Pul va banklar fanidan mustaqil ish
Kredit funksiyalari va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati
Download 50.46 Kb.
|
Pul va banklar fanidan mustaqil ish
Kredit funksiyalari va uning iqtisodiyotdagi ahamiyati
Kredit –so‘zi lotincha ,,kredit” so‘zidan olingan bo‘lib ishonch degan ma’noni anglatadi. Kredit – bu pul va tovar shaklidagi resurslarni qaytarib berishlik, muddatlilik va foiz to‘lashlik shartlari asosida berish natijasida yuzaga keladigan qiymatning harakatidir. Kredit munosabatlarining subekti bo‘lib kreditor va kredit oluvchi hisoblanadi, kreditning obekti bo‘lib pul va tovar hisoblanadi. Har qanday iqtisodiy kategoriya o ‘zining funksiyalariga ega bo‘gani kabi kredit ham o ‘zining bir qato r funksiyalariga ega. Ijtimoiy iqtisodiy tizimida kreditning o‘rni va roli u bajarayotgan funksiyalari bilan aniqlanadi. Kreditning funksiyasi — bu kreditning iqtisodiyotda faoliyatning muayyan ravishda namoyon bo'lishidir. Kreditni tahlil qilishda, uning funksiyasi mohiyati va roli o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘in sifatida ko‘rib chiqiladi. Kredit tomonidan bajariladigan funksiyalar turli adabiyotlarda turlicha beriladi. Ko‘pgina adabiyotlarda kreditning 4 ta funksiyasi ko‘rsatilgan va asoslangan bo'lib ular quyidagilar: — kapitallarni qayta taqsimlash va foyda m e ’yorini tekislash (tenglashtirish); — muomala xarajatlarini tejash; — kapitalning markazlashuvi; — kapitalni yig'ilishi va ja m g ‘arish funksiyasi. Biroq boshqa ko‘pgina kitoblarda kreditning boshqa 4 ta funksiyasi ko‘rsatilgandir. Bu funksiyalar; — qayta taqsimlash funksiyasi; — qayta takror ishlab chiqarish funksiyasi; — muomaladagi haqiqiy naqd pul m ablag'larini kredit muomala vositalari bilan almashtiradi; — rag‘batlantirish funksiyalaridir. Bu yuqorida ko‘rib o ‘tilgan funksiyalar yordamida kredit mamlakatdagi taqsimlangan va bo‘sh turgan moddiy va pul mablag'lari o‘z egalaridan vaqtinchalik boshqa mulk egalariga harakat qilishlari uchun imkon yaratadi. Kreditning qayta taqsimlash funksiyasi 2 ko‘rinishda pul va tovar shakllarida amalga oshirilishi mumkin. Kreditning takror ishlab chiqarish funksiyasida esa kredit 2 xil ko'rinishda namoyon b o ‘ladi: — qarz oluvchi tomonidan olingan kreditlar ularga kerakli kapital hajmini ta’minlaydi, tadbirkorlik faoliyatini olib borishiga imkon yaratiladi. — turli korxonalarga kredit berilishi natijasida jamiyat miqyosida ishlab chiqarish uchun yaxshi va yomon holatlar (sharoitlar) vujudga kelishi mumkin (sifat, tannarx, baho). Muomaladagi haqiqiy va naqd pul mablaglarini kredit to‘lov vositalari bilan almashtirish funksiyasida haqiqiy (oltin) pullar pul belgilari (banknotalar) bilan almashtiriladi. Bu o ‘z navbatida davlatni qarz majburiyatini bildiradi hamda oltin qiymat belgalarini belgilaydi. Shu bilan birga naqd pul belgilari aylanishi jarayonida pul belgilari o‘z navbatida kredit muomala vositalari-veksel, chek, plastik kartochkalari bilan almashtirilishi mumkin. Kreditning rag‘batlantirish funksiyasida — kredit ishlab chiqarish va muomalaga mikro va makro darajada ta’sir ko'rsatadi. Buning natijasida mablag‘lardan tejamli foydalanishga asos yaratadi. Kredit qarz oluvchidan olgan kreditlarining samarali, daromad oladigan darajada foydalanishiga, o‘z vaqtida ishlatib to ‘liq qaytarilishiga m ajbur qiladi. Davlat miqyosida esa kredit miqdorini ko‘paytirish yoki kamaytirish orqali iqtisodiyotga salbiy yoki ijobiy ta ’sir o'tkazishi mumkin. Chunki kredit miqdorining kamayishi, ko‘payishi uning ikki tomonlama ta’sirini bildiradi. Download 50.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling