Pul va banklar” fanidan
Omonatlar xavfsizliginining davlat tizimi
Download 7.83 Mb.
|
Ma\'ruza matn Пул ва Банклар 2022-23y (1)
Omonatlar xavfsizliginining davlat tizimi.
www.nv.frb.org/piohome/regs.html Banklar faoliyatini tartibga solish haqida axborot. 8-bobdan bilamizki, banklar noto’g’ri tanlash va ma’naviy risk muammosini muvaffaqiyatli hal etish mumkin, chunki ular xususiy ssudalar beradilar, bu esa “chiptasizlik” muammosini chetlab o’tishga imkon beradi. Bu boshqa muammolarni keltirib chiqaradi,-ya’ni axborotning tarqoqliligi, chunki bunda omonatchilar bunday xususiy ssudalar sifati haqida etarli darajada xabardor bo’lmaganlar. Bunkdan nima uchun bank tizimi to’liq ravishda yaxshi faoliyat yurita olmayapti, degan ikkita sabab kelib chiqadi164. Birinchidan, 1934 yilga qadar Omonatlarni sug’urta qilish Federal korporatsiyasi (OSQFK) o’z faoliyatini boshlaganida banklarning bankrotliligi (banklarning monatchilar va kreditorlar oldidagi majburiyatlari javob beraolmay qolishi va o’z faoliyatini to’xtatish holati) shunday vaziyatlarga olib kelgan ediki, omonatchilar o’z depozitlarini banklar likvidatsiya bo’lganiga qadar kutishga majbur edilar (ya’ni, aktivlari naqd pul mablag’lariga aylangunga qadar kutar edilar).O’sha paytlarda omonatchilarga mablag’larning faqat bir qismini qaytarar edilar. Bank menedjerlari kimlar ekanligi haqida etarli tasavvurga ega bo’lmasdan va ular katta miqdordagi risklarni qabul qiladimi, yo’qmi, omonatchilar esa banklarga o’z jamg’armalarini xoxlamasdan olib borar edilar. Banklar esa, o’z navbatida, etarli darajada faoliyat yuritishga qodir emas edilar165. Ikkinchidan, omonatchilarning bank aktivlari sifati haqida etarlicha xabardor emasligi, bank shov-shuvlariga olib kelishi mumkin edi, buni biz 8 bobdan yaxshi bilamiz, bu iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin. Buni tushunish uchun quyidagi holatni tasavvur qilamiz. Depozitlar sug’urta qilinmagan va iqtisodiyot tepki ostida qolmoqda. Natijada banklarning 5 foizi ssudalar bo’yicha juda katta yo’qotishlarni boshidan kechiradi, to’lovga qobil bo’lmay qoladi (banklarning sof qiymati salbiy ko’rsatkichga aylanadi va ular bankrot bo’ladi). Axborotlarning tarqoqliligi natijasida omonatchilar o’zlarining mablag’lari barqaror faoliyat ko’rsatayotgan bankdami? yoki yuqorida qayd etilgan 5 foiz yomon holatga tushib qolgan banklardami?, degan savolga javob ololmaydilar. Omonatchilar yaxshi banklardan ham yomon banklardan ham o’z depozitlarining har bir dollaridan 100 tsentni xoxlasalar ham qaytarib ololmaydilar166. Banklar mijozlarning talablarini navbati bilan qondirar ekan, omonatchilar birinchi bo’lib bankka kelishlari va o’z pullarini qaytarib olishlaridan juda minnatdorlar, chunki, omonatchilar bankka kelishni cho’zib yuborsalar banklarning resurslari vaqt o’tishi bilan tugashi va omonatchilar hech vaqosiz qolishlari mumkin. Bank tizimining umumiy holatidagi noaniqliklar shunday vaziyatga olib kelishi mumkinki, omonatchilar ishonchsiz va ishonchli banklardan ham o’z pullarini olib keta boshlaydilar va bitta bankning bankrotliligi boshqa banklarning bankrotliligiga olib kelishi mumkin (bunday holatni yuqumlilik ta’siri, deb atashadi). Agar banklarga bo’lgan ijtimoiy ishonchni tiklash bo’yicha hech nima qilmasdan qo’l qovushtirib o’tirsa, ushbu holat bank shov-shuvlariga ham olib kelishi mumkin167. Real holatda bank shov-shuvlari XIX asrning oxiridan XX asrning boshiga qadar AQSh tarixining bir qismiga aylandi. Ushbu shov-shuvlarning eng yiriklari har 20 yilda sodir bo’la boshladi. Xususan, 1819 yilda, 1837, 1873, 1893, 1930-1933 yillarda. Banklarning bankrotga uchrash holatlari hatto iqtisodiy o’sish davrida ham jiddiy muammoga aylandi. 1920 yillarda banklarning bankrotlikka uchrash holatlari soni o’rtacha 600 taga etdi168. Omonatlarning xavfsizligini ta’minlashning davlat tizimi omonatchilarning banklarga bo’lgan e’tirozlarini bartaraf etish va bank shov-shuvlari paydo bo’lishining oldini olishi mumkin hamda omonatchilarning banklarga omonatlarini joylashtirmaslik xoxishlarini bartaraf etishi mumkin. Omonatlar xavfsizligini ta’minlashning shakllaridan biri bu depozitlarni sug’urta qilish, kafolat yuzaga chiqdi. Bu esa, AQShda OSQFK ta’minlandi. Bunda omonatlarning bank depozitlariga qo’yilgan dastlabki 100 ming dollari bankka nima bo’lishidan qat’iy nazar, omonatchilarga to’liq ravishda to’lab beriladi169. Agar depozitlar bo’yicha to’liq qoplash nazarda tutilgan bo’lsa, omonatchilar o’z pullarini qaytarib olishlari uchun banklarga yugurib borishlari shart emas, hatto ular bank muassasining moliyaviy sog’lomligi bo’yicha vahimaga tushgan bo’lsada. Chunki, ularning omonatlarining har bir dollari uchun 100 tsent hisobida bankka nima bo’lishidan qat’iy nazar, to’liq qaytarib beriladi. 1930 yildan 1933 yilga qadar, ya’ni bevosita OSQKF paydo bo’lganiga qadar banklarning o’rtacha yillik bankrot bo’lish holati yiliga 2000 tagacha etdi. 1934 yilda OSQKF tashkil etilganidan keyin banklarning bankrot bo’lish holati kamaydi va 1981 yilga kelib banklarning bankrot bo’lish holtlari soni yiliga 15 tadan ham kamayib ketdi170. OSQKF bankrot bo’lgan banklar bilan ishlashda ikkita asosiy usuldan foydalanadi. To’lash usuli deb nomlangan birinchi usuldan foydalanilganda banklarning bankrot bo’lishiga yo’l qo’yiladi va omonatchilarga belgilangan 100 ming dollarlik limit to’lab beriladi OSQKF sug’urtasiga ega bo’lgan banklar tomonidan to’lanadigan mablag’lar hisobidan sug’urta to’lovlari sifatida tushgan pul mablag’lari hisobidan to’lab beriladi. Bank likvidatsiya qilinganidan keyin OSQKF boshqa kreditorlar bilan aktivlarni sotishdan tushgan mablag’lar bilan hisob-kitob qiladi. Odatda to’lab berish usuli qo’llanilganida omonatchilarning 100 ming dollardan ortgan omonatlarining 90 foizi kompensatsiya qilinadi va u bir necha yillarga cho’zilishi mumkin171. Xalqaro bank amaliyotida banklarning depozit bo‘lmagan resurslari tarkibida asosiy yirik manbalardan biri qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida aksiya, obligatsiya, depozit va jamg‘arma sertifikatlarni muomalaga chiqaradi. SHuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qog‘ozlari muhim o‘rin tutadi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish orqali resurslarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarini ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiq. Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo‘shimcha kapitalini shakllantirish maqsadida aksiya va subordinar qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish bo‘yicha operatsiyalari, ikkinchi guruhga esa qisqa va uzoq muddatli resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli qog‘ozlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari bilan bog‘liq operatsiyalari kiradi. Aksiya va sertifikatlarning bozor bahosi banklarning ushbu bozordagi faoliyatini baholovchi iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi ortib borishi ularning oldi–sotdisiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda tijorat banklari o‘z aksiyalari va sertifikatlarining ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bahosini oshirish maqsadida investitsion kompaniyalar orqali investor sifatida ham maydonga chiqishi mumkin. Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi moliya bozoridagi mavjud talab va taklif asosida o‘rnatiladi. Aksiya va sertifikatlarning nominal va bozor bahosi o‘rtasidagi farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Agar ushbu farq ijobiy bo‘lsa, tijorat banklari moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarning qimmatli qog‘ozlar orqali resurslarini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tijorat banklari aksiya va sertifikatlarining bahosiga ta’sir qiladigan asosiy omillardan biri ularga to‘lanadigan dividend va foiz to‘lovlari hisoblanadi. Aksiya va sertifikatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining yuqoriligi va barqarorligi banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emitent nufuzini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy foyda olish yotadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emitent, investor yoki vositachi sifatidagi ishtirokiga iqtisodiyotdagi inflyasiya darajasi bevosita ta’sir qiladi. SHu bois, banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida, ayniqsa emitent sifatida qatnashganida inflyasiya darajasini inobatga olishi lozim. Tijorat banklari mablag‘lari ikkinchi yirik manbasini ularning kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitalining tashkil topishi va barqarorligi jihatidan muhim moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi. Download 7.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling