Pul va banklar” fanidan


Download 7.83 Mb.
bet146/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

12.2. Banklarning funksiyalari


Banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi. SHu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi. Bu erda bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim.
Shunga qaramasdan, ayrim iqtisodiy manbalarda banklar to‘lov aylanmasi, kassaga naqd pullarni qabul qilish va berish, kredit berish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va boshqarish, naqd va naqdsiz ko‘rinishda xorijiy valyutani sotish va sotib olish, shuningdek, bank tomonidan bajaraladigan boshqa operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida ta’kidlanadi.
Bundan tashqari, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning qimmatbaho metallar va buyumlarni saqlash uchun maxsus seyflar berish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning kapitalini shakllantirishda ishtirok etishi, kreditlash uchun resurslarni jalb etish va boshqa shu kabi operatsiyalari ularning funksiyalari sifatida talqin etiladi. Albatta, bu banklarning pul – kredit siyosatini amalga oshiruvchi muassasa sifatidagi faoliyatini aniqroq tushinishda va ularning imkoniyatlari kengligidan dalolat beradi. Biroq, ushbu operatsiyalarning barchasi banklarning funksiyalari bo‘lib hisoblanmaydi. Chunki yuqorida ta’kidlaganimizdek, banklarning har – bir operatsiyasini ularning funksiyalari sifatida e’tirof etadigan bo‘lsak, demak zamonaviy banklar 300 dan ortiq funksiyani bajaradi degan fikr paydo bo‘ladi.
Banklarning funksiyalari haqida gap ketganda, bu jarayonni nafaqat banklar nuqtai nazaridan, balki uning mijozlari manfaatlaridan ham kelib chiqib so‘z yuritish lozim. Shu jihatdan banklarning funksiyalarini o‘rganishda ularni quyidagi mezonlariga e’tibor qaratish lozim:

  1. makroiqtisodiy darajada, banklar va real sektor ishtirokchilari o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar;

  2. banklarning tashkiliy – huquqiy va mulkiy shakli jihatidan amal qilishi (Markaziy bank, tijorat banki, ixtisoslashgan bank va boshqalar).

Banklarning funksiyalari to‘g‘risida fikr yuritganda quyidagi masalalarni e’tibordan chetda qoldirish kerak emas. Birinchidan, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini kengroq ochishga xizmat qilishi lozim, ikkinchidan, banklarning funksiyasi sifatida ta’kidlangan iqtisodiy kategoriya barcha moliyaviy institutlarning xususiyatlariga xos bo‘lgan jarayon emas, balki faqat banklargagina xos bo‘lgan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim.
Ma’lumki, banklarning asosiy operatsiyalaridan biri iqtisodiyotdagi bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etishga qaratilgan. Bu banklarning funksiyasi bo‘la oladimi, degan savol tug‘iladi. Markaziy bankda tijorat banklarining majburiy zaxiralari jamg‘ariladi, banklarda esa aholi va mijozlarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘lari jamg‘ariladi. Iqtisodiyotda vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jamg‘arish banklarning qadimiy operatsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu erda asosiy masala shundan iboratki, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jamg‘arish faqatgina banklarga xos bo‘lgan operatsiya emas, ushbu operatsiyani jismoniy shaxslar yoki boshqa yuridik shaxslar ham amalga oshirishi mumkin. CHunki, har qanday sub’ekt u yoki bu ob’ektni moliyalashtirish uchun dastlab ma’lum miqdordagi moliyaviy mablag‘larni jamg‘arishi lozim. Biroq, masalaga yanayam chuqurroq yondashadigan bo‘lsak, banklar ushbu operatsiyani bajarganda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bajaradigan operatsiyalardan jiddiy farq qiladi. Ular asosan quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi:
1. Banklar pullarni jalb etganda o‘z pullarini emas, balki begona shaxslarning mablag‘larini jamg‘aradi;
2. Banklar jamg‘argan mablag‘larni o‘zining ehtiyoji uchun emas, balki boshqa shaxslarning ehtiyojlari uchun sarflaydi (qayta taqsimlash asosida).
Banklarning funksiyalari xususidagi mulohazalarni chuqurlashtirish fikridan yiroq ekanligimizni ta’kidlagan holda, ularning quyidagi funksiyalari mavjudligini qo‘llab – quvvatlaymiz.
Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish, jamg‘arish va ushbu mablag‘larni kapitalga aylantirish funksiyasi. Banklarning juda qadimiy funksiyalaridan hisoblanadi. Banklar jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini tegishli shartlar asosida o‘zlariga jalb qiladi va ushbu mablag‘larni samarali yo‘nalishlarga joylashtiradi. Albatta, banklardan tashqari turli investitsion fondlar, moliya – sanaot korxonalari ham pul mablag‘larini jalb qilish va jamg‘arish bilan shug‘ullanadi, biroq ularning pul mablag‘larini jalb qilish va jamg‘arishi bilan banklarnikidan jiddiy farqlar mavjud. Banklarning itiyorida bo‘lgan mablag‘larning deyarli 90 foizi chetdan jalb qilingan pul mablag‘lari hisoblanadi. Bu banklarning asosiy faoliyati boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi anglatish bilan birga, yuqori darajada riskka bog‘liqligini keltirib chiqaradi.
Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi. Xususan, korxona va tashkilotlar ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiyalash va kengaytirish, mehnat taqsimotini takomillashtirish, qo‘shimcha aksiyalarni sotib olish va boshqa maqsadlarni amalga oshirishda qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga kuchli ehtiyoj sezadi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bu ehtiyojining asosiy qismi banklarning kredit berish funksiyasi orqali qondiriladi. Albatta, banklar ushbu funksiyani amalga oshirishda kreditning tegishli tamoyillariga (muddatlilik, ta’minlanganlik, to‘lovlilik, qaytarishlik va maqsadlilik) amal qilgan holda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tijorat asosida taqdim etadi.
Uchinchi funksiyasi, xo‘jalik sub’ektlari pul hisob – kitoblarini amalga oshirish hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik sub’ektlari kun davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz pul ko‘rinishida) amalga oshiradi. Banklarning bevosita ishtiroki natijasida ushbu o‘tkazmalar jo‘natuvchidan oluvchiga etib boradi. SHuningdek, banklar pul o‘tkazmalari orqali iqtisodiyotning turli tarmoqlariga kapitalni joylashtiradi va kredit liniyalari ochadi. Bularning barchasi banklarning pul hisob – kitoblarni amalga oshirish funksiyasi orqali bajariladi va tartibga solinadi.
Banklarning pul aylanmasini tartibga solish funksiyasi orqali Markaziy bank iqtisodiyotdagi tovar massasi va pul massasi o‘rtasidagi o‘zaro muvozanatlikni ta’minlaydi. Ma’lumki, ushbu muvozanatning buzilishi iqtisodiyotda inflyasiya darjasini ortib ketishi yoki pul taqchilligini vujudga kelishiga olib keladi. SHu bois ham Markaziy bank o‘zining pul – kredit instrumentlari orqali pul aylanmasi uchun zarur bo‘lgan to‘lov vositasining miqdorini tartibga solib turadi.
To‘lovni amalga oshirishda vositachilik qilishi banklarning to‘rtinchi funksiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi tomonlar o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshirish orqali vositachilik ishlarini amalga oshiradi. Banklar orqali bank mijozlarining, aholining, davlatning moliyaviy mablag‘lari o‘tadi, bank ular o‘rtasida to‘lovlarni amalga oshiruvchi moliyaviy muassasa sifatida vositachilik vazifasini amalga oshiradi. Banklar vositachilik funksiyasi orqali nafaqat pullarni bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektdan ikkinchisiga o‘tkazadi, balki iqtisodiyotdagi moliyaviy kapitalni bir tarmoqdan ikkinchisiga o‘tishini nazorat qilib boradi va ushbu tarmoqlarning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Kredit mablag‘larni muomalaga chiqarish banklarning beshinchi funksiyasi hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, ushbu funksiyani barcha banklar bajarish huquqiga ega emas. Bozor iqtisodiyoti sharoitida muomalaga kredit pullarni chiqarish Markaziy bank zimmasiga yuklatilgan. Markaziy bank muomalaga chiqarayotgan pul massasini mamlakatda yaratilayotgan tovar massasiga nisbatan muvozanatligini ta’minlashga e’tibor qaratadi. Markaziy bankning ushbu funksiyani samarali bajarayotganligi milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamligi va inflyasiya darajasining pastligi belgilaydi.
Demak, tijorat banklari kredit pullarini muomalaga emissiya qilish huquqiga ega emas, ular muomaladagi mavjud pul hajmi doirasida faoliyat yuritadi. Muomaladagi pul massasining hajmini o‘zgarishiga tijorat banklari bevosita ta’sir qila olmaydilar, bunga faqat Markaziy bankning huquqi mavjuddir.
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning oltinchi funksiyasi hisoblanadi. Banklar iqtisodiyotdagi moliyaviy muassasa sifatida mulkiy shaklidan qa’tiy nazar mamlakatdagi barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga o‘zlarining huquqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib, turli darajadagi iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni beradi. Albatta, ushbu maslahatlar mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan tegishli shartnomalar yoki o‘zaro kelishuvlar asosida amalga oshiriladi.
Xulosa qilib aytganda, banklarning funksiyalari ularning mohiyatini va bajaradigan operatsiyalarining mazmunini anglashga xizmat qiladi. Banklarning funksiyalari turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy sababi ijtimoiy – iqtisodiy hayotda yuz berayotgan va rivojlanib borayotgan munosabatlarning doimiy ravishda yangi qirralarining vujudga kelayotganligi bilan izohlanadi.



Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling