Pul va banklar” fanidan


-rasm. Bank kredit foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi ichki omillar


Download 7.83 Mb.
bet143/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

11.5-rasm. Bank kredit foiz stavkalariga ta’sir qiluvchi ichki omillar.

Tijorat banklari kredit foiz stavkalarini shakllantirishda ichki omillarning ta’siri ham yuqori hisoblanadi. Ichki omillar tijorat banklari holatidan kelib chiqib baholanadi.


Bunday omillarning tasnifini quyida keltirib o‘tamiz:
Bankning jalb qilgan resurslari bahosi. Tijorat banklari resurslarni ma’lum foiz hisobiga jalb qiladi. Bank depozitlarni jalb qilish orqali resurs bazasini shakllantiradi. Tijorat banklari jalb qilgan resurslarni o‘rtacha foiz stavkasiga qo‘shimcha marja qo‘yish orqali kredit foiz stavkalari shakllanadi. Demak, banklar resurslarni qanchalik darajada yuqori foiz stavkada jalb etsa kredit foiz stavkalari shunga mos tarzda yuqori shakllanadi. Aksincha, banklar tomonidan arzon yoki past foiz stavkada resurslarni jalb qilish, kreditlar foiz stavkasini past bo‘lishiga xizmat qiladi.
Tijorat banklari kredit operatsiyalarining hajmi jalb qilingan mablag‘lar va ularni bahosi bog‘liq bo‘ladi. Bank resurslarining sifatini maqbullashtirish kreditlashni to‘g‘ri tashkil qilish imkonini beradi. Tijorat banklari past bahoda resurslarni jalb qilib, uni yuqori bahoda joylashtirish hisobiga foyda olishni rejalashtiradi. Banklar bunday sharoitda foyda olish bilan birga likvidlilik va to‘lovga layoqatligini ta’minlashi zarur.
Mijozning kredit tarixi va bank bilan munosabatlari. Tijorat banklarida mijozlarni kreditlash jarayonida kredit tarixini tahlil qilish orqali ularning majburiyatlarni bajarishi, to‘lov intizomiga rioya qilishi baholanadi. Jumladan, taqdim qilinadigan kredit foiz stavkasini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Bank mijozning majburiyatlarini qay darajada bajarganligini tahlil qilishi va unga muvofiq o‘z siyosatini amalga oshirishi lozim. Kredit tarixi yaxshi hisoblangan mijozlarga ishonch asosida va past foizda kreditlar taqdim qilishi mumkin. Buni esa, tijorat banklari kredit siyosatida aniq ko‘rsatib o‘tishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mijozni kreditlashda bank va mijoz munosabatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Bank mijozlarni kreditlash jarayonida o‘zaro sherikchilik munosabatlarining davomiyligini hisobga olishi zarur. Fikrimizcha, bu orqali mijoz va bank o‘rtasidagi o‘zaro ishonch yuzaga keladi. Tijorat banklari bunday toifa mijozlarini kreditlashdan yuqori daromad olishni ko‘zlamasligi lozim. Mijozdan olinishi mumkin bo‘lgan boshqa daromad manbalarini baholashi natijasida, daromadliligi yuqori bo‘lgan hollarda ularga past foiz stavkasida kreditlar taqdim qilishi mumkin. Natijada, bank va mijoz quyidagilarga erishadi:
- bank va mijoz o‘rtasidagi o‘zaro ishonch ortadi va bank faoliyati samaradorligi oshadi;
- mijozlar bankning xizmatlaridan imtiyozli asosda foylanadi.

Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling