Pul tizimining evolyutsiyasi
Download 1.01 Mb.
|
2 5296683699562099135 (2)
2-Pul tizimi elementlari
Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo’llaniladigan qoidalari va normalari majmuidir. Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag’lari iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pulmablag’larining ikki turi: metall pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi. Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita muomalada bo’lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha funktsiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan. Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o’tishni anglatadi. Bunda bimetallizm holatida quyidagicha xillar ajratib ko’rsatiladi: 1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o’rtasidagi o’zaro nisbat bozorda stixiyali ravishda belgilanadi; 2) qo’shaloq valyuta tizimi – ikki metall o’rtasidagi o’zaro nisbat davlat tomonidan ushbu metallarga bo’lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi; 3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo’ladiyu, lekin teng huquqlarga ega bo’lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi. Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham ayrim o’zgarishlar yuz berdi: 1) oltin tangali standart – to’laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi; 2) oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi; 3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi. Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi. Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini tashkil etish shaklidir. Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ktlarning ushbu faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi. Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko’rinishi farqlanadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari. 2.Pul tizimining shakllari va ularning evolutsiyasi: bimetallizm; monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi. Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari, emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida kabul kilingan metallga va pul muomalasi bazasiga karab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va kumush) bajargan, bu tizimda ikkala ikkala metalldan xam shgalarning erkin muomalaga chikarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal kilingan.Parallel valyuta tizimida ikki metall kiymati stixiyali, metallning bozor baxosiga munosib tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar erasidagi mutanosiblikni urnatib kuygan. Oltin va kumush tangalarning chikarilishi va ularning axoli tomonidan kabul kilinishi ana shu mutanosiblikka muvofik amalga oshirilgan. Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarkalgan bulib Garbiy Yevropaning kator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya, Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalkaro sulx - Lotin tanga Ittifoki yordamida saklab kolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala metalldan xam 5 frank va undan yukori kiymatli tangalarni chikarish, oltin va kumush urtasida 1:15,5 kiymat mutanosibligini urnatish shartlari kuzda tutilgan. Biroq, bimetallik pul tizimining kullanilishi rivojlangan kapitalistik xujalik extiyojlariga mos kelmasdi, chunki kiymat ulchovi sifatida bir vaktning uzida ikki metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bulib fakat birgina tovar xizmat kilishi mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’kotishi natijasida oltin tangalar muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning konuni yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan. Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi. Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amalqilayotgan tanga va boshqa qiymat belgilari qimmatbaxo metallar almashiniladi. Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847- 1875 yy. da mavjud bulgan. Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda o’tkazilgan pul isloxati natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan. Keyinchalik muomalaga kredit biletlari xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan. 1853-1856 yillardagi Krim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar emissiyasini talab qildi va natijada ular qog’oz pulga aylanib qoldi. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy qilingan: germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada - 1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za Yaponiyada - 1897 yilda, AKSh da - 1900 yilda. Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab chikarish, kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga yordam bergan. 3. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish prinsiplari Tizim deganda o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi. Pul tizimi – bu bir biri bilan o’zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig’indisidir. Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir. Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul tizimining subektiv asoslariga to’lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi kiradi. Pul tizimining ikkita jihati mavjud: 1. Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir. 2. Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi muassasalar kiradi. Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi 1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi. 2. Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning 70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi. Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1 unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng. Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976- 1978- yillarda bo’lib o’tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to’lov vositasi sifatida foydalanishni ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo’ldi, eng oxirgi davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi. 3. Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi. 4. Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi. Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha pul tizimlar mavjud bo’lgan. 1. Metall pul muomalasi tizimlari.2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi tizimlari. Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin; Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi tizimi yuzaga kelgan. Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga bo’linadi. 4. Ba’zi xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari. Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi; valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baxolar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati. “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони. Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 104 б. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling