Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja: Kirish


Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan


Download 203.95 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana03.12.2023
Hajmi203.95 Kb.
#1799280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Pul tizimining barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar reja sherov uzoqboy 333333333334444

Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan 
chambarchas bog‘liq: 
• 
valyuta kursining maqsadli ko‘rsatkich doirasida bo‘lishini ta’minlashda 
markaziy banklarning imkoniyati oltin-valyuta zaxiralarining hajmiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Zaxiralarning 
yetarlicha 
bo‘lmasligi 
valyuta 
kursining 
kadrsizlanishiga olib keladi, bu esa keyingi davrlarda ham devalvatsion va 
inflyatsion kutilmalarni oshiradi. Bu, o‘z navbatida, import narxlarining 
oshishiga hamda ichki valyuta bozorida cheklovlarning o‘rnatilishi natijasida 
iqtisodiyotda xufyona valyuta bozori va turli ayirboshlash kurslarining yuzaga 
kelishiga sabab bo‘ladi; 
• 
milliy valyuta ayirboshlash kursining bir necha marta rejali devalvatsiyasi 
amalga oshirilganda, devalvatsion va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi 
oqibatida inflyatsiya darajasi oshishi xatari yuzaga keladi; 
• 
nominal ayirboshlash kursi qat’iy belgilanadigan sharoitda real ayirboshlash 
kursining oshishi to‘lov balansining yomonlashishiga va iqtisodiyotda 
devalvatsion xatarlarning ortishiga olib keladi; 
• 
narxlar darajasi va ayirboshlash kursiga bo‘lgan bosimning kuchayishi 
markaziy banklarning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi imkoniyatiga 
nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur sharoitda barqarorlikni 
ta’minlashga foiz stavkalarining oshirilishi orqali erishiladi. Bu esa o‘z 
navbatida, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini 
ko‘rsatadi. 
Xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari 
tajribasi ayirboshlash kursini targetlash oltin-valyuta zaxiralarining sezilarli 
darajada kamayishi, kursning sun’iy ravishda ushlab turish oqibatida mahalliy ishlab 


14 
chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishi, eksport sektori rivojlanishining 
sekinlashishi va iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligining oshishi kabi 
qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 

Download 203.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling