Pul va banklar fanidan keys studylar. Ismailov Shodiyor Davronbek O`g`li mm-54-2


Download 70.57 Kb.
bet2/7
Sana05.01.2022
Hajmi70.57 Kb.
#208441
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ММ-54-2 Ismoilov Shodiyor Keys satdy

Nazorat savollari.


  1. Oltindan pul sifatida foydalanish.

Dastlabki qog‘oz pullarni muomalaga chiqarilishi taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlariga to‘g‘ri keladi. SHu davrdan boshlab, muomaladagi oltin va kumush pullar o‘rnini qog‘oz pullar egallay boshladi. Muomalada oltin va kumush amal qilgan sharoitda ular bilan parallel ravishda to‘lov vositasi sifatida qog‘oz pullarni kirib kelishining sabablari sifatida quyidagilarni ta’kidlash lozim:

  • qimmatbaho metallarni olib yurish, saqlash va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan muammoli holatlarning vujudga kelishi;

  • oltin va kumush muomalada qo‘ldan qo‘lga o‘tishi natijasida edirilib, o‘zining dastlabki hajmi va xossasini yo‘qotishi;

  • qimmatbaho metallar zebu ziynat va boylik timsolida muomaladan chiqib ketishi;

  • iqtisodiy taraqqayotning yuqori darajada rivojlanishi natijasida tovar va xizmatlar massasining qimmatbaho metallar (oltin, kumush) massasiga nisbatan shiddat bilan ortib borishi.

Dastlab muomalaga chiqarilgan qog‘oz pullarning asosi oltin bilan ta’minlangan bo‘lib, ushbu pullar bilan birgalikda oltin tangalar ham muomalada ishtirok etgan.


  1. Oltinning demonetizatsiya qilinishi.

Oltinning muomalada amal qilishi XX asrning 30 – 70 yillarida bekor qilindi, ya’ni oltin demonitizatsiyasi yuz berdi. Oltin ayirboshlash vositasi sifatida muomaladan chiqarilishining dastlabki davrida avval muomala va to‘lov vositasi funksiyasini, 1975 yildan so‘ng esa jahon puli funksiyasini to‘xtatdi. Ushbu vazifalarni ichki va jahon bozoriga oltinning o‘rniga kirib kelgan qog‘oz va kredit pullar egalladi.


  1. Pul shakllari va turlarining evolyutsiyasi.

Pul hozirgi kundagi ko‘rinishi, holati va darajasiga etgunga qadar juda uzoq tarixiy davrni boshidan kechirdi. Er yuzida puldan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanib kelinayotganiga etti ming yildan ortiq vaqt bo‘ldi1. Bu davr ichida dastlabki pullar tovar, buyum, oddiy metall va qimmatbaho metallar ko‘rinishidan hozirgi kunda keng foydalanib kelinayotgan qog‘oz va elektron pullar ko‘rinishigacha etib keldi.

Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlar takomillashib va rivojlanib borgani sari pulning shakli, pul ishlari va pul ishtirokidagi hisob – kitoblar ham doimiy ravishda takomillashib va rivojlanib kelmoqda.

Pulning rivojlanishiga turtki bo‘lgan asosiy omillar quyidagilar hisoblanadi. 1.Tovar ishlab chiqarishning kengayishi va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi. 2. Barcha shakllardagi mulk qiymatlarining o‘sishi. 3. Tovarlar oldi – sotdisi bo‘yicha aylanmalar hajmining ortishi.

4. To‘laqonli yoki haqqoniy pullar: ularning turlari va evolyutsiyasi.

5. Kredit pullari va ularning turlari: veksel, banknota va chek.


Download 70.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling