Pul va banklar” fanidan


Download 7.83 Mb.
bet180/263
Sana20.11.2023
Hajmi7.83 Mb.
#1790258
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   263
Bog'liq
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)

Depozitsiz mablag‘lar – depozit bo‘lmagan mablag‘lar bo‘lib, bunda o‘z ichiga banklararo kredit resurslari, hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar, tijorat banklaridan olingan resurslar va boshqa mablag‘lar kiradi



  1. Depozitsiz mablag‘lar

    1. Banklararo kredit resurslari;

    2. Hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar;

    3. Tijorat banklaridan olingan resurslar;

    4. Boshqa mablag‘lar.

Banklarning depozit bo‘lmagan mablag‘lari tarkibida moliya bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lib, odatda ushbu kreditlarni berish va olish jarayoni o‘zining tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo‘yicha asosiy operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga oshiriladi. Ya’ni, tijorat banklari o‘zaro kelishuvga erishganda mablag‘lar vakillik hisobvaraqlari orqali o‘tkazib beriladi. Shu bilan birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati jihatidan «uzun» mablag‘lar hisoblanadi.
Banklar faoliyatini tartibga solishning iqtisodiy tahlili.
Bizga ma’lumki, moliya tizimi-iqtisodiyotning eng ko’p tartibga solinadigan sektorlaridan biridir, banklar esa,- eng ko’p tartibga solinadigan moliyaviy muassasadir. Afsuslar bo’lsinki, tartibga solish har doim ham kutilgan natijalarga olib kelmaydi, chunki yaqinda bank tizimida bo’lib o’tgan inqirozlar buni isbotladi. Ular nafaqat AQShga, balki jahonning ko’pgina mamlakatlariga yopirildi. Ushbu bobda biz bank faoliyatining iqtisodiy tahlili yordamida jahon bank inqirozining kelib chiqish sabablarini tushuntiramiz va tartibga solish tizimining kelgusida inqirozlarni bartaraf etish etishini yoritib beramiz162.
Axborotlarning va bank faoliyatini tartibga solishning tarqoqliligi.
Oldinigi boblarimizda biz axborotlarning tarqoqliligini-(shu yaqqol isbotlandiki, moliyaviy bitimni kelishgan tomonlar teng darajada axborotdan xabardor bo’lmagan) noto’g’ri tanlash va ma’naviy riskka olib kelishini AQSh moliya tizimiga katta ta’sir ko’rsatishini kuzatdik. Axborotlarning tarqoqliligi noto’g’ri tanlash va ma’naviy risk kontseptsiyasi nima uchun AQSh va boshqa davlatlar hukumatlari banklar faoliyatini tartibga solishning mayyan shaklini tanlab olganliklarini tushuntirishga yordam beradi. Banklar faoliyatini tartibga solishning jami sakkiz turi mavjud: omonatlar xavfsizligining davlat tizimi; bank aktivlari tarkibiga cheklovlar; kapitalga nisbatan talablar; banklarni litsenziyalash va tekshirish; risklarni boshqarishni baholash; axborotlarni ochishga nisbatan talablar; iste’molchilarni himoya qilish; raqobatni cheklash163.

Download 7.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling