Pul va banklar fanidan keys studylar. Ismailov Shodiyor Davronbek O`g`li mm-54-2


Download 70.57 Kb.
bet4/7
Sana05.01.2022
Hajmi70.57 Kb.
#208441
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ММ-54-2 Ismoilov Shodiyor Keys satdy

Qiymat o‘lchovi.

Pulning ikkinchi funksiyasi – iqtisodiyotda pul o‘lchov vositasi sifatida xizmat qilganda xisob birligini ta’minlashi lozim. Og‘irlikni funtda yoki masofani milda ulchaganimiz kabi biz tovarlar va xizmatlarning qiymatini pul birliklarida ifodalaymiz. Ushbu funksiyaning muhimligini anglashimiz uchun pul qiymat o‘lchovi funksiyasini bajarmaydigan barter iqtisodiyotni yana bir ko‘rib chiqamiz. Agarda iqtisodiyotda faqatgina uchta tovarlar, aytaylik, shaftolilar, iqtisodiyot bo‘yicha leksiyalar va filmlar mavjud deb qarasak, unda tovarlar almashinuvini ta’minlash uchun faqatgina uchta narxlarni bilishimiz zarurdir: iqtisodiyotdagi ma’ruza nuqtai-nazardan shaftolining narxi (shaftoliga pul to‘lashingiz uchun iqtisodiyotdan nechta ma’ruza o‘qishingiz lozim), film nuqtai-nazaridan shaftolining narxi, film nuqtai-nazaridan iqtisodiy ma’ruzaning narxi. Agarda iqtisodiyotda 10 ta tovarlar bo‘lganida edi - 45 ta tovarning narxini, 100 ta tovar mavjud bo‘lsa – 4950 ta tovarning narxini, 1000 ta tovar mavjud bo‘lsa – 499 500 ta tovarlarning narxini bir tovarni boshqasiga ayirboshlashimiz uchun bilishimiz zarurdir.

10. Pulning muomala vositasi funktsiyasi.

Pulning muomala vositasi bozor ishtirokchilari o‘rtasida tovarlarni oldi – sotdisi va xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda pul vositachi rolini bajaradi.

Pulning muomala vositasi funksiyasini bajarishining bir sharti mavjudki, u ham bo‘lsa, tovarlarni sotib olish va xizmatlarni ko‘rsatish uchun to‘lov bir vaqtda amalga oshiriladi. Pulning ushbu funksiyasini bajarishda bevosita naqd pullar ishtirok etishi talab etiladi.
11. Pulning to‘lov vositasi funktsiyasi.

Tovarlar sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda, ular uchun to‘lov kechiktirib amalga oshirilgan barcha holatlarda pul to‘lov vositasifunksiyasinibajaradi. Demak, sotilgan tovar va ko‘rsatilgan xizmatlar to‘lov jarayonida uzilish bo‘lmasa, pul muomala vositasini bajaradi, agar ushbu jarayon ma’lum davrga uzilishi, ya’ni to‘lov kechikkan holatlarning barchasida, pul avtomatik tarzda, o‘zining to‘lov vositasi funksiyasini bajaradi.

Pulning to‘lov vositasi funksiyasi asosan quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi;

– jami ijtimoiy mahsulotni yaratish, taqsimlash va qayta taqsimlashda;

– davlat byudjeti xarajatlarini shakllantirish va qayta taqsimlashda;

– xo‘jalik sub’ektlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan naqd pulsiz hisob – kitoblarni amalga oshirishda;

– kredit muassasalari ssuda va investitsiya operatsiyalarini bajarganda hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirganda;

– korxona va tashkilotlar o‘z xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘larni to‘lashda;

– va boshqa holatlarda.
12. Pulning jamg‘arish vositasi funktsiyasi

Pul o‘zining muomala va to‘lov vositasi funksiyalarini bajarmagan vaqtda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Demak, pullar pul oboroti jarayonida tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning muomala vositasi sifatida namoyon bo‘lmaganda, shuningdek, oldindan ko‘rsatilgan xizmatlar va sotib olingan tovarlar uchun to‘lov vositasi vazifasini bajarmagan paytlarda jamg‘arma funksiyasini bajaradi. Agar, jamiyatda yuz berayotgan iqtisodiy munosabatlar va aholining ijtimoiy – iqtisodiy faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, pul asosan jamg‘arma vositasi funksiyasini bajarayotganligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.



.

Davlatlarni pul birligini toping



Davlat nomi


Download 70.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling