi. 
Bunda markaziy bank amaldagi inflyatsiya darajasi va kutilayotgan narxlar 
dinamikasiga baho berishda ishonchli tahliliy va prognozlashtirish bazasiga ega 


17 
bo‘lishi talab etiladi. Tahlillarning sifatli bo‘lishi ko‘p jihatdan, ichki bozordagi 
narxlarning real dinamikasini o‘zida aks ettiruvchi ishonchli va batafsil statistik 
ma’lumotlarning mavjudligini talab etadi. 
Inflyatsion targetlash rejimining samaradorligi ko‘p jihatdan, markaziy 
bankning inflyatsiya bo‘yicha miqdoriy mo‘ljallarni belgilash va pul-kredit 
instrumentlarini tanlashdagi mustaqilligi darajasi bilan bog‘liq. 
Shuningdek, bu rejimni qo‘llashda fiskal siyosatning pul-kredit siyosatidan ustunlik 
qilmasligi, ya’ni pul-kredit siyosatining soliq-byudjet sohasidagi maqsadlarga 
qaratilmasligi talab etiladi. 
Inflyatsion targetlash rejimida inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga 
erishishda aholi va biznes vakillarining inflyatsion kutilmalari muhim ahamiyat kasb 
etishi tufayli olib borilayotgan pul-kredit siyosatiga jamiyatning ishonchini 
mustahkamlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. 
Bunda markaziy bank faoliyatining shaffofligi hamda aholi bilan muloqot 
tizimining kuchaytirilishi yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi. 
Xususan, markaziy bank doimiy ravishda statistik ma’lumotlarni chop etib, maqsadli 
ko‘rsatkichlarga erishish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida jamiyat va 
iqtisodiyotning real sektori ishtirokchilarini xabardor qilib boradi. 
Inflyatsion targetlash rejimida markaziy bankning foiz stavkasi pul-kredit 
siyosatining asosiy instrumenti bo‘lganligi uchun mazkur rejimning natijadorligi 
mamlakatdagi moliya institutlari va bozorlarining rivojlanganlik darajasiga bog‘liq 
hisoblanadi. 
Bunda, markaziy bank pul bozoridagi foiz stavkalari darajasi va dinamikasiga 
likvidlikni taqdim etish yoki likvidlikni qaytarib olish operatsiyalari orqali ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Mazkur holatda, markaziy bank tomonidan belgilanadigan inflyatsiya 
o‘zgarishining oraliq intervali amal qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Markaziy 
bank tomonidan asosiy e’tibor maqsadli ko‘rsatkichlarning mazkur interval 
doirasida bo‘lishini ta’minlashga qaratiladi. 


18 
Ushbu parametrlar bajarilmagan holatlarda markaziy bank tomonidan 
tafovutlarning sabablariga tushuntirish berilishi va keyingi davrda amalga oshirilishi 
lozim bo‘lgan choralar xususida aniq pozitsiya shakllantirilishi lozim. 
Shu bilan birga, xorijiy mamlakatlar tajribasida inflyatsion targetlash rejimi 
qo‘llanilishining tahlili mazkur rejimni amaliyotga joriy etish jarayonida qator 
muammoli holatlar mavjudligini ko‘rsatmoqda. 
Xususan, rivojlanayotgan va MDH mamlakatlarida inflyatsiyaga ta’sir 
qiluvchi asosiy omillar nomonetar xususiyatga egaligi hamda ularning markaziy 
bank nazorati doirasidan tashqarida ekanligi pul-kredit siyosati instrumentlarini 
qo‘llash samaradorligini sezilarli darajada cheklaydi. 
Shuningdek, maqsadli ko‘rsatkich sifatida haqiqiy vaziyatni o‘zida aks ettiruvchi 
narxlar indeksining tanlanishi ham inflyatsion targetlash rejimini qo‘llashning yana 
bir muhim talablaridan hisoblanadi. 
Ayrim mamlakatlarda iste’mol baholari indeksi (IBI) o‘rniga jahon 
bozorlaridagi narxlar o‘zgarishi, ma’muriy o‘rnatiladigan narxlar, mavsumiylik 
kabi qator omillarni istisno etuvchi indekslardan foydalaniladi. O‘zgartirilgan 
ko‘rsatkichlarning qo‘llanilishi rasmiy IBI yoki YaIM deflyatori bilan 
tafovutlarning kelib chiqishi xatarlarini oshiradi.


19 

Download 203.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling